«Universiada — 2002» sport o‘yinlari ishtirokchilariga
Aziz o‘g‘il-qizlarim!
Sizlarning barchangizni qadimiy Buxoro shahrida bunyod etilgan mana shu
zamonaviy va muhtasham sport majmuida O‘zbekiston talaba yoshlarining
«Universiada — 2002» musobaqalarining tantanali ochilishi munosabati bilan chin
qalbimdan tabriklash menga alohida mamnuniyat baxsh etadi.
Mamlakatimizda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu universiada nainki uning
qatnashchilari, balki butun xalqirniz, avalambor, yoshlarimiz hayotida yorqin iz
qoldiradigan muhim bir voqeadir.
Bugungi kunda Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, farovon hayotga erishish,
xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashdek ezgu maqsadlaiga etish yo‘lida biz
tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lmish yoshlarimizga beqiyos orzu-umidlar bilan-
qaraymiz.
Biz uchun davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ustuvor vazifa —nafaqat
ma’naviy etuk, zukko va bilimdon, shu bilan birga sport va kurash maydonlarida
toblangan, qiyinchiliklarni engishga qodir, iroda va e’tiqodi baquvat, bellashuvlarda
chiniqqan mard farzandlarni tarbiyalash — bu bir-birini to‘ldiradigan, bir-biridan
ajralmas yagona maqsad bo‘lishi darkor.
Jismoniy tarbiya va sport yurtimizning har qaysi shahar va qishlog‘iga, har bir
xonadonga kirib borishiga erishish, shu asosda hayotimizda sog‘lom turmush tarzini
qaror toptirish bizning olijanob orzu-intilishlarimizning uzviy bir qismiga aylanishi
zarur.
Shu ma’noda, «Umid nihollari», “Barkamol avlod” va «Universiada» sport
o‘yinlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichdan iborat yaxlit tizimning amalga oshirilishi
ana shu yo‘lda qilayotgan salmoqli ishlarimizning yaqqol namoyoni, desak, hech
qanday xato bo‘lmaydi.
26
Bu tizimning yuqori bosqichi bo‘lgan universiada, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston
yoshlarining o‘ziga xos sport olimpiadasidir.
Mana shu unutilmas daqiqalarda siz — butun borlig‘idan kuch-g‘ayrat yog‘ilib
turgan sog‘lom va navqiron yoshlarimizning ochiq chehrangizga boqib, ushbu
muazzam, zamonaviy stadionda sizlarning ming-minglab tengdoshlaringizni, sizlarga
katta havas va umid bilan qaratayotgan barcha o‘g‘il-qizlarimizni ko‘rgandek
bo‘laman va bunda ko‘pchilik qatori mening yuragim quvonch va g‘uruiga to‘lishini
izhor etmoqchiman.
Ertangi umidimiz, iftixorimiz bo‘lgan siz kabi yoshlarni voyaga etkazgan ota-
onalaringizga, hayotga yo‘llanma berayotgan ustoz-murabbiylaringizga samimiy
minnatdorlik bildiraman va sizlarga qarata yana shuni aytmoqchimanki, bugun
hayotga qadam qo‘yar ekansiz belni qattiq bog‘lab, kurash maydoniga chiqayotgan
ekansiz, oldingizga qo‘ygan marralaringiz doimo baland va yuksak bo‘lsin, irodangiz
baquvat, ishonchingiz mustahkam bo‘lsin.
Shuni unutmangki, sizlarning ortingizda har qarich tuprog‘i mo‘tabar
Vataningiz, bag‘rikeng, matonat va qudrat sohibi bo‘lmish xalqingiz bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |