O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Organizmni  adaptatsiyalanishi  va  uning  davrlarida  funktsiyalarning



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Organizmni  adaptatsiyalanishi  va  uning  davrlarida  funktsiyalarning 
dinamikasi. 
  Jismoniy  chiniqish  va  musobaqa  yuklamalari  ta’sirida  organizmda  yuzaga 
keladigan  funktsional  o’zgarishlarni  aniqlash,  avvalo  sportchi  organizmining 
adaptatsiya  jarayonini,  charchash  darajasini,  chidamlilik,  mehnat  qobiliyatchanlik 
ko’rsatkichlarini baholash va qayta tiklanish tadbirlarini mukamalashtarish uchun 
asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  Jismoniy  yuklamalarning  odamga  ta’siri  bir  butun 
organizmning bergan reaktsiyasiga ko’ra baholanadi. Buning uchun markaziy nerv 
tizimi,  gormonal    tizim,  yurak-qon  tomir,  nafas  tizimlari,  analizatorlar,  moddalar 
almashinuvi va boshqa funktsional tizimlar tomonidan berilgan reaktsiyalar hisobga 
olinadi.  SHuni  alohida  takidlash kerakki,  jismoniy  yuklamalar  ta’siriga organizm 
funktsiyalarini o’zgarish darajasi odamning shaxsiy xususiyatlariga va chiniqanlik 
darajasiga bog’liq. 
Sog’lom odam organizmida moslashish reaktsiyalarining ikki xili mavjud: 
A)  muhit  omillarini  tabiiy  o’zgarishiga  moslashish,  bunda  tizim  doimiy 
tartibda faoliyat ko’rsatadi. Bu reaktsiyalarni ko’proq oddiy fiziologik reaktsiyalar 
deb ataladi.  


B)  kuchli  omillar  ta’siriga  o’zgarish,  bunda  funktsional  tizim  faoliyatida 
qo’shimcha  elementlar  va  mexanizmlar  ishtirok  etadi.  Bunday  o’zgarishlar 
organizmning zahira imkoniyatlarini va funktsional tizimlar faoliyatini qayta qurish 
hisobiga amalga oshganligi uchun ularni adaptatsion o’zgarishlar yoki reaktsiyalar 
deb ataladi. 
Kanadalik olim Gans Selьe tomonidan taklif qilingan “umumiy adaptatsiya 
sindromi”  tushunchasi  alohida  ahamiyatga  ega.  Adaptatsiya  sindromida  muallif 
uchta stadiyani farqlaydi. 
1.  Havotirlanish stadiyasi - organzmni ximoya kuchlari ishga kirishadi. 
2.  Qarshi  turish  (rezistentlik)  stadiyasi  -  odam  organizmini  muhitning 
ekstremal omillari ta’siriga moslashuvi. 
3.  Emirilish  stadiyasi  -  uzoq  davom  etgan  stresslar  ta’sirida  yuzaga  keladi, 
natijada organizmning  kasallanishi va xatto o’limiga olib kelishi mumkin. 
Sportchilarning  adaptatsiya  o’zgarishlari  dinamikasida  to’rtta  stadiya 
kuzatiladi: 
A) Fiziologik zo’riqish (preadaptatsiya). 
B) Adaptatsiyalanganlik. 
V) Dizadaptatsiya. 
G) Readaptatsiya 
Preadaptatsiya  stadiyasida  -  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  po’stlog’ida 
qo’zg’alish jarayoni ustunlik qiladi. Qo’zg’alish po’stloq osti va quyida joylashgan 
harakat  va  vegetativ  markazlargacha  tarqaladi.  Buyrak  usti  bezlari,  vegetativ 
tizimlar va moddalar  almashinuvi darajasi ortadi. Harakat apparatida faol harakat 
birliklarining  sonini  ko’payishi  muskullarning  qisqarish  kuchi  va  tezligi  ortiradi. 
Muskullarda  glikogen,  ATF  va  kreatinfasfatlarning  miqdori  ortadi.  Sport  mehnat 
qobiliyatchanligi  turg’un  bo’lmaydi.  Bu  stadiyada  asosiy  yuklama  funktsiyalarni 
boshqaruv mexanizmlariga tushadi. Boshqaruv mexanizmlarini zo’riqishi hisobiga 
jismoniy  faoliyat vaqtida ortgan  talablarga fiziologik funktsiyalarning moslashishi 
yuzaga keladi. 
Adaptatsiyalanganlik  stadiyasi  -  organizmning  jismoniy  chiniqqanlik 
darajasini  ko’rsatadi,  boshqacha  aytganda  jismoniy  chiniqishning  rivojlanishi 
asosida  organizmni  jismoniy  yuklamalarga  adaptatsiyalanish  jarayoni  yotadi.  Bu 
stadiyaning fiziologik asosini ish davomida faoliyat ko’rsatgan organ va tizimlarni 
organizm gomostazini ta’minlash uchun yangi bir darajada ishlashini tashkil qiladi.  
SHu  vaqtdagi  funktsional  o’zgarishlar  fiziologik  chegaradan  chiqmaydi. 
Sportchining mehnat qobiliyatchanligi turg’un bo’ladi yoki ortadi. 
Dizadaptatsiya  stadiyasi  -  chiniqish  mashg’ulotlarining  ko’pligi  va  ular 
orasidagi  dam  olishni  yetarli  emasligi  natijasida  adaptatsiya  mexanizmlarini  o’ta 
zo’riqishi sababli yuzaga keladi. Bu stadiyaning e’tiborli belgilari shundaki, nerv va 
endokrin  tizimlar  faollashmaydi.  Organizmning  umumiy  funktsional  turg’unligi 
biroz  pasayadi.  Bu  stadiyada  emotsional  va  vegitativ  ko’rsatkichlarni  turg’un 
emasligi, bosh og’rig’i, uyquning buzilishi, o’ta ta’sirchanlik va o’zini tuta bilmaslik 
ko’rinishlarida  namoyon  bo’ladi.  Aqliy  va  jismoniy  mehnat  qobiliyatchanligi 
pasayadi. Bu holatni sportda o’ta chiniqqanlik holati deb ham yuritiladi. 


Readaptatsiya stadiyasi - muntazam jismoniy chiniqish mashg’ulotlarini uzoq 
muddatga yoki mutlaqo to’xtatib qo’yilishi natijasida yuzaga keladi. Bu stadiyaning 
fiziologik  ma’nosi  jismoniy  chiniqqanlikning  pasayishi  va  ayrim  funktsional 
ko’rsatkichlarning  dastlabki  holatiga  qaytishi  hisoblanadi.  Ko’p  yillar  davomida 
sport  bilan  muntazam  shug’ullangan  sportchilar,    katta  sportdan  ketgandan keyin 
ularning  sog’lom  hayotga  qaytishi  uchun  maxsus  sog’lomlashtiruvchi  ilmiy 
asoslangan tadbirlar ishlab chiqishi talab qilinadi. 
Uzoq muddatli jismoniy yuklamalar ta’sirida, miokard va  skelet muskullarida 
yuzaga  kelgan  o’zgarishlar,  moddalar  almashinuvining  buzilishi,  gormonal  va 
fermentativ  qayta  o’zgarishlar,  boshqaruv  mexanizmlarining  ko’pchiligi  asli 
holatiga  qaytmaydi.    Sistemali  ortiqcha  jismoniy    yuklamalarning  ta’siri 
to’xtagandan keyin sportchi organizmi ma’lum darajada “biologik qarzni” to’laydi. 
Bu  organizmda kardioskleroz, semirib ketish, noqulay omillar ta’siriga chidamsizlik 
va umumiy kasallanishning ortishi shaklida namoyon bo’ladi.  
Uzoq davom etgan jismoniy yuklamalarga organizmni adataptsiya jarayonini 
funktsional yoki tuzilmali bahosiga mavjud. 
Adaptatsiyaning  qimmati ikkita shaklda ko’rinadi: 
a) adaptatsiya davomida asosiy yuklama ta’siridagi funktsional tizim ishdan chiqadi, 
yemiriladi; 
b)  ma’lum  bir  jismoniy  yuklamalarga  adaptatsiyalangan  odamning  boshqa 
funktsional tizimlari faoliyatida buzilishlar kuzatiladi. 
 
Adaptatsiyaning  qimmati  ko’p  jihatdan  jismoniy  yuklamalarning  turiga 
bog’liq.  Masalan,  statik  yuklamalarga  chiniqqan  shtangistlarda  dinamik  ishlarga 
chidamlilik pasayadi, bunday  yuklamlarga  charchash sog’lom  odamlarga nisbatan 
ularda  tezroq  rivojlanadi.  CHidamlilikka  chiniqqan  sportchilarga  nisbatan  og’ir 
atletikachilarning  skelet  muskullarida  kapillyarlar  zichlini  kamayganligi  va 
mitoxondriyalar massasining ortmaganligi kuzatiladi. 
 
Yuqori  darajada  chiniqqan  og’ir  atletikachilarda,  kurashchilarda  va  boshqa 
sportchilarda  sovuq  ta’siriga  chidamliligi  susayib,  shamollash  kasalliklariga 
beriluvchanlik  ortadi,  xujayraviy  va  gumoral  immunitet  buziladi.  Jismoniy 
chidamlilikka  chiniqqan  yuqori  malakali    sportchilarda  oshqozon-ichak,  jigar  va 
buyraklar  faoliyatining  buzilishi  kuzatiladi.  Bunday  holatga  uzoq  davom  etgan 
jismoniy ish vaqtida, ularni qon bilan ta’minlanishining buzilishi sabab bo’ladi. 
 
Biroq,  bir  tizim  faoliyatining  kuchayishi  boshqa  tizimlar    faoliyatini 
buzilishiga olib kelishi, har doim ham kuzatilavermaydi. Bunday holatlarning oldini 
olish  uchun  chiniqish,  dam  olish,  ovqatlanish,  jarayonlarini  tartibga  solish  lozim, 
shundagina organizmning stress  ta’sirlarga chidamliligi ortib sportchining jismoniy 
va ruhiy rivojlanishida o’zaro mutanosiblik kelib chiqadi.  
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish