Differentsial (tabaqalash) yer rentasi va uning ikki shakli.
Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shaklida bo’lgan barshina (ishlab berish), obrok berish (natura soliq) va pul solig’i shakllaridan feodal rentalaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda renta quyidagi turlarga bo’lingandir:
1. Absolyut yer rentasi;
2. Differentsial (tabaqalashgan) renta I va II;
3. Monopol renta;
4. Qazilma boyliklar rentasi;
5. Qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi. Yerning miqdori va uning sifati (tabiiy unumdorligi) cheklanganligi sababli, yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan foydalaniladi, renta hosil qilinadi.
Yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoiti qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllantirishni tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijasida o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi)dagi farqlardir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bo’linadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan. Sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yakin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta I ning hosil bo’lishini misol yordamida ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |