Sportni tanlashda odamning fiziologik va genetik xususiyatlarini
hisobga olish
Odamning morfofunktsional ko’rsatkichlariga va uning jismoniy sifatlariga
irsiyatning ta’siri haqidagi bilimlar sportni tanlashda muhim ahamiyatga ega.
CHiniqish mashg’ulotlari ta’sirida kam o’zgaradigan, kuchli irsiyat ta’siridagi
organizm belgilariga sportni tanlab olishda ko’p e’tibor berish kerak.
Sport amaliyotida oilaviy irsiyatni ahamiyatini borligi aniqlangan. Buyuk
sportchilarning bolalarining 50% ida sportga qobiliyatchanlik aniq ko’rinadi.
Ko’pchilik aka-ukalar, opa-singillar sportda yuqori natijalarga erishganligi ma’lum.
Ona va qiz Deryuginalar, aka-uka Znamenskiylar, opa-singil Presslarni sportdagi
yuqori natijalarini ko’rsatish mumkin. Agar ikkala ota va onalar buyuk sportchilar
bo’lsa, ularning bolalarining 70% ida yuqori natijalarni ko’rish mumkin.
O’tgan asrning 30-chi yilarida tepping–testini bajarishda oilaviy irsiylanish
mavjudligi aniqlangan. Agar ota va ona shu test bo’yicha “tezlar” guruxida bo’lsa,
ularning bolalarining 56% ni “tezlar“ va 4%ini “sekinlar” tashkil qiladi. Ota va ona
“sekin”lar guruhida bo’lsa, ularning bolalarining 71% ini “sekin” larga, qolgan
29%i “o’rta”larga to’g’ri keladi. Oilaviy o’xshashlik mashqni tavsifiga,
populyatsiya xususiyatlariga va bolaning tug’ilish tartibiga bog’liq bo’ladi.
Tezligi yuqori tsiklik va tezlik–kuchli mashqlarni irsiylanishida oilaviy o’zaro
bog’liqlik yuqori darajada ko’rinadi. Angliyani yopiq kollejlarida (ularda, asosan,
yuqori tabaqa bolalari o’qigan) o’tkazilgan kuzatuvlarning arxiv materiallari tahlil
qilinganda, 12 yoshli bolalarning ota va onalarida harakat imkoniyatlari bo’yicha
o’xshashligi aniqlangan. Ayrim morfologik belgilar va tezlik-kuch mashqlarida
ishonchli korrelyatsiya kuzatilgan: tana og’irligi (r=0,50), 50 yardga yugurish
(r=0,48), o’rnidan uzunlikka sakrash (r=0,78). Biroq murakkab koordinatsiyali
harakatlarni bajarishda, masalan, tennis to’pini uloqtirish va gimnastika mashqlarini
bajarishda imkoniyatlarni avloddan-avlodga berilishida oilaviy bog’liqlik
kuzatilmagan.
O’pka ventilyatsiyasiga kislorod yetishmasligi (gipoksiya) va karbonat
angidrid gazaning ko’pligini (giperkoniya) ta’sirini katta yoshdagi uzoq masofaga
yuguruvchi yaxshi sport formasidagi sportchilarda kuzatilganda, organizmning
bergan javob reaktsiyasi ularni sport bilan shug’ullanmaydigan qarindoshlariniki
bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Sport bilan shug’illanmaydigan nazorat guruxining
o’pka ventilyatsiyasi ko’rsatkichlari bilan taqqoslanganda ishonarli farq kuzatilgan.
Odamni sport qobiliyatini belgilovchi ko’pchilik morfofunktsional belgilar
irsiyatga bog’liq bo’ladi. Ularda tana va qo’l, oyoqlarning uzunligi, yurakning
sig’imlari va kattaligi, o’pka sig’imlari va kattaliklari, aqliy mehnat
qobiliyatchanlik, fazoni ko’ra olish va boshqa bir qator belgilarning irsiylanishi
yuqori bo’ladi.
Erkak sportchilarda onasi sport bilan shug’ullangan, otasi shug’ullanmagan
holat kuzatilmagan. Buyuk sportchilarning sport bilan shug’ullangan avlodlari
ichida erkaklar ayollarga nisbatan ko’p bo’lgan. Erkak qarindoshlarining sport
mahorati ham, ayol qarindoshlarinikidan yuqori bo’lganligi aniqlangan.
SHunday qilib, erkak sportchilarning harakatlanish qobiliyati ota liniyasi
orqali, ayol sportchilarda esa ona liniyasi orqali avloddan – avlodga berilar ekan.
CHidamlilik mashqlariga ixtisoslashgan buyuk sportchilar oilalarida, asosan,
kichik farzand va ular ikkinchi yoki uchinchi bo’lib tug’ilishgan, boks, taekvon-do
sport turlarida ko’proq birinchi farzandlar yuqori natija ko’rsatadi.
Odamning qiziqishi va tabiiy imkoniyatlariga mos sport turini tanlab olish,
albatta, sportda yuqori natijaga erishishni kafolatlamaydi. Sport mahoratining
ortishida chiniquvchanlik yoki sport mashqlarini o’rgana olish qobiliyati muhim
ahamiyatga ega.
Sportchining chiniquvchanligi ikkita ko’rsatkichiga bog’lik bo’ladi:
- ko’p yillik sportga tayyorlash jarayonida organizmni turli belgilarini o’sish
darajasi;
- organizm belgilarining o’zgarishining tezligi.
Sportchi organizmni turli ko’rsatkichlarining o’sish darajasi nimaga
bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Alohida funktsional ko’rsatkichlar va jismoniy
sifatlarning o’zgarish kattaligi odamning tug’ma reaktsiya normasiga, yoki
boshqacha qilib aytganda shu belgilarni boshqaruvchi genlarning individual
rivojlanish shartlari va tashqi muhit omillarining o’zgarishiga reaktsiya berish
qobiliyatiga aytiladi.
Ayrim ko’rsatkichlar uchun reaktsiya normasi kichik bo’lib, tashqi muhit
sharoitlari sezilarli o’zgarganda va chiniqish mashg’ulotlari uzoq davom etganda
ham ular o’rtacha o’zgaradi. Ularga tana uzunligi, qonning gemeostatik
ko’rsatkichlari, skelet muskullardagi tolalarning tarkibi, nerv tizimining tipologik
xususiyatlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Boshqa belgilarni reaktsiya normasi
keng bo’ladi, tashqi ta’sirlarga, shu jumladan, jismoniy yuklamalarga katta
o’zgarishlar bilan javob beradi. Bunday belgilarga tana og’irligi, muskullardagi
mitoxondriyalar soni, tashqi nafas ko’rsatkichlari, qon aylanishning ko’p tavsiflari
va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Sportni tanlashda birinchi navbatda kam o’zgaradigan ko’rsatkichlarga e’tibor
qaratiladi, buning sababi ular orqali avvaldan taxminlash imkoniyati mavjud bo’lib,
chiniqish mashg’ulotlari davomida kam o’zgaradi.
Uzoq yillar davomida muntazam sport bilan shug’ullanish ta’sirida bosh miya
yarim sharlari po’stlog’ining elektr faolliging EEGisi deyarli o’zgarmaydi va u
odamni irsiy xususiyati hisoblanadi. Individni bu xususiyatini sportga tanlab olishda
reaktsiya normasining kichikligi uchun, albatta, hisobga olish lozim. Masalan,
vaziyatli sport turlariga tanlab olishda ular uchun tezkorlik reaktsiyasining yuqori
darajada rivojlangan bo’lishi talab qilinganligi EEG da alfa ritmi yuqori chastotali
individlarga e’tibor qaratishni ko’rsatadi. Yuqori malakali basketbolistlarning EEG
isi o’rganilganda alfa ritm sekundiga 11-12 ta tebranishda ekanligi kuzatildi. Bu
ko’rsatkich uzoqqa yuguruvchilarda sekundiga 9-10 ta to’lqinni tashkil etadi.
Skelet muskullarining tarkibi haqidagi bilimlar sportgni tanlashda muhim
ahamiyatga ega. Rasm 8.
Do'stlaringiz bilan baham: |