Kurs ishiuning maqsad va vazifasi: Kurs ishida qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
Mehnat bozorining ishlash mexanizmi, mehnat bozorining turlari va modellari, mehnat bozorining segmentlarga bo’linishi va undagi moslashuvchanlik uning xususiyatlari nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish va uning muhim jihatlarini yoritib berish;
1. MEHNAT BOZORINING ISHLASH MEXANIZMI
Mehnat talabining mehnat narxiga bog’liqligini ko’rib chiqamiz. Faraz qilaylik, birorta sanoat tarmog’ida ish haqi oshdi. Shu bilan birga texnologiya, foydalaniladigan uskuna va boshqa omillar o’zgarmay qoldi. Natijada mahsulot tannarxi va ushbu mahsulot narxi oshadi. Xaridor narxi yuqori mahsulotni kamroq sotib oladi, mahsulot ishlab chiqaruvchi esa uni ishlab chiqarishni, binobarin, xodimlarni qisqartirishga majbur bo’ladi. Shu tariqa, ish haqini oshirish natijasida (boshqa shart-sharoitlarning barchasi birdek teng bo’lgan taqdirda) ish bilan bandlik qisqaradi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi ko’lam samarasi deyiladi.
Boshqacha yo’l tutilgan bo’lishi ham mumkin: ishlab chiqaruvchilar ish haqini oshirgach, kapital sig’imi yuqoriroq bo’lgan ishlab chiqarishni, resurs tejaydigan texnologiyalarni qo’llanish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llarini qidiradilar, bularni qo’llanish natijasida ham xodimlarning ish bilan bandligi kamayadi. Ish bilan bandlikning bunday qisqarishi o’rnini bosish samarasi deyiladi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kapital ishchi kuchining o’rniga o’tadi.
Ish haqi va ish bilan bandlik o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik talabning egri chizig’i bilan ko’rsatib berilishi mumkin (3.1-chizma). 3.1-chizmadan ko’rinib turganidek, talabning egri chizig’i pasayadigan chiziq, ya’ni u ish haqi oshgan sayin mehnatga talab kamayishini ko’rsatadi. Ushbu egri chiziq ishchi kuchi qiymati o’zgarib, talabga ta’sir etadigan boshqa omillar o’zgarmagan taqdirda xodimlar soni qay tariqa o’zgarishini ko’rsatadi, shu bilan birga, ish haqi o’zgarganda mehnatga talab egri chiziq bo’ylab boradi.
1 -chizma. Mehnatga talab egri chizig’i.
Hozirga qadar biz talab mexanizmini ko’rib chiqishimizda boshqa omillar ta’sirini e’tiborga olganimiz yo’q. Endi ular talabning o’zgarishiga qanday ta’sir etishini kuzatamiz. Aytaylik, mahsulotga talab oshmoqda, boshqa omillar esa bunda o’zgarayotgani yo’q.
Bunda shu narsa ayon bo’ladiki, ishlab chiqarish darajasi oshib boradi va ish haqi stavkasi qanday bo’lishidan qat’i nazar ko’lam samarasi mehnatga talabni oshiradi. Mazkur holda o’rnini bosish samarasi yuzaga kelmaydi, chunki mehnat va kapital narxlari o’zgarmaydi. Ro’y bergan o’zgarish umuman o’ngga suriladigan mehnat talabi egri chizig’i yordamida ko’rsatilishi mumkin (3.2.-chizma). Ushbu surilish ehtimoliy ish haqi stavkasi qancha bo’lishidan qat’i nazar mehnatga talab qilinadigan xodimlar sonining oshib borishini ko’rsatadi.
2-chizma. Mehnatga talab egri chizig’ining ishlab chiqarish hajmi
ortishi tufayli siljishi.
B asharti, kapital narxi o’zgarishi ro’y bersa, ikkita qarama-qarshi samara yuzaga keladi. Bir tomondan, ko’lam samarasi (kapital narxi va tannarx pasayadi, ishlab chiqarish yuksalishi rag’batlantiriladi va ish bilan bandlik darajasi oshadi) mehnatga talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi. Boshqa tomondan, siljish samarasi (kapital sig’imi ko’proq texnologiyalardan foydalaniladi, ishchi kuchiga ehtiyoj kamayadi) talab egri chizig’ini chapga siljitadi. Kapital narxi oshishi mehnatga talab borasida ham xuddi shunday nomuayyanlikka olib keladi, lekin mazkur holda ko’lam samarasi mehnatga talab egri chizig’ini chapga, o’rnini bosish samarasini esa o’ngga siljitadi. Shunday qilib, iqtisodiy nazariya kapital narxining modifikasiyasi mehnatga talabni qanday o’zgartiradi, degan savolga mutlaqo aniq javob bermaydi.
3-chizma. Mehnat taklifi egri chizig’i.
Q uyidagicha xulosa chiqarish mumkin: agar ish haqi o’zgarsa, mehnatga talab egri chiziq bo’ylab yuqoriga yoki pastga qarab yurishi, mahsulotga talab, ishlab chiqarish hajmlari o’zgarishi, kapital narxi kabi boshqa omillar amal qilsa, mehnatga talab egri chizig’ining o’zi siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |