3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
Istiqlol
sharofati
bilan
tariximizni,
boy
o‘tmishimizni ilmiy, xolisona tarzda bayon qilish imkoniyatini ko‘lga kiritdik.
Mustaqillik yillarida tarix masalasiga bo‘lgan e’tibor davlat darajasiga ko‘tarildi.
Xususan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1998 yil iyun oyida bir guruh
olimlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi» 1998 yil 27 iyul qarorida va Birinchi
Prezidentimizning tarixiy o‘tmishimizni o‘rganish muammolariga bag‘ishlangan
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarida hamda so‘nggi paytlardagi ko‘pgina
chiqishlarida o‘zbek xalqining tarixini ilmiy, haqqoniy tarzda bayon qilish, tarixiy
tadqiqotlarga keng ko‘lamda yo‘l ochib berish, madaniy merosimizni asrab –
avaylash, milliy mafkura g‘oyalarini rivojlantirib targ‘ib etish va boshqa ko‘plab
muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi
1
.
XX asr davomida etnologiya fanida boy empirik va nazariy materiallar
yig‘ildi. O‘tgan asrning birinchi yarmida bajarilgan akademik tadqiqotlarda
ko‘proq o‘tmishga aylanayotgan an’anaviy urf-odatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yozib olishga diqqat e’tibor qaratilgan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab fandagi mavjud vaziyat batamom o‘zgardi va etnografik materiallarning
amaliy ahamiyati oshdi. Hozirda etnologiya fanidan nafaqat siyosiy, iqtisodiy va
ijtimoiy muammolarni yechishda, balki komunikatsiya tizimi, xalqaro savdo,
diplomatiya va boshqa qator sohalarda ham foydalanilmoqda.
So‘nggi yillarda jahon hamjamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan
O‘zbekistonda ham jamiyat hayotidagi tub burilishlar va milliy tafakkurdagi
o‘zgarishlar tufayli o‘zbek xalki etnologiyasiga qiziqish yanada kuchaydi.
Ayniqsa, bu borada milliy davlatchilikning mahalliy boshqaruv usullari, o‘zbek
xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi muhim muammolar bilan birga an’anaviy va
zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, tarixiy-etnografik mintaqalar etnografiyasi
1
Қаранг. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ.-Тошкент: Шарқ, 1998.
4
hamda turli hududlarga xos etnolokal an’analarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator
ilmiy izlanishlar amalga oshirilmokda. Qolaversa, sohada bajarilayotgan
tadqiqotlar ham xajm, ham mazmun-mohiyat jihatidan boyib borishining asosiy
sabablaridan biri - bu mustaqillik yillarida o‘tmish tarix va milliy qadriyatlar
hamda an’analarga bo‘lgan kiziqishning keskin ortganligidan, deb aytish mumkin.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli
mamlakat bo‘lgani bois, nafaqat o‘zbek xalqi, balki mamlakatimiz hududida
yashayotgan boshka xalqlarning etnomadaniy va ijtimoiy-diniy yaqinligi
millatlararo etnomadaniy muloqotlarni tarixiy-etnografik aspektda o‘rganish
dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasining Tarix instituti Etnologiya bo‘limi mutaxassislari va
Respublikamizning boshqa etnolog olimlari tomonidan keyingi yillarda qator
tadqiqotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz etnologlari tomonidan bajarilayotgan
ilmiy izlanishlar nafaqat mazmun va mohiyati
bilan, balki uni bajarishdagi nazariy –
metodologik jihatdan yondashuvlar xam o‘zgarganligi yaqqol sezilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: