O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Differentsial renta II ning hosil bo’lishi



Download 168,83 Kb.
bet6/15
Sana31.12.2021
Hajmi168,83 Kb.
#198515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
renta 1-kurslarga

Differentsial renta II ning hosil bo’lishi

Ishlab chiqarish davri

Ishlab chiqarish xarajatlari

yalpi mahsulot(tonna)

1 tonna mahsulotning individual qiymati(so'm)

1 tonna mahsulotning ijtimoiy qiymati(so'm)

sotilgan mahsulot summasi(so'm)

qo'shimcha mahsulot, ya'ni differensial renta II, so'm

birinchi yil

10000

20

500

500

10000

0

ikkinchi yil

15000

40

375

500

20000

10000

Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat qilish natijasida qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh yo‘l hisoblanadi. Chunki qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi.

Buning uchun qishloq xo‘jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo‘yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash uzluksiz o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablag‘lar ham ortmoqda.

Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo‘jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklaming ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik

o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir). Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida

sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to‘planishi lozim. Bu hoi o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklaming iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlami tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta I) ni mamlakat oldida turgan vazifalami bajarish, xususan yangi yerlami o‘zlashtirish va yer unumdorligini

yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlami amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.

Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklaming o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital

mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi.




Download 168,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish