OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi
«Mikroiqtisodiyot» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Mehnat bozorining turlari va tuzilishi
Bajardi: 3 – kurs 395-19 - guruh « Iqtisodiyot » yoʻnalishi talabasi
Turdiyev Nurmuxammad
Tekshirdi: __________________________________
Baho _______________________________________
Andijon – 2022
Mavzu: Mehnat bozorining turlari va tuzilishi
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
2. Mehnat bozorining turlari va modellari
3.Mehnat bozorining segmentlarga bo’linishi va undagi moslashuvchanlik
Glossary
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`Yxati
KIRISH
«Maktablarning 10−11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi. Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi, o‘ylaymanki, ushbu tashabbusni barcha ota-onalar qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki, kasb-hunar egallagan inson birovga muhtoj bo‘lmaydi, buzg‘unchi g‘oyalarga berilmaydi, hayotda albatta o‘z yo‘lini topadi».1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Mavzuning dolzabligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tashkil etilganligi aholining ish bilan bandligi masalasi davlat siyosatining muhim ustuvor ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.
Mehnat institutiga vazirlikning “aql markazi” sifatida mehnat bozori, mehnat muhofazasi, mehnat migratsiyasi, milliy malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va soha oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish vazifasi qo‘yilganligi vazirlik va Institutga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu vazifani hal etish esa mehnat sohasida amaliy tajribaga ega ilmiy darajali, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni va mazkur sohada amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarning natijalarini amaliyotga jadal joriy etilishini talab qiladi.
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |