jismoniy tarbiya maqsadlari amalga oshadi. Eng asosiy maqsad aholini mehnat
qobiliyatchanligini oshirish va sog’lomlashtirish hisoblanadi.
Odamlarni salomatligini saqlash va orttirish uchun sog’lomlashtiruvchi
jismoniy tarbiyaning turli shakllaridan foydalaniladi. Ular yordamida ta’limiy,
tanishtiruvchi (turizm), qayta tiklovchi (davolovchi gimnastika), ko’ngil ochuvchi
(o’yinlar), ishlab chiqarish (ishlab chiqarish gimnastikasi) va boshqa maqsadlar
amalga oshiriladi.
Jismoniy mashqlarni gimnastika, o’yinlar,turizm va sport shakllari farqlanadi.
Gimnastikani har xil turlari sog’lomlashtiruvchi samara ko’rsatadi.
Asosiy gimnastika odamni turli xil harakat faoliyatiga umumiy jismoniy
tayyorlaydi. Gigienik gimnastika, xususan, ertalabki gimnastika mashqlari
organizmni faolligini orttiradi. Ertalabki jismoniy tarbiya uyqudan keyin miyani
faollashtiradi, ishlayotgan muskullardan kelayotgan afferent impulьslar markaziy
nerv tizimining tonusini orttiradi; sensor tizim faolligini kuchaytiradi; yurak muskuli
ishini faollashtiradi; nafas harakatlarini chuqurlashtiradi; to’qimalardagi shishlarni
ketkazadi, limfa aylanishini kuchaytiradi. Ertalabki jismoniy tarbiyadan keyingi suv
muolajalari teri retseptorlariga ta’sir qilib, organizmni chiniqtiradi. Ishlab chiqarish
gimnastikasi aqliy va jismoniy ishning samaradorligini orttiradi, ish vaqtidagi qisqa
muddatli jismoniy tarbiya faol dam olishni eng yaxshi vositasi hisoblanadi.
Kasallikdan tuzalishda davolovchi gimnastikaning ahamiyati juda katta.
O’yinlar odamni jismoniy faolligini kuchaytiradi, kuzatuvchanligini
rivojlantiradi, miyaning ijodkorligini va vaqt ziqligi vaqtida axborotlarni qayta
ishlash qobiliyatini orttiradi. Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalarni
jismoniy sifatlari va malakalarini rivojlantirishda o’xshatish o’yinlarini ahamiyati
katta. Katta yoshdagi aholi orasida turli xil xalq o’yinlari orqali ularni bo’sh vaqtlari
to’ldiriladi va psixoemotsional holati yaxshilanadi.
Turizm tabiat sharoitida turli xil harakat faoliyati. Uni aholining salomatligiga
ta’siri katta, ishlab chiqarishda va oilada yuzaga keladigan ruxiy zo’riqishlarni
yo’qotadi, ta’lim va tarbiyaviy ahamiyati juda kuchli. Turizmni har xil shakllari
yordamida odamni salomatligi mustahkamlanadi, kayfiyati ko’tariladi, joyni fazoviy
mo’ljallash qobiliyati rivojlanadi, turli xil vaziyat va ob - xavo sharoitlariga
adaptatsiyalanishi osonlashadi. Yangi harakat malakalarining shakllanishida, aqliy
qobiliyatning rivojlanishida, atrof-muhit xaqidagi bilimlarni ortishida sayr qilish,
ekskursiya va turistik yurishlarni ahamiyati katta.
Sport musobaqa faoliyati bilan bog’liq, organizmni muntazam yuqori sport
natijalariga erishish uchun tayyorlashni talab qiladi. Ommaviy sport bilan
shug’ullanish sog’lomlashtiruvchi samarani nazarda tutadi. Bunday natijani olish
uchun chiniqish mashg’ulotlari va jismoniy yuklamalar odam imkoniyatlariga mos
bo’lishini ta’minlash zarur. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin milliy
sport o’yinlaridan sog’lomlashtiruvchi vosita sifatida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: