4. Quvib o`tish
Quvib o`tish-egallagan harakatlanish bo`lagidan chiqib, oldinda ketayotgan
transport vositalaridan o`zib ketish. To`xtab turgan transport vositasini aylanib
o`tish quvib o`tish hisoblanmaydi (6.1-6.2- rasmlar).
Yonma-yon bo`lakdagi transport vositasidan o`zib ketish quvib o`tish
hisoblanmaydi (6.3-rasm. YHQ. 11.4).
6.1-rasm. 6.2-rasm. 6.3-rasm.
83
Ikki tomonlama harakatli ikki bo`lakli yo`llarda quvib o`tish qarama-qarshi
yo`nalishdagi bo`lakka chiqish orqali, xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda
bajariladi (6.1-rasm).
Ikki tomonlama harakatlanuvchi uch bo`lakli yo`llarda quvib o`tish o`rta
bo`lakka chiqish bilan amalga oshiriladi (6.6-6.7-rasmlar).
Ikki tomonlama harakatlanuvchi to`rt va undan ko`p bo`lakli yo`llarda quvib
o`tish yo`nalishi bo`yicha qo`shni qatorga chiqish bilan bog`liq (6.6-rasm).
Haydovchi quvib o`tishni boshlashdan oldin:
- o`zi o`tmoqchi bo`lgan harakatlanish bo`lagi quvib o`tish uchun yetarlicha
masofada bo`sh ekanligiga, bu qarama-qarshi yo`nalishdagi va shu bo`lakdagi
transport vositalarining harakatiga xalaqit bermasligiga;
- shu bo`lakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib o`tishni
boshlamaganligiga (6.4-rasm);
- oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib o`tish, c h a p g a
burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga (6.5-rasm);
- quvib o`tishni tugallayotganda quvib o`tilayotgan transport vositasiga
xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo`lakka qaytib o`ta olishiga ishonch xosil qilishi
shart.
6.4-rasm.
6.5-rasm.
Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o`tishga ruxsat berilada (6.6-6.7-
rasmlar). Biroq, chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o`tish
o`ng tomondan amalga oshiriladi (6.7-rasm).
6.6-rasm.
6.7-rasm.
84
Quvib o`tish jarayonining xavfsiz amalga oshirilishi quvib o`tilayotgan transport
vositasi haydovchisining xulqiga ham bog`iq.
Quvib o`tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki
boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o`tishga to`sqinlik qilish taqiqlanadi.
6.8-rasm.
Aks holda quvib o`tayotgan transport vositasi o`z bo`lagiga qayta tizila olmay
boshqa transport vositalari (ro`paradan keluvchi) bilan to`qnashib ketishi ham mumkin.
Ikki tomonlama harakatlanuvchi ikki bo`lakli yo`llarda quvib o`tish uchun ro`para
bo`lakka, ikki tomonlama harakatlanuvchi uch bo`lakli yo`llarda o`rta bo`lakka chiqqan
haydovchi quvib o`tishni tugallagandan so`ng ilgari egallagan harakatlanish bo`lagiga
qaytishi shart (o`ng tomondan ruxsat etilgan quvib o`tishdan tashqari. 6.8-11.6-rasmlar), To`rt va
undan ko`p bo`lakli yo`llarda quvib o`tishni tugallagan haydovchi o`z bo`lagida qolishi
mumkin (bu manyovr ilgarilab o`tish hisoblanadi).
O`z qatoriga qaytishda quvib o`tilayotgan transport vositasining oldidan keskin
burchak bilan emas, balki oraliq masofani har tomonlama saqlagan holda ravon o`tish
kerak.
Biroq, ushbu yo`nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq, bo`lak bo`lsa, quvib
o`tayotgan haydovchi o`zi egallagan bo`lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o`tishni boshlashga to`g`ri
keladigan hollarda orqada o`zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit
bermasa, chap bo`lakda xarakatlanishni davom ettirish mumkin (6.9-rasm).
85
6.9-rasm.
Quvib o`tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
1) tent ahamiyatli yo`llar kesishgan, tartibga solinmagan
chorrahalarda;
2) tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan
yo`llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda
quvib o`tish, kajavasiz ikki g`ildirakli transport vositalarini quvib
o`tish va ruxsat etilgan hollarda o`ng tomondan quvib o`tish
bundan mustasno);
3) piyodalar o`tish joylarida piyodalar bo`lganda;
4) temir yo`l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
86
5) quvib yoki aylanib o`tayotgan transport vositalarini;
6) tepalikka ko`tarilishning oxirida va yo`lning ko`rinishi cheklangan boshqa joylarda qarama-qarshi
harakatlanish yo`nalishiga chiqib;
7) tartibga solingan chorrahalarda qarama-
qarshi yo`nalishdagi harakatlanshi bo`lagiga
chiqib.
Quyidagi hollarda quvib o`tishga ruxsat etiladi:
a) tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi bo`lakka chiqmasdan (6.10-
“a” rasm);
b) teng ahamiyatli chorrahalarda kajavasiz mototsikllarni va velosipedlarni
(13.10-“b” rasm);
v) chorrahalarda asosiy yo`l bo
`ylab (6.10-“v” rasm);
g) chapga burilayotgan yoki orqaga qayrilayotgan transport vositalarini o`ng
tomondan (6.10-“g” rasm).
6.10-“a”rasm. 6.10-“b” rasm. 6.10-“v” rasm. 6.11-“g” rasm.
87
Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo`llarda sekin harakatlanadigan
yoki katta gabaritli transport vositasini quvib o`tish qiyin bo`lgan hollarda uning
haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo`lning o`ng tomoniga olishi,
zarur bo`lganda esa orqasida to`planib qolgan transport vositalarini o`tkazib yuborish
uchun to`xtashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |