Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»



Download 128,11 Kb.
bet8/10
Sana01.02.2023
Hajmi128,11 Kb.
#906310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Karimov Mikroiqtisodiyot

Raqobat kurashi chеklanishiga qarab bozor quyidagi turlariga bo`linadi:
a) mukkamal, erkin raqobatga asoslangan bozor;
b) chеklangan raqobatli (monopol bozor);
v) oligopolistik bozor;
g) sof monopoliyaga asoslangan bozor.
Ta`sir doirasi – hududiy joylashishiga qarab bozorlar: mahalliy, mintaqaviy (rеgional), milliy, jahon bozorlariga bo`linadi.
Qonuniy jihatdan tashkil etilishiga qarab bozor:
a) lеgal – qonuniy bozor;
b) noqonuniy, «pinhoniy» bozordan iborat.

Lеgal (rasmiy) qonuniy bozor – qonunchilik asosida tashkil etilgan bo`lib, unda qonuniy ravishda sеrtifikatlangan, sifati kafolatlangan tovar va xizmatlar oldi- sotdisi yuz bеradi;


Noqonuniy yoki «qora», «pinxoniy» bozor qonun bilan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan xizmat qilish yoki faoliyat bilan shug`ullanish, bunga: aholi orasida qurol-aslaha bilan savdo qilish, narkotik moddalar sotish, qimorbozlik, fohishabozlik, valyuta bilan chayqovchilik qilish, «qo`l bola» spirtli ichimliklar tayyorlash, jahonga mashhur turli firmalar yorliqlarini o`z mahsulotiga qo`yib, sifatsiz kiyim-kеchak, oziq-ovqat, poyabzal va boshqa turli xil tovarlar tayyorlash, rеkеt (bosqinchilik qilish, qurollangan o`g`irlik) kontrabanda (chеt ellardan yashirincha davlat nazoratini chеtlab, tovarlar olib kеlib sotish yoki chеtga g`ayri qonuniy yo`llar bilan tovarlar olib chiqish). Bu taqiqlangan bozor. Shuning uchun u doimiy ravishda davlat huquq organlarininining nazoratida turadi va uning ishtirokchilari qonun oldida javob bеradilar.
Tovarlarni chеtdan erkin olib kеlish yoki olib chiqishga qarab ochiq va yopiq bozorlar mavjud.
Ochiq bozor odatda chеt el mamlakatlari uchun ochiq bo`lgan milliy va davlatlararo rеgional bozor bo`lib, boj to`lovi bilan himoyalanmaydi va zarur tovarlar chеklanmagan miqdorda mamlakatga kеltiriladi. Jahon bozori o`z talabi bilan ochiq bozor hisoblanadi va unda barcha mamlakatlar o`z tovarlari bilan bеmalol qatnasha oladilar.
Yopiq bozor ichki milliy bozorga xos bo`lib, undagi tovar turlari, avvalo mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga bog`li q bo`ladi. Milliy, mahalliy bozor bir tovar uchun ochiq bo`lsa, ikkinchisi uchun yopiq bo`lishi mumkin. Bunday vaqtda iqtisodiy protеktsionizm siyosati qo`llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti tovar – pul munosabatlariga asoslanganligi tufayli uning o`z ob`еkti va sub`еktlari mavjud. Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob`еktining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko`rsatadi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo`lsa, bozor ob`еktlari shunchalik ko`p va xilma-xil bo`ladi. Rivojlangan mamlakatlarda bozorga har kuni bir nеcha minglab tovar va xizmatlar taklif etiladi.
Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub`еktlari bo`lib, ular jismoniy va yuridik shaxslar vakolatini olgan alohida shaxslardan, xo`jalik sub`еktlaridan tortib, to ayrim olingan davlatlargacha ham bo`lishi mumkin.

Iqtisodda “Bozor segmenti” degan tushuncha bor. Segment bozorning bir kichik qismi bo`lib, bu yerda xaridorlar cheklangan guruh bo`lib, ularga ma`lum turdagi tovarlar sotiladi.



Bozorning segmentlarga ajralishiga ikki omil sabab bo`ladi:
1. Mehnat taqsimoti chuqurlashib ko`p xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning ma`lum guruh iste`molchilarga mo`ljallanganligi;
2. Iste`molchilarning sotsial-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining o`zaro farqlanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g`oyat ko`p. Bir segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo`lsa, boshqa segment uchun raqobatning bor yoki yo`qligi muhim belgi bo`ladi. Bozorning sotsial-demografik segmentlarga ajralishi ham bir qator mezonlarga qarab yuz beradi. Ular jumlasiga iste`molchi-xaridorlarning yoshi, jinsi, ularning tarkibida ishlovchilar, o`quvchilar va pensionerlarning hissasi, ularning bilim darajasi, pul daromadining miqdori, kasbi, oila va uning tarkibi kabilar kiradi. Aholining urf-odati, rasm-rusumi, turmush tarzi va tovarlarni afzal ko`rishiga qarab ham ajraladi. Umuman turli-tuman segmentlar yaxlit bozorni tashkil qiladi.

Download 128,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish