aytishiga qaraganda harakat natijasida hosil bo’lgan mexanik energiya ish
faoliyatida qo’llanish to’g’risida ma’lumot beradi. Harakat qonunlarni bilgandan,
o’rgangandan keyin, ularni keltiruvchi kuchlarni bilish mumkin, harakatning
natijasini va foydali yoki zararli ekanligini aniqlash mumkin.
Odamning harakat faoliyati davomida ko’p vazifalar bajariladi. Bitta vazifani
bajarish uchun ba’zan bir necha variantlar yoki usullar qo’llaniladi. SHuning uchun
odamning harakatini o’rgangan vaqtida ish harakatining bajarish usuli o’rganiladi.
Buni o’rganish uchun harakatning shakli, xarakteristikasi va kelib chiqish
mexanizmi o’rganilishi kerak. Bundan tashqari harakatning vazifasi, shu harakat
davomidagi sharoitni o’rganish katta ahamiyatga ega. Faqat shundagina harakatning
natijasini va tashqi sharoitning o’zgarishini ta’sirini aniqlash mumkin.
Harakatga ta’sir etuvchi sharoit yoki muxit tashqi va ichkiga bo’linadi.
Tashqaridan harakatga ta’sir etuvchi faktorlar – bu sportchining atrofidagi bor
narsadir. Masalan, turli fizik ob’ektlar (snaryad, yuguradigan dorojka – yo’l va h.k.)
va atrofdagi shaxslar (sportchilar, trenerlar, sudьyalar, raqiblari va h.k.).
Ichdan ta’sir etuvchi faktorlarga – sportchining tayyorligi, uning mehnatga
layoqatligi, organizmning sportchining oldiga qo’yilgan vazifani bajarish uchun
tayyorligi kiradi.
Biomexanika nazariyasi 3 ta katta muammodan iborat.
1. Biomexanika sistemalarning tuzilishi, rivojlanishi va xossalarini o’rganish.
2. Harakat faoliyatini effektivligini, taraqqiyotini o’rganish.
3. Harakatning xosil bo’lish va yaxshilash qonuniyatlarni o’rganish.
Biomexanika metodi. Biomexanika nazariyasida odamning harakat faoliyati
ko’p qismlardan tuzilgan murakkab sistema deb ko’riladi. Buni o’rganish uchun
analiz va sintez bilan foydalaniladi. Harakatni o’rganish uchun turli asboblar
qo’llaniladi. Ularni yordamida harakatga doir turli xarakteristikalarni o’rganish
mumkin (masalan, traektoriya, tezlik, tezlanish va boshqalar).
Bu o’lchovlar turli harakatlarni bir-biridan farqi va o’xshashligini aniqlash
uchun yordam beradi va harakatning tuzilishi, qanday qismlardan iborat ekanligini
ko’rsatadi. Bunga sistemali analiz deyiladi.
Biomexanika qonunlarni o’rganishda anatomiya va fiziologiyaning ahamiyati
katta.
Anatomiyani (masalan “Dinamik anatomiya qismi”) harakat to’g’risidagi
ma’lumotlar qiziqtiradi. Bu ma’lumotlar tananing tuzilishi va shaklini chuqur
o’rganishda foydalaniladi. Demak, anatomiya faqat morfologiya, ya’ni tuzilishni
o’rganadi. SHu bilan dinamik anatomiya biomexanikadan farq qiladi.
Fiziologiyada ham harakat to’g’risidagi xususiy bilimlardan qo’llaniladi,
lekin fiziologiyani shu harakatlarning fiziologik qonuniyatlari qiziqtiradi. Uning
vazifasiga konkret harakatning kelib chiqishi, uning natijasi o’rganilmaydi.
SHunday qilib na anatomiya, na fiziologiya harakat to’g’risida kerakli ma’lumot
berganiga qaramasdan harakat bajarish haqida konkret ma’lumot bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: