3. Harakat tezligi
Transport vositalari va oqimning tezligi ortgan sayin yo`lning o`tkazish
qobiliyati unumlashadi, yo`lovchilarning yo`lda yo`qotadigan vaqtlari kamayadi,
yuk tashish tezlashadi, iqtisodiy samaradorligi ortadi, lekin yuqori tezlik
harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi.
Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning
xususiyati hamda holatini, yo`l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish
yo`nalishidagi ko`rinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan
tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak.
Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish,
harakatni doimo nazorat qilib boorish imkoniyatini berishi kerak.
Ruxsat etilgan maksimal tezlik bilan harakatlanish har doim ham xavfsiz
bo`lavermaydi. Haydovchi tanlagan tezlik, yo`lda xavf paydo bo`lganida, transport
vositasini to`xtata oladigan darajada bo`lishi kearak. Bining uchun haydovchi
ko`rinish masofasiga qarab shunday tezliktanlashi kerakki, to`xtash yo`li ko`rinish
masofasidan o`tib ketmasin (avtomobilning to`xtash yo`li-haydovchi xavfni ko`rib
to`liq to`xtagunicha o`tgan masofa).
Harakatlanish paytida, haydovchi aniqlash olishi imkoniyatida bo`lgan xavf
yoki to`siq oaydo bo`lsa, u transport vositasining tezligini to`liq to`xtashini
ta`minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to`siqni boshqa harakat qatnashchilari
uchun xavfsiz aylanib o`tish choralarini ko`rishi kerak.
Xavf-yo`l harakati qoidalarini buzib, behosdan paydo bo`ladigan transport
vositalari, pyodalar va h.k.
81
Tusiq- transport vositasidan tushib qolgan biror bir yuk, yo`lda buzilib
to`xtab turgan transport vositasi va boshqalar.
Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70
kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Tezlikning bunday cheklanshii faqat kirshi 5.22, chiqishi 5.23 (asosi oq
rangda bo`lgan) yo`l belgilari bilan belgilangan aholi yashash joylariga tegishli.
Kirish joyi 5.24, chiqish yo`li 5.25 (asosi ko`k rangli) belgilar bilan
belgilangan hududdagi tezlik aholi yashamaydigan joylardagi tezlik chegarasi bilan
bir xil bo`ladi.
Aholi yashamaydigan joylarda va kirish yo`li 5.24, chiqish yo`li 5.25
belgilari o`rnatilgan xududlarda:
- engil avtomobillarga va ruxsat etilgan to`la vazni 3,5 tonnadan
oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
- shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni
soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
- boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat
etilgan to`la vazni 3,5 tonnadan ortiq, bo`lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga
80 kilometrdan oshirmasdan;
- tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan
harakatlanishga ruxsat etiladi.
Har qanday yo`llarda:
- odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan
oshirmasdan;
- mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni
soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;
- xavfli, og`ir vaznli va katta o`lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy
jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga YHXB bilan kelishilgan
tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
- Tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko`rsatilgan
eng yuqori tezlikdan oshirish.
82
Pastlik (nishablik) tomon harakatlanayotgan transport vositalarining tezligi
ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan mazkur transport vositasining texnik
tavsifnomasida ko`rsatilgan normadan oshib ketishi mumkin. Bu hol transport
vositasining turg`unligi yo`qolib, ag`nab ketishiga olib kelishi mumkin.
- Tezlikni transport vositasiga o`rnatilgan taniqdik belgi («Tezlik
cheklangan») da ko`rsatilganidan oshirish.
Ba`zi maxsus transport vositalari (avtokran, un tashuvchi tsisterna, tsement
tashuvchi tsisterna, beton tashuvchi tsisterna va shu kabilar) ishlab chitsaruvchi
tashkilot tomonidan yuqori tezlikni chegaralovchi taniqli belgi bilan ta`minlanadi.
Yo`l sharoitlari imkon bergan taqdirda ham tezlikni taniqli belgida ko`rsatilganidan
oshirish;
Zarurat bo`lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport
vositalariga xalaqit berish mumkin emas.
Yo`llarning eni cheklangan bo`lib, ayniqsa, serqatnov yo`llarda past tezlik
bilan harakatlanish tirbandliklar hosil qiladi va avtotransportning ish unumini
pasaytiradi (yo`lovchilarning qimmatli vaqtlari, yukni kechiktirib yetkazish va h.k.).
- Yo`l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo`lmaganda keskin tormoz
berish.
Zaruratsiz keskin to`xtash ketma-ket kelayotgan transport vositalarining
to`qnashuviga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |