O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


 - Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoda etno-



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.06.2021
Hajmi0,62 Mb.
#72379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ozbek xonliklari davridagi etnomadaniy jarayonlar

2.2 - Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoda etno-

madaniy o’zgarishlar. 

 

O‘lkada  Rossiya  savdo  -  sotiq  burjuaziyasining  o‘lka  iqtisodiyotini  o‘z 



manfaatlariga  bo‘ysundirilishiga  qaramay,  Turkiston  feodal  biqiqlik  va  g‘aflat 

uyqusidan  uyg‘onib,  o‘lkada  ma’rifiy,  siyosiy  va  milliy  taraqqiyotga  intilish 

kayfiyati  boshlandi.  Milliy  burjuaziya  va  uning  ilg‘or  ziyolilar  qatlami  -  jadidlar 

tarix  maydoniga  chiqsi.  Ular  Turkistondagi  sotsial  -  iqtisodiy  tub  o‘zgarishlarni 

kuzatib  bordi  va  bu  jarayonlar  tepasida  turishga  intildi.  Jadidlar  keng  xalq 

ommasini  ma’rifatli  qilmaguncha  jamiyat  hayotida  biror  o‘zgarish  qilish  mumkin 

emasligini birinchilar qatorida tushunib yetgan ijtimoiy harakatning tepasida turdi 

va  bu ishlarda  namuna  bo‘lishlik  millatga  xos  fazilat deb  bildilar.  Shuning  uchun 

ular  joylarda  maktablar  ochish,  unga  keng  xalq  ommasini  tortish  zarurligini 

tushundilar. 

Turkistonda  yangi  usul  (jadid)  maktablarini  tashkil  etishda  Rossiya 

musulmon  maktablarining  buyuk  islohotchisi  Ismoil  Gaspirinskiy  g‘oyasi  asos 

bo‘ldi. U Bog‘chasaroyda eski qiroat o‘qish usulidan farq qiluvchi, darslarni yengil 

o‘zlashtirish usulida maktab ochib, o‘zi unda dars bergan, darsliklar yozgan. Uning 

bu  yangi  usul  maktabi  va  podsho  Rossiyasining  mustamlakachilik  siyosatini  fosh 

qiluvchi  asarlari  Turkiston  jadidlari  dunyoqarashiga  o‘zining  ijobiy  ta’sirini 

o‘tkazdi, Turkistonda ham yangi usul maktablarining ochilishiga turtki bo‘ldi. 



47 

 

XX  asr  boshida  Munavvarqori  Toshkentda  o‘z  hovlisida  maktab  ochadi. 



Uning «Namuna» maktabi Turkistonliklar ichida mashhur bo‘lib ketdi. Yangi usul 

maktablari  butun  Turkiston  bo‘ylab  keng  yoyildi.  Bundan  Rossiya  hukumati 

tashvishga  tushadi.  Chunki,  uning  talabalari  podsho  Rossiyasi  mustamlakachilik 

siyosatini  fosh  etuvchi  yangi  siyosiy  kuchga  aylanmoqda  edi.  Yangi  usul 

maktablarida  nafaqat  ma’rifatparvarlik  g‘oyalari,  balki  turkiy  -  islomiy  huquqiy 

merosni  millat  ichida  keng  yoyish,  hurfikrlilik,  taraqqiyot  va  milliy  istiqlol 

g‘oyalari  o‘qitilardi.  Jadidlar  XX  asr  boshida  mustamlakachilik  zaminini 

zaiflashtiruvchi kuch sifatida tarix sahnasiga chiqqan edi. 

Ma’rifiy  va  siyosiy  yo‘nalishdagi  bu  o‘zgarishlar  Rossiya  amaldorlarini 

tashvishga  solmay  qo‘ymas  edi.  Mustamlakachilarga  mahalliy  aholi  orasida  ham 

ishonchli  tayanch  kerak  edi.  Jadid  maktablari  qatorida  ma’muriyat  tomonidan 

mahalliy yoshlarni o‘qishga tortgan «rus - tuzem» maktablari tashkil etildi. Uning 

nomidan ham ma’lumki, «rus - tuzem» maktablarida mahalliy bolalar rus bolalari 

bilan  aralashib  birga  o‘qiydilar.  Mahalliy  bolalar  ikki  soat  aniq  fan  asoslarini  rus 

bolalari bilan  birga o‘qisa, qolgan  ikki  soatda  islom  shariati, Qur’on va  Hadisdan 

ruslardan alohida dars oladilar. Shunday qilib, mahalliy yoshlar har ikki maktabda 

ham dunyo bilan tanishadilar, ularning siyosiy ongi o‘sib boradi. 

XX asr boshida Ovro‘pa taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan edi. Osiyo esa, 

jumladan,  Turkiston  ilm  -  fan  amaliyoti  va  texnika  taraqqiyotida  orqada  qolib 

ketgandi.  Bu  hol  ilg‘or  fikrlovchi  ziyolilar  va  mahalliy  burjuaziyani  tashvishga 

solmoqda  edi.  Jaholat  uyqusidan  uyg‘onish  tarixiy  zaruriyatga  aylangan  edi. 

Jadidlar  bu  ahvolni  to‘g‘ri  tushungan  va  vaziyatni  to‘g‘ri  tahlil  etuvchi  ulkan 

ijtimoiy - siyosiy oqim, harakat edi. 

Turkistonda  jadidchilikni  rivojlanishida  Turkiyadagi  ijtimoiy-siyosiy  va 

madaniy-mafkuraviy  islohotlarning  ta’siri  ham  kuchli  bo‘lgan.  Jadidlar  o‘z 

g‘oyalarini tashviqot qilish, avom xalq ommasini ko‘zini ochish yo‘lida gazeta va 

jurnallar  hamda  bosmaxonalar  tashkil  qildilar  («Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi 



48 

 

Farg‘ona»,  «Utro  Ferganii»,  «Ferganskaya  jizn»,  «Turkestanskiy  kray», 



«Hurriyat», «Oyina», «Al-izoh» va boshqalar)

1



Jadidlarning  faoliyati  o‘lkada  aholini  milliy  uyg‘onishga  chorlab,  podsho 

Rossiyasi  mustamlakachilarini  tashvishga  solib  qo‘ydi.  O‘lkada  siyosiy  vaziyatni 

murakkablashtirib  yubordi.  Chunki,  birinchi  rus  inqilobidan  so‘ng  ko‘pgina 

xalqlar,  jumladan  Turkiston  aholisi  o‘rtasida  ham  siyosiy  va  madaniy  erkinlikka 

erishish  umidlari  paydo  bo‘lgan  edi.  Ammo,  dastlab  jadidlar  g‘oyaviy  qurol  qilib 

olgan panturkizm umumturk olamini amalda birlashtira olmasligi aniq bo‘lib qoldi. 

Siyosiy  kurashlar  rivojida  an’anaviy  turkchilikdan  voz  kechib,  turkiychilik 

(turkizm) g‘oyasini ilgari suruvchi yangi avlod maydonga chiqa boshladi. Bu yangi 

avlod  orasida  Turkiston  xalqlarining  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  birdamligi 

asosida rivojlantirishga qaratilgan bir qancha milliy davlatlarni tashkil etish g‘oyasi 

paydo  bo‘ldi.  Bu  g‘oya  tarafdorlari  Turkistonni  Turkiya  himoyasidagi  qandaydir 

umumturk  davlatning  tarkibida  emas,  balki  turkiy  elatlarning  o‘z  taqdirini  o‘zi 

belgilash asosida tashkil topgan hududiy muxtor federatsiya tarzida ko‘rdilar. 

O‘sha  kezlarda  bu  ta’limotga  mutlaqo  zid  boshqa  ta’limot  ham  bor  ediki, 

uning  asoschisi  atoqli  siyosiy  va  diniy  arbob  Jaloliddin  al  -  Afg‘oniy  edi.  Al  - 

Afg‘oniy  va  uning  safdoshlari  1888  yilda  Rossiya  musulmonlari  bilan 

uchrashuvlarida 

islomni 


isloh 

qilish, 


yangilash 

haqida 


emas, 

balki 


musulmonlarning  fan  va  texnika  yutuqlarini  egallashlari  hayotiy  zaruriyat 

ekanligini  ta’kidladilar.  Ular  Sharq  ham  G‘arb  bosib  o‘tgan  yo‘lni  bosib  o‘tadi, 

buning  uchun  islom  shiorlari  musulmonlar  dunyosida  jipslashtiruvchi  rolini 

o‘ynashlari  lozim,  degan  g‘oyalar  bilan  chiqadilar.  Shiorlar  musulmonlarni 

umumiy  dushman  -  mustamlakachilikka  qarshi  kurashda  birlikka  va  birdamlikka 

da’vat  etardi.  Ammo,  shu  bilan  birga,  bu  g‘oya  panislomizmni  targ‘ib  qiluvchi 

musulmon  xalqlarining  milliy  tafovutlarini  inkor  etib,  butun  jahon  demokratik 

teokratiyasi - «Imomat» g‘oyasini ham olg‘a surardi. 

Panturkizm  dastlab  panislomizmga  oshkora  qarshi  bo‘lmasa-da,  biroq, 

amalda  panislomizm  mafkurasi  teokratik  –  klerikal  -  reaksion  oqimlarni  vujudga 

                                                           

1

 Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 275. 




49 

 

kelishiga  yo‘l  ochayotgan,  musulmonlar  dunyosida  milliy  mafkuraning  paydo 



bo‘lishiga va milliy o‘zlikni anglashga g‘ov bo‘layotgan ta’limot ekanligi ma’lum 

bo‘lib  qoldi.  Hatto,  panturkizm  asoschilaridan  biri  Ziyo  Go‘kqalp  o‘zining 

«Turkchilik asoslari» nomli asarida panislomizm musulmon xalqlarda «milliy o‘z - 

o‘zini anglashga qarshilik ko‘rsatmokda, ularning taraqqiyotiga g‘ov bo‘lmoqda va 

shu  tariqa  ularning  mustaqil  millatlar  bo‘lishiga  xalaqit  bermoqda»  deb  ochiq 

yozadi.  Panislomistlar  g‘oyasi  ancha  tor  doirada,  ya’ni  Turkiston  ruhoniylari, 

mutaassib  ziyolilar,  savdo  burjuaziyasi  hamda  dehqonlar  o‘rtasida  ommalashgan 

edi. Umumturk g‘oyasiga Turkiston ziyolilari va burjuaziyasining ancha tor doirasi 

xayrixohlik  bildirar  edi.  Ammo,  turkizm  namoyandalari  Turkistonning  ijtimoiy 

hayot maydoniga madaniy - ma’rifiy harakat sifatida, ta’lim tizimini isloh qilishni 

maqsad qilib qo‘ygan jadidlar edi. 

Ular  safida  vujudga  kelayotgan  yosh  milliy  ziyolilar  namoyandalari, 

musulmon ruhoniylarining ilg‘or otryadi, savdogarlar, diniy maktab muallimlari va 

talabalar,  mayda  amaldorlar,  ilg‘or  noshirlar,  yozuvchi  va  jurnalistlar  edi. 

Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Abdurauf  Fitrat,  Sadriddin  Ayniy,  Abdulvohid 

Burxonov, Fayzulla Xo‘jaev, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jaev, Munavvarqori, 

Polvonniyoz  Hoji  Yusupov,  Tavallolar  jadidlarning  eng  taniqli  namoyandalari 

bo‘lib,  ular  o‘zlarini  «Taraqqiyparvarlar»  deb  ataganlar.  Ularning  ma’rifatchilik 

dasturida  tabiiy  fanlar  asoslari  o‘qitiladigan  maktablar  ochish,  gazeta  va  jurnallar 

nashr  etish,  xalkda  taraqqiyot,  ilm  sari  intilishni  uyg‘otish  va  ularning  barchasini 

insoniyat hayoti bilan bog‘lash amaliyoti yotar edi

1



Ilg‘or  mamlakatlar  ta’sirida  monarxiyaga  asoslangan  Buxoro  va  Xiva 

davlatlarida ham jamiyatni yangilash uchun islohotchilik harakati boshlanib ketdi. 

Bu harakat tepasida Buxoro va Xivaning demokratik ruxdagi yosh ziyolilari turar 

edi.  Biroq,  ular  (ya’ni  «yosh  buxoroliklar»,  «yosh  xivaliklar»)  Turkiston 

jadidlaridan  farqli  o‘laroq,  taktika  sohasida  mo‘’tadil  islohotlar  o‘tkazish 

tarafdorlari  bo‘lib,  ularning  pirovard  maqsadi  konstitutsion  monarxiya  edi.  Biroq, 

«yosh  buxoroliklar»  va  «yosh  xivaliklar»ning  ana  shu  o‘rtamiyona  talablari  ham 

                                                           

1

 Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 276. 




50 

 

qattiq  qarshilikka  uchraydi,  nihoyat  ular  o‘ta  maxfiy  ishlashga  o‘tib,  o‘z 



faoliyatlarini  davom  ettiradilar.  Monarxiya  tartibi  Buxoro  va  Xivada  kuchli  edi. 

Amir va xonlar, qabila sardorlari cheklanmagan hokimiyatga ega edilar. Musulmon 

ruhoniylari  monarxiya  tartibining  muqaddasligi  va  ilohiyligiga  ishonch 

tug‘dirishga  harakat  qilardilar.  Ammo,  «yosh  buxoroliklar»  va  «yosh  xivaliklar» 

xalq  orasida  tegishli  mavqega  ega  emasliklari  tufayli  chetdan,  ya’ni  Rossiya, 

Turkiston  general  -  gubernatorligi,  hatto,  rus  fuqarolaridan  yordam  so‘rashga 

majbur bo‘lganlar. 

   Podsho  Rossiyasining  Buxoro  va  Xiva  ustidan  yarim  asrlik  hukmronligi bu 

zamin iqtisodiyotiga rus kapitalining kirib kelishiga keng imkoniyatlar ochdi. O‘rta 

Osiyo  va  Zakaspiy  temir  yo‘lining  qurilishi  bu  jarayonni  yanada  tezlashtirdi. 

Buxoro va Xiva hududlarida ham rus kapitalining zavod va fabrikalari, banklari va 

savdo  firmalari  paydo  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga,  bu  zaminga  Rossiya  fuqarolari  - 

amaldorlar,  savdogarlar,  sanoatchilar,  ishchilar,  Rossiya  harbiy  gornizonlarining 

zobitlari,  askarlar,  xristian  ruhoniylari  kelib  o‘rnashib,  temir  yo‘l  yoqalarida  va 

daryo  pristanlarida  rus  qishloqlarini  tarkib  topishiga,  ko‘p  hollarda  u 

qishloqlarning shaharlarga aylanishiga olib keladi. Masalan, Yangi Buxoro, Yangi 

Chorjo‘y,  Kerki,  Yangi  Termiz,  Yangi  Urganch  va  boshqalar  shular  jumlasiga 

kiradi.  Bu  yangi  zamon  talablari  asosida  tarkib  topgan  shahar  va  shaharmonand 

qishloqlar  Buxoro  amirligi  va  Xiva  xonligi  hududlarida  tarkib  topgan  rus 

kapitalizmi  va  mustamlakachiligining  tayanchlari  edi.  Shunday  qilib,  yangilikka 

intilish,  an’anaviy  hayot  va  turmush  tarzidan  uzoqlashish  va  jahonda  yuz 

berayotgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  jarayonlarga  tortilish  nafaqat 

Turkistonda,  balki  asta  -  sekin  Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligida  ham  yuz  bera 

boshlagan. 

Shunday  qilib,  mustamlaka  Turkistonda,  shuningdek,  yarim  mustamlaka 

Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligida,  ayniqsa  Turkiston  harbiy  gubernasi  iqtisodiy 

va  siyosiy  hamda  etnomadaniy  hayotida  yuz  bergan  o‘zgarishlarning  barchasi 

ishlab  chiqarishda  individual  qo‘l  mehnatini  sindirdi,  mahsulot  ishlab 

chiqarishning qator jabhalarida tovar ishlab chiqarish ommaviy xarakter tusini oldi. 



51 

 

Bu  esa,  jamiyat  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotida  tub  o‘zgarishlar  yuz  berishiga  olib 



keldi.  Ammo,  O‘rta  Osiyo  iqtisodiy  hayotida  yuz  berayotgan  bu  o‘zgarishlar 

ajnabiy  mustamlakachilar  foydasiga  ishlar  edi.  Biroq,  mahalliy  aholi,  birinchi 

navbatda, ishbilarmon mulkdor tadbirkorlarimiz ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan bu 

o‘zgarishlar,  ularning  mafkuraviy  dunyosida  ham  tub  o‘zgarishlar  yuz  berishiga 

olib  keldi,  ya’ni  ular  orasida  yangilikka  intilish  kayfiyati  tug‘ildi,  keng  xalq 

ommasi  orasida  o‘zlikni  anglash  his  -  tuygulari  kuchayib,  milliy  burjuaziyaning 

vujudga  kelishiga  olib  keldi.  Ona  Vatan  va  uning  tabiati,  boyliklariga  munosabat 

o‘zgardi.

1

  Natijada  mahalliy  ishbilarmon  mulkdor  tadbirkorlar  hisobiga  milliy 



burjuaziyaning  ishlab  chiqarish  sanoat  korxona  egalari  paydo  bo‘ldi.  Biroq, 

mustamlakachilar  keng  xalq  ommasini,  hattoki  tug‘ilib  kelayotgan  milliy 

burjuaziyani  ham  iqtisodiy  va  siyosiy  haq  -  huquq  jihatidan  har  tomonlama  qisib 

qo‘ygan edi. 

Vaziyatdan  kelib  chiqib,  mahalliy  mulkdorlar  o‘z  farzandlari,  yaqinlari  va 

qo‘l  ostidagi  tirishqoq  xizmatchilarini  xorijiy  mamlakatlarga  fan  va  texnika 

yangiliklari  bilan  tanishtirish  maqsadida  o‘qishga  yubora  boshladilar.  Milliy 

burjuaziyaning bu tashabbusi oqibatida Turkistonda taraqkiyparvarlar (jadidchilik) 

harakati  avj  oldi.  Ularning  faoliyati  bilan  bog‘liq  barcha  sa’y  -  harakatlar  (xalq 

ommasini savodxon qilish, ular orasida ma’rifat tarqatish, siyosiy hokimiyat uchun 

kurash va boshqalar) uzoq asrlar davomida feodal biqiqlikda yashab kelgan o‘zbek 

xalqining  milliy  uyg‘onishi,  o‘zlikni  anglash  his  -  tuyg‘ularining  mavj  urishi, 

millat bo‘lib uyushishi sari intilishi bilan bog‘liq edi. 

 

 



 

 

 



 

 

                                                           



1

 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 520. 




52 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Xulosa 

Har bir elat ma’lum tarixiy davrda shakllangan. Shu davr ichida bir hududda 

yashovchi elatlar yoki ularning ayrim guruxlari bir - birlari bilan doimiy iqtisodiy 

va  madaniy  jihatdan  yaqinlashadilar.  Ularning  o‘zaro  yaqinlashish  jarayoni 

ko‘pincha  bir  tilda  gapiruvchi  qavm  -  qarindosh,  yurtdoshlar  orasida  mavjud 

bo‘lgan.  Etnik  jarayonga  shu  xududda  qadimdan  yashab  kelgan  yoki  boshqa 

viloyat,  mamlakatlardan  ko‘chib  kelgan  (migrantlar)  etnoslar  yoki  ayrim  etnik 

guruxlar ham faol qatnashishlari mumkin bo‘lgan. 

Etnoslarning  o‘zaro  yaqinlashish  jarayonida  ma’lum  bir  etnik  guruh  yoki 

komponent  yetakchi  rol  o‘ynaydi;  boshqa  etnik  guruxlar  shu  yetakchi  guruh 

atrofida  bo‘lib,  u  bilan  til  va  madaniyat  jihatidan  yaqinlashib,  jipslashib  boradi. 

Ammo  etnoslarning  yaqinlashishi,  ularning  jipslashishi  hamma  vaqt  ham 

muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Mamlakatda sodir bo‘lgan siyosiy vaziyatlar, ichki 

nizolar,  o‘zaro  kurashlar  etnoslarni  bir  -  birlari  bilan  yaqinlashishi,  jipslashish 

(konsolidatsiya)  jarayonini  nihoyasiga  yetmasdan  tarqalib  ketish  hollari  ham 

tarixda oz bo‘lmagan. 

Movarounnahrga ko‘chib kelgan  etnoslar  bir necha  yillar davomida  (yarim 

ko‘chmanchilik va yarim o‘troqlikka xos an’anaviy hayotlarini davom qilib) qabila 

va urug‘larga bo‘linishi tartibini saqlab qoladilar. Urug‘ o‘z navbatida bir qancha 



53 

 

katta  va  kichik  oilalardan  tashqil  topgan.  Qavm  -  qarindoshlik  guruxlari  bir  yoki 



bir necha ovulni tashqil qilgan. 

Qabila  urug‘chilik  tartibi  hamma  vaqt  ham  bir  xilda,  bir  tartibda  saqlanib 

qolmagan.  Tartib  vaqt  -  vaqti  bilan  buzulib,  ayrim  etnik  guruxlar  qabila  va  urug‘ 

tarkibidan  chiqib  boshqa  qabila  va  urug‘larga  qo‘shilib  ketish  hollari  ham  oz 

bo‘lmagan.  Bu  jarayon,  o‘z  navbatida,  jamoa  hayotida  mavjud  o‘zaro 

munosabatlarni qavm - qarindoshchilik asosida emas, qo‘ni - qo‘shnichilik asosida 

olib borilishni kuchaytirgan. 

Ko‘chib kelgan qabilalar bilan Movarounnahrning turg‘un aholisi o‘rtasidagi 

farq  sezilarli  darajada  saqlanib  qolgan  edi.  Qabilalarning  moddiy  hayotida, 

xo‘jaligida  va  turmush  tarzlarida  o‘tmishdagi  ko‘chmanchilik  asoratlari  sezilarli 

darajada bo‘lgan. Ular islom dinini qabul qilgan bo‘lsalar ham, lekin islomgacha 

bo‘lgan diniy e’tiqod izlari hanuzgacha sezilarli darajada saqlanib qolgan edi. 

Olimning fikricha, faqat vohalardan uzoqda, cho‘llarda yashovchi chorvador 

qabilalarning  tilida  o‘zga  so‘zlar  (so‘g‘d  -  tojik,  arab  va  boshqa)  aralashmagan 

bo‘lishi  mumkin.  Vohalarda  va  qishloqlarda  yashovchi  barcha  etnoslarning  tilida 

o‘zgarish katta bo‘lgan. 

Mazkur  ishda,  asosan  Movarounnahrda  va  Xorazmda  taraqqiy  etgan 

madaniyatning ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga bo‘lgan ta’sir doirasini 

aniqlash,  ularning  madaniy  darajasi  o‘sib,  o‘troq  aholining  taraqqiy  etgan 

madaniyatiga  yaqinlashib  borishi  va  nihoyat  har  ikkala  etnik  komponentlarning 

turg‘un  turkiyzabon  aholi  va  ko‘chmanchi,  yarim  ko‘chmanchi,  yarim  o‘troq 

chorvadorlarni  birlashishi  tufayli  elat  bo‘lib  shakllanish  jarayonini  tezlashishi  va 

boshqa masalalar yoritildi. 

Ma’lumki, ilk o‘rta asrning oxirlarida Movarounnahrda va Xorazmda shahar 

va qishloq madaniyati oldingi asrlarga nisbatan birmuncha taraqqiy etgan. 

Voha atroflaridagi cho‘llarda yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi 

qabilalarga  turg‘un  aholining  ta’siri  madaniy  jihatdan  kuchli  bo‘lgan.  Turg‘un 

aholining ta’siri natijasida IX—X asrlarda chorvador qabilalarning salmoqli qismi 

o‘troqlashgan edi. 



54 

 

Shahar aholisining ta’siri bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholida 



ham  ilm  fanga  intilish  ishtiyoqi  tug‘iladi;  yuqori  tabaqadagi  oilalarda  o‘g‘illarni 

o‘qitish, savodli qilish tuyg‘usi kuchaygan edi. 

Movarounnahr  va  Xorazm  turg‘un  aholining  madaniy  ta’siri  Sirdaryo 

sohillarida,  Yettisuvda  va  Sharqiy  Turkistonda  yashovchi  turkiy  aholiga  ham 

sezilarli  darajada  bo‘lgan.  Bularning  ta’sirida  Sirdaryo  sohillaridan  Yettisuvda, 

Sharqiy Turkistonda yashovchi axolini salmoqdi qismi o‘troqlashgan. Islom dinini 

qabul qilgan, madaniy taraqqiyotga erishgan. 

Xullas  Markaziy  Osiyo  xududlarida  yashovchi  o‘troq  aholi  bilan 

ko‘chmanchi  qabilalar  o‘rtasidagi  madaniy  va  ijtimoiy  aloqalar  natijasida  etnik 

jarayon  bir  muncha  jadallashib  kolgan  edi.  Natijada  IX—XII  asrlarda  chorvador 

ko‘chmanchilarning  qabilaviy  tuzumida,  turmush  tarzida  jiddiy  o‘zgarishlar  ro‘y 

bergan. Ko‘chmanchi etnoslarda turg‘un hayot kechirishga intilish kuchayadi. Bu 

jarayon  o‘z  navbatida  ko‘chmanchilarning  tabaqalanishini  jadallashtiradi;  oldingi 

kabila uyushmalari va qabila ittifoqlari buziladi. Etnomadaniy jarayon jadallashuvi 

o‘zbek elatini xalq sifatida shakillanishiga olib keldi va keyingi davrlarda esa uni 

yanada jipslashuviga ta’sir ko‘rsatadi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


55 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish