O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik fakulteti



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/147
Sana02.08.2021
Hajmi5,14 Mb.
#136361
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147
Bog'liq
yol harakati qoidalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
94 
8 - Mavzu: Murakkab sharoitlarda harakatlanish tartibi 
Reja 
1. Temir yo`l kesishmalari orqali harakatlanish 
2. Avtomagistrallarda harakatlanish tartibi 
3. Turar joy dahalarida harakatlanish qoidalari 
4. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish qoidalari  
 
1. Temir yo`l kesishmalari orqali harakatlanish 
Temir  yo`l  kesishimasi-avtomobil  yo`lining  temir  yo`l  bilan  bir  sathda 
kesilishi. 
 
8.1-rasm.
 
Temir  yo`l  kesishmasida  sodir  bo`ladigan  yo`l-transport  hodisasi  og`ir 
oqibatlarga  olib  kelishi  sababli  uning  oldida  tegishli  ogohlantiruvchi  belgilar 
o`rnatiladi.
 
Temir  yo`l  kesishmalari  undan  o`tadigan  temir  yo`l  transporti  tarkibi 
jadalligi  va  avtomobillarning  ko`pligiga  qarab  qo`riqlanadigan  (shlagbaumli)  va 
qo`riqlanmaydigan (shlagbaumsiz) bo`ladi.
 
Shlagbaumli  temir  yo`l  kesishmalarida,  shlagbaumdan  tashqari,  harakatni 
tartibga  soluvchi  svetofor,  haydovchining  e`tiborini  jalb  etish  uchun  tovush 
chiqaruvchi  moslamalar  bilan  jihozlanadi.  Harakatlanish  xavfsizligini  temir  yo`l 
nazoratchisi nazorat qiladi.
 
Shlagbaumsiz  temir  yo`l  kesishmalari,  shlagbaumlidan  farqli  o`laroq, 
kesishma  yaqinida  «bir  izli»  (1.3.1.)  yoki  «ko`p  izli»  (1.3.2.)  belgilari  o`rnatiladi va 
xavfsizlik choralarini ta`minlab o`tish haydovchining o`z zimmasiga yuklatiladi. 


 
95 
Transport  vositalarining  haydovchilari  temir  yo`llarni  faqat  temir  yo`l 
kesishmalari  orqali,  poezd  (lokomotiv,  drezina)larga  yo`l  berib,  kesib  o`tishlari 
mumkin. 
Temir  yo`l  kesishmalaridan  tashqari  joylardan 
uni  kesib  o`tish  juda  xavfli  hisoblanadi  (temir  yo`l 
izlaridan o`ta olmay, majburiy to`xtab qolgan transport 
vositalari  temir  yo`lni  to`sib  qo`yadi  va  to`qnashuvga 
sabab bo`ladi). 
Temir 
yo`l 
kesishmasiga 
yaqinlashib 
kelayotgan haydovchi yo`l belgilari va chiziqlariga, 
svetofor ishoralariga, shlagbaum xolatiga, kesishma 
navbatchisining 
ko`rsatmalariga 
amal 
qilishi, 
yaqinlashib  kelayotgan  poezd  (lokomotiv,  drezina) 
yo`qligiga ishonch hosil qilishi shart. 
Temir  yo`l  kesishmasiga  kirish  quyidagi 
hollarda taqiqlanadi: 
-  svetofor  ishorasidan  qatpi  nazar,  shlag-
baum yopiq, turgan yoki yopila boshlagan holatda; 
-  shlagbaumning  bor-yo`qligidan,  uning 
holatidan  qat`i  nazar,  svetoforning  taqiqlovchi 
ishorasida; 
-  kesishma  navbatchisining  taqiqlovchi 
ishorasida  (navbatchi  haydovchilarga  oldi  yoki 
orqasi  bilan  turib  tayoqchani,  qizil  chiroq,  yoki 
bayroqchani  boshidan  baland  ko`tarib  tursa  yoki 
qo`llarini yonga uzatsa); 
                                                                                                                     
8.2-8.3-8.4-8.5-8.6-8.7-rasmlar
 
- kesishmadan keyin hosil bo`lgan tirbandlik   tufayli haydovchi kesishmada 
to`xtashga majbur bo`ladigan hollarda; 


 
96 
-  agar  ko`rinish  chegarasidagi  masofada  kesishmaga  poezd  (lokomotiv, 
drezina) yaqinlashib kelayotgan bo`lsa. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish