Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish»



Download 147 Kb.
bet1/9
Sana17.07.2022
Hajmi147 Kb.
#815937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
24-mavzu Mehnat bozorining turlari va tuzilishi


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


«Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish» kafedrasi


«Mikroiqtisodiyot» fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Mehnat bozorining turlari va tuzilishi


Bajardi: 3 – kurs 395-19 - guruh « Iqtisodiyot » yoʻnalishi talabasi


Turdiyev Nurmuxammad


Tekshirdi: __________________________________


Baho _______________________________________
Andijon – 2022
Mavzu: Mehnat bozorining turlari va tuzilishi
Reja:


Kirish
Asosiy qism
1. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi
2. Mehnat bozorining turlari va modellari
3.Mehnat bozorining segmentlarga bo’linishi va undagi moslashuvchanlik
Glossary
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`Yxati

KIRISH
«Maktablarning 10−11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi. Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi, o‘ylaymanki, ushbu tashabbusni barcha ota-onalar qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki, kasb-hunar egallagan inson birovga muhtoj bo‘lmaydi, buzg‘unchi g‘oyalarga berilmaydi, hayotda albatta o‘z yo‘lini topadi».1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev


Mavzuning dolzabligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tashkil etilganligi aholining ish bilan bandligi masalasi davlat siyosatining muhim ustuvor ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.
Mehnat institutiga vazirlikning “aql markazi” sifatida mehnat bozori, mehnat muhofazasi, mehnat migratsiyasi, milliy malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va soha oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish vazifasi qo‘yilganligi vazirlik va Institutga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu vazifani hal etish esa mehnat sohasida amaliy tajribaga ega ilmiy darajali, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni va mazkur sohada amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarning natijalarini amaliyotga jadal joriy etilishini talab qiladi.
Hozirgi vaqtda o‘tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

Download 147 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish