O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h


 Kurash turlari texnika va taktikasiga o‘rgatish



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

2.4. Kurash turlari texnika va taktikasiga o‘rgatish 
Kurashchilarning texnik tayyorgarligida oddiydan murakkabga intilish uslubi 
samarali 
hisoblanadi. 
YOsh 
kurashchilar 
dastlabki 
sport 
tayyorgarlik 
mashg‘ulotlarida kurashchiga xos bo‘lgan turish holatlari, kurashchining gilam 
bo‘ylab yurib, yugurib, sakrab, qadamlab harakatlanishlari, harakatlarni bajarishda 
egilish, o‘tirish, qayrilish, aylanish harakatlarni o‘rganadilar. Bu harakatlar 
takomilashib borishi bilan kurashchilarning uloqtirish harakatlari shakllarib 
o‘rganib boriladi. Uloqtirish va kurash tushish usullari yosh kurashchilar maxorati 
va o‘rganish malakasiga muvofiq murakkablashtirilib, takomillashtirib boriladi.
Kurashchilar dastlabki sport tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bajara bilish 
tamoyili bilan bir qatorda xususiylashtirish tamoyili talablariga amal qilish ham 
muhim ahamiyatga ega. Xususiylashtirish tamoyiliga muvofiq kurash harakatlari 
va usullarning ba’zi bir shakllari kurashchining jismoniy qobiliyati, shaxsiy 
xususiyatlari hamda tana tuzilishi ko‘rsatkichlariga muvofiq xususiylashtirilishi 
ya’ni shaklan o‘zagartilishi va kurashchi harakatlariga muvofiqlashtirilishi 
mumkin. Bu tamoyilga binoan kurash usullari shaklan o‘zgarsada uning maqsadi 
raqibni yiqitish va usulni ijobiy yakunlash jarayoni o‘zgarmay qoladi. 
SHuningdek 
kurashchilarning 
texnik 
va 
taktik 
maxoratlarini 
takomillashtirishda ta’lim va tarbiyaning izchillilik va ketma ketlilik tamoyili ham 


49 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. Mashg‘ulotlarga muntazam qatnashish, 
usullar texnikasi va taktikasini maxorat bilan egallash, kurash harakatlarini 
bajarishdagi xatolar va kamchiliklarni uslubiy ko‘rsatmalar yordamida muntazam 
bartaraf etib borish, jismoniy yuklamalardan texnik va taktik maxoratni ortirib 
borishda samarali foydalanish kurashchilar ta’lim va tarbiya tamoyillarining 
mazmuni bo‘lib sanaladi. 
Kurashchilar hujum va himoya taktikalarga o‘rgatishda, ularda g‘alabaga 
bo‘lgan ishonch va tirishqoqlikni tarbiyalashda ma’naviy ruhiy iroda 
tayyorgarligining ahamiyati katta bo‘lib hisoblanadi. Ruhiy iroda tarbiya 
jarayonlarida axloqiy sifatlardan mardlik, dovyuraklik, qat’iyatlilik va puxtalik 
bilan bir qatorda bellashuv “sarosimasi” kabi salbiy ko‘rinishlar barham etiladi. 
Bellashuv “sarosimasi” hosil bo‘lishi Kurashchining tayanch harakat apparati, 
muskul qo‘zg‘olishini tormozlaydi, markaziy nerv tizimida salbiy qo‘zg‘olish 
kuchayib ketadi. YUrak urishi tezlashib, sovuq ter chiqadi, oyoqlar qaltiraydi, ko‘z 
o‘ngi qorong‘ulashadi, ba’zan ovozlar eshitilishi ham pasayib ketadi. Bu holatda 
bellashuvda kurashchi usullarni to‘laqonli bajara olmaydi, etarli darajada 
himoyalana olmaydi, qarshi hujumlar qo‘llay olmaydi va natijada mag‘lubiyatga 
uchraydi. Bunday salbiy holatlar dastlabki tayyorgarlik guruh kurashchilari 
o‘rtasida ko‘p uchrashi mumkin.
SHu bilan birga bu holatga tushishda kurashchining ruhiy xususiyatlarining 
shakllanish darajasi ham sabab bo‘ladi. Guruh a’zolari o‘rtasida muntazam 
bellashuvlar o‘tkazib borish, bellashuv “sarosimasi”ning yo‘qolib borishini 
ta’minlaydi. SHu bilan birga kurashchining musobaqalarda ishtirok etish 
malakalari ortib borishi bilan ham bellashuv “sarosimasi” barham topadi. 
Kurashchilarning ruhiy iroda tayyorgarligi musobaqa natijalariga keskin o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. SHunday kurashchilar borki guruh bellashuvlarida, ichki 
musobaqalarda muntazam mag‘lubiyatga uchraydilar, lekin ular safardagi 
musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishadilar. Buning aksi o‘laroq guruh va ichki 
musobaqalarda hamma raqiblaridan ustun kelgan kurashchilar ba’zan safardagi 
musobaqalarda 
mag‘lubiyatga uchraydilar. SHuning uchun murabbiylar 


50 
kurashchilarning texnik, taktik va jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etishda 
ularning ruhiy va ma’naviy iroda tayyorgarliklariga ham katta e’tibor qaratishlari 
kerak. Kurashchilarni sport tayyorgarliklarini takomillashtirishda, musobaqalarga 
tayyorgarliklarini tashkil etishda ruhshunoslardan tavsiyalar olish, ularning 
ko‘rsatmasiga muvofiq mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda kurashchilar shaxs 
xususiyatlariga muvofiq individual yondoshish kurashchilarni musobaqalarda 
muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlaydi. 
Kurash mashg‘ulotlarida kurashchilar texnik va taktik tayyorgarliklarini 
takomillashtirish hamda jismoniy fazilatlarini rivojlantirishni ta’lim va tarbiya 
usullari, ta’lim va tamoyillari asosida tashkil etilishi muhim. Ta’lim va tarbiya 
tamoyillari hamda uslublari kurashchilar tayyorlashning har bir bosqichida o‘z 
maqsad va vazifasiga ega bo‘ladi. Olimpiada zaxiralari tayyorlash bo‘lgan 
kurashchilar dastlabki sport tayyorgarlik bosqichida ta’lim va tarbiya tamoyillari 
hamda uslublarining maqsad va vazifasi yosh kurashchilarda kurash sportiga 
qiziqishlarini ortirish va jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborab 
bo‘ladi.
Mutaxassislik sport tayyorgarlik bosqichida ta’lim va tarbiya tamoyillari 
texnik va taktik tayyorgarlikni hamda ma’naviy ruhiy iroda tayyorgarlikni tashkil 
etishga qaratilgan bo‘ladi. YUqori malakali sportchilar tayyorgarliklarida esa 
ta’lim va tarbiya tamoyillari hamda uslublari sport maxoratini ortirishda va uslubiy 
va hakamlik tayyorgarliklarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish