2. Transport vositalarida odam tashish qoidalari
Odam tashish uchun avtobus, mikroavtobus, tramvay, trolleybus, yengil avtomobil
kabilar ishlab chiqaruvchi korxonalar tarafidan mo`ljallangan bo`lib, harakatlanishdagi
xavfsizliklari to`liq inobatga olingan. Ba`zi holatlarda yuk tashish uchun moslashtirilmagan
avtomobillarda odam tashishni vaziyat taqozo qiladi. Bu juda ham mas`uliyatli bo`lib, hara-
katlanish xavfsizligi talablariga javob bera olishi kerak.
Yuk avtomobilining yukxonasida odam tashish «C» toifasidagi transport vositalarini
boshqarish huquqiga ega bo`lgan, odamlar soni kabinadagilarni ham qo`shib hisoblaganda 8
nafardan ortiq, bo`lganda esa «C» va «D» toifasidagi transport vositalarini boshqarish
huquqiga ega bo`lgan va shu toifadagi transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq,
boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Eslatma. Harbiy haydovchilarning yuk avtomobillarida odam tashishga
Do'stlaringiz bilan baham: |