O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Adaptatsiyani funktsional tizimi 
 
Odamlarda  uzoq  muddatli  adaptatsiyaning  qonuniyatlari  va  mexanizmini 
o’rganish  natijasida  shu  narsa  aniqlandiki  uzoq  muddatli  adaptatsiya  natijasida 
organizmda   quyidagi fiziologik jarayonlar sodir bo’ladi:  
1)  boshqaruv mexanizmlari qayta quriladi; 
2)  organizmning zahiraviy imkoniyatlari ishga solinadi va foydalaniladi; 
3)  odamda  aniq  mehnat  yoki  sport  faoliyatiga  adaptatsiyaning  maxsus 
funktsional tizimi shakllanadi. 
        Moxiyatiga  ko’ra,  bu  uchala  fiziologik  reaktsiyalar  adaptatsiya  jarayonini 
muhim va asosiy tarkibiy qismidir. Bunday moslashuvchi qayta qurishlar, odamning 
har qanday  faoliyatiga ta’luqli bo’lib, umumbiologik qonuniyat hisoblanadi. 
  Turg’un  va  mukammal  adaptatsiyaga  erishishda  moslashuv  mexanizmlari 
boshqaruvining  qayta  qurilishi    va  fiziologik  zahiralarning  ishga  solinishi,  hamda 
ularning turli funktsional darajada ketma-ketlikda ishga tushishi muhim ahamiyatga 
ega.  Dastlabida  oddiy  fiziologik  reaktsiyalar  ishga  tushadi,  keyinroq  adaptatsiya 
mexanizmlari  zo’riqish  reaktsiyalarini,  ta’min  etish  uchun  organizmning  zahira 
imkoniyatlarini  ishga  tushishi,  organizmning  energiya  sarfi  ortishini  talab  qiladi. 
Oxir  oqibatda  adaptatsiyaning  maxsus  funktsional  tizimi  shakllanib  odamning 
konkret  faoliyatini  ta’min  etadi,  nerv  markazlari,  gormonlar,  vegetativ  va  ijrochi 
a’zolarni yangi shakllangan o’zoro munosabatlari hisobiga hosil bo’lgan funutsional 
tizim sportchi organizmining jismoniy yuklamalarga moslashuvini ta’minlaydi. 
 Jismoniy  yuklamalarga  adaptatsiyalovchi    funktsional  tizim  uchta  bo’g’imdan 
iborat bo’ladi:  
-  afferent 
-  markaziy boshqaruv 


-  efferent 
Adaptatsiyalovchi  funktsional  tizimining  afferent  bo’g’imi  retseptorlardan, 
sezuvchi  neyronlardan  va  markaziy  nerv  tizimining  afferent  neyronlaridan  iborat 
bo’ladi. Ularning barchasi atrof muhitdagi ta’sirlarni qabul qilib adaptatsiya uchun 
zarur  afferent  sintezni  amalga  oshiradi.  P.  K.  Anoxin  bo’yicha  afferent  sintez 
motivatsiya, xotira, vaziyatli va ishga tushiruchi axboratning o’zoro ta’siri natijasida 
yuzaga 
keladi. 
Ayrim 
sport 
turlarida 
(masalan,yugiruvchilar,gimnastlar) 
harakatlarini  boshlash  uchun  afferent  sintez  nisbatan  oddiy  bo’lib  adaptatsiya 
tizimining shakllanishi oson kechadi. Ayrim sport turlarida esa (yakka olishuvlar, 
sport o’yinlari) afferent sintez ancha murakkab bo’lib, funktsional tizimning hosil 
bo’lishi qiyin kechadi.   
 
Adaptatsiyaning funktsional tizimini markaziy boshqaruv bo’g’ini neyrogen 
va gumoral jarayonlaridan iborat bo’lib moslanish reaktsiyalarini boshqaradi.  
 
   Afferent  signallarga  javoban  neyrogen  qism  harakat  reaktsiyalarini  ishga 
tushiradi  va  funktsiyalarni  boshqarishning  refleks  tamoyili  asosida    vegetativ 
tizimlarni ishga soladi. Retseptorlardan po’stloqqa borayotgan afferent impulьslar 
po’stloqda    qo’zg’alish  va  tormozlanish  o’chog’larini  hosil  qilib  adaptatsiyaning 
funktsional  tizimini  shakllantiradi.  Adaptatsiyalangan  organizmda  markaziy 
neyrogen bo’g’im afferent impulьslarga tez va aniq tegishli muskullarning faolligini 
orttirish  va  vegetativ  funktsiyalarni  ishga  solish  orqali  javob  beradi. 
Adaptatsiyalanmagan organizmda esa  bunday mukammallik yo’q, muskul harakati 
taxminan  bo’lib, uni vegetativ ta’minlash yetarli bo’lmaydi. 
 
Yuqoridagilar bilan birga jismoniy ish haqidagi axborot bir vaqtning o’zida, 
adaptatsiya  jarayonini  boshqarishga  javobgar      markaziy  boshqaruvni  gumoral 
bo’g’imini  ham  faollashtiradi.  Gumoral  reaktsiyalarning  funktsional  ahamiyati 
shundaki,  ajralgan  gormonlar,  fermentlar  va  mediatorlar  a’zo  va    to’qimalar 
metabolizmiga ta’sir qilib, adaptatsiyaning funktsional tizimini yuqori darajada uzoq 
davom etadigan ishga layoqatini  ta’minlaydi.  
        Adataptsiyaning  funtsional  tizimining  effektor  bo’g’inini  -  skelet  muskullari, 
nafas, qon, yurak - qon tomirlar va  boshqa vegetativ tizimlar tashkil qiladi. Jismoniy 
ishning jadalligi va davomiyligi skelet muskullari darajasida uchta omilga: a) motor 
birliklarining soni va faolligi; b) muskul xujayralardagi biokimyoviy jarayonlarning 
darajasi va harakteri; v) muskullarning qon bilan ta’minlanishi bilan belgilanadi. 
 
Harakatlarning  kuchi,  tezligi  va    aniqligini  uzoq    muddatli  adaptatsiya 
davomida ortishi ikkita asosiy jarayon asosida amalga oshadi:  
 a)  markaziy  nerv  tizimida  harakatlarning  boshqaruvchi  funktsional  tizimning 
shakllanishi; 
b)  muskullardagi  morfofunktsional  o’zgarishlar:  muskullarning  gipertrofiyasi, 
aerob  va  anaerob  energiya  hosil  qiluvchi  tizimlarning  quvvatini  ortishi, 
mioglobinni  va  mitoxondriyalarni  ortishi,  ammiakni  hosil  bo’lishi  va 
to’planishini kamayishi qonni qayta taqsimlanishi va boshqalar. 
SHunday  qilib,  adaptatsiyaning  funktsional  tizimi  shakllanishi  jarayonida 
organizmning  turli  morfofunktsional  tuzilmalarining  ishtirok  etishi  uzoq  muddatli 
adaptatsiyani 
printsipial 
asosini 
tashkil 
qilib, 
jismoniy 
yuklamalarga 
adaptatsiyalanish  davomida  turli  a’zo,  tizim  va  bir  butun  organizm  faoliyatini 


samaradorligi ortadi. Funktsional tizimning shakllanishi qonuniyatlarini bilish uning 
bo’g’imlariga  turli  xil  omillarning  ta’sir  qilishi  orqali  organizmni  jismoniy 
yuklamalarga  moslashishi  samaradorligini  orttirib,  adaptatsiya  jarayonlarini 
boshqarish orqali organizm chiniqishini  kuchaytirish mumkin. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish