3. Svetoforlarning ishoralari
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug`lik ishoralari qo`llaniladi.
Svetoforning ishoralari vazifasiga bog`liq ravishda doirasimon, yo`naltirgich,
piyoda tasviri tushirilgan va X simon ko`rinishida bo`lishi mumkin.
Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir satxda
joylashgan yashil yo`naltirgich ko`rinishidagi ishorali bitta yoki ikkita qo`shimcha
tarmoq bo`lishi mumkin.
Transport vositalarining chorraha bo`ylab navbatma–navbat harakatlanib
o`tishlarini tartibga soluvchi svetofor ikki yoki uch navbatli bo`lishi mumkin.
Serqatnov yo`llarning chorrahalarida transport vositalarining harakatlanib
o`tishlari uch navbatga bo`lingan bo`lsa, uchinchi navbatdagi harakatlanish
qo`shimcha tarmoq (8.2-rasm) orqali tartibga solinadi (amalga oshiriladi).
Qo`shimcha tarmoqdagi ishora o`chirilgan bo`lsa, shu tarmoq tartibga
soladigan yo`nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma`nolarni bildiradi:
- Tik svetoforning eng pastida, yotiq svetoforning o`ng chekkasida joylashgan
yashil ishora harakatlanishga ruhsat beradi; miltillovchi yashil ishora ham
harakatlanishga ruhsat berib, bu belgilangan ruxsat vaqti tugayotgani va tez orada
(3-4 soniyadan so`ng) taqiqlovchi yoritgich yonishi xaqida ishora beradi.
- Yashil yoritgich o`chishiga qancha soniya qolganligini haydovchilarga
yetkazish uchun raqamli tablo qo`llanilishi mumkin. Tablo 10 soniyadan
(10,9,8,…3,2,1) kam qolgan vaqtlarni ko`rsatadi.
66
Svetoforning qizil chirog`idan keyin yongan sariq chiroqda chorrahaga kirib
kelish taqiqlanadi (sariq chiroq harakatni taqiqlaydi), lekin svetoforning yashil
(harakatga ruxsat beruvchi) yoritgichi yonib turganida chorrahaga (to`xtash
chizig`iga) juda yaqin kelib qolib, sariq chiroq yonganida keskin tormoz bermasdan
to`xtashga ulgura olmaydigan transport vositasi haydovchilariga harakatni davom
ettirishga ruxsat etiladi.
- Miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi. U transport oqimi
siyrak bo`lib, ularni navbat bilan harakatlanib o`tishlarini tartibga solishga hojat
bo`lmagan, lekin ba`zi bir sabablarga ko`ra xavfli bo`lgan chorrahalarda
qo`llaniladi.
- Ustma-ust joylashib, navbat bilan miltillovchi ikkita sariq yoritgich
harakati doimiy bo`lmagan, vaqti-vaqti bilan paydo bo`ladigan piyodalarning
harakati tartibga solinmagan o`tish joylari borligi xaqida ogohlantiradi.
- Navbatma-navbat miltillovchi ikkita qizil ishorali svetofor temir yo`l
kesishmalari va sol kechuvchi oldida o`rnatilib, harakatlanishni taqiqlaydi (8.6-
rasm). Bu svetoforlarning navbat bilan yonishi haydovchining diqqatini o`ziga jalb
qilib, tezroq cora qabul qilishi uchun mo`ljallangan.
Svetoforning qizil, sariq va yashil chiroqlariga tushirilgan qora tasvirli
yo`naltirgichlar bu ishoralarning ma`nosini o`zgartirmaydi, balki u svetoforning
yashil chirog`i yonganida ruxsat etilgan harakat yo`nalishini ko`rsatadi. Bu
svetoforlar harakatlanishi ko`p yo`nalishli chorrahalarda har bir yo`nalish uchun
alohida qo`llanilishi mumkin (8.7-8.8-rasmlar).
Davlat na`munasi (GOST 25695-91) ga asosan ko`zlari ojiz piyodalar o`tish
joylarida svetofor ishoralariga qo`shimcha ravishda tovush chiqaruvchi moslamalar
o`rnatilishi mumkin.
Agar tegishli yo`l belgisi bilan taqiqlanmagan bo`lsa, chapga burilishga
ruxsat beruvchi yo`naltirgich qayrilib olishga ham ruhsat beradi. Qo`shimcha
tarmoqdagi yashil yo`naltirgich ham xuddi shu ma`noni bildiradi.
Svetoforning yashil chirog`i sathida joylashgan qo`shimcha tarmoqdagi
yashil yo`naltirgich svetoforning qizil yoritgichi bilan yonsa, boshqa yo`ldagi
67
transport vositalariga yo`l berib ko`rsatilgan yo`nalishda harakatlanishga ruhsat
beradi.
Agar qo`shimcha tarmoqdagi yashil yo`naltirgich svetoforning yashil
yoritgichi bilan yonsa, boshqa yo`ldagi harakatlanish taqiqlangani tufayli
ko`rsatilgan yo`nalishda to`xtamasdan harakatlanib o`tishga ruxsat beradi.
Agar
svetoforning
asosiy
yashil
ishorasiga
qora
yo`naltirgich
(yo`naltirgichlar) shakli tushirilgan bo`lsa, u haydovchilarga svetoforning
qo`shimcha tarmog`i borligini ma`lum qiladi va shu asosiy tarmoqdagi
yo`naltirgichlar yo`nalishlarida harakatlanishga ruhsat berilganligini ko`rsatadi.
Sutkaning qorong`i vaqtida (yetarli ko`rinmaslik sharoitlarida) haydovchiga
svetoforning qo`shimcha tarmog`i ko`rinmay qolib, asosiy yashil chiroqda burilib
yoki qayrilib hato qilmasliklari uchun ushbu kontur chiziqli strelka asosiy ya`shil
chroqqa tushiriladi (8.9-rasm).
Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri ko`rinishida bo`lsa, u faqat
piyodalarning harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning
harakatlanishiga ruhsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.
Qatnov qismining harakat yo`nalishi qarama-qarshi tomonga o`zgarishi
mumkin bo`lgan bo`laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun
X simon qizil ishorali va pastga yo`nalgan yo`naltirgich ko`rinishidagi yashil ishorali
reversiv svetoforlar qo`llaniladi (8.12-rasm). Bu ishoralar qaysi bo`lak ustiga
o`rnatilgan bo`lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruhsat beradi.
Ikki tomonli 1.9 chizig`i bilan belgilangan bo`lak ustiga o`rnatilgan,
ishoralari o`chirilgan reversiv svetofor shu bo`lakka kirishni taqiqlaydi.
Yo`lning o`tkazish qobiliyatini oshirib, transport vositalaridan unumli
foydalanish uchun o`rta bo`lak (bo`laklar) transport oqimi jadalligiga qarab
yo`nalishlarini o`zgartirishlari mumkin. Bunday harakat reversiv harakat deb
ataladi.
Davlat na`munasi (GOST 25695-91) da reversiv svetoforning asosiy
ishoralariga qo`shimcha 45(gradus) li burchak ostidagi sariq yo`naltirgich ko`zda
tutilgan. Bu yo`naltirgich yonganida haydovchilar reversiv bo`lakni tark etib chiqib
ketishlari kerak.
68
Yashil yo`naltirgich yonganida bir yo`nalishda harakatlanayotgan
haydovchilar bo`laklarni ajratuvchi reversiv chiziqni istalgan tarafdan kesib
o`tishlari mumkin.
Tramvaylarning, shuningdek, yo`lning maxsus ajratilgan bo`lagida
harakatlanadigan belgilangan
yo`nalishli
boshqa
transport
vositalarining
chorrahadan harakatlanib o`tishlarini tartibga solish uchun “T” harfi ko`rinishida
joylashgan to`rtta doirasimon (oq-oydin) rangli ishorali svetoforlar qo`llanilishi
mumkin.
Yuqorida bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o`zida yonganda
harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o`ngdagisi o`ng tomonga
burilishga, o`rtadagisi to`g`riga yurishga ruxsat beradi. Agar faqat yuqoridagi uchta
ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
Ushbu svetofor faqat tramvay va yo`lning maxsus ajratilgan bo`laklaridan
harakatlanadigan belgilangan yo`nalishli transport vositalariga tegishli bo`lsada,
boshqa haydovchilar svetoforning bir vaqtda harakatlanishi ruxsati yo`nalishidan
qai`y nazar, tramvay haydovchisiga yo`l berishlari kerak.
Temir yo`l kesishmalarida o`rnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi
ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruxsat beradi (8.16-
rasm).
Temir yo`l kesishmasi oldida o`rnatilgan ushbu svetoforning oq miltillovchi
chirog`i mazmun jihatdan oddiy svetoforning yashil chirog`i bilan teng.
Ko`rinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina)
bo`lmasa, o`chirilgan miltillovchi oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga
ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |