O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet9/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Nazorat uchun savollar.

  1. Glikozidlar va ularning biokimyoviy tarkibi, xossalari va do­rivorlik xususiyatlarini ayting?

  2. Saponinlar, organik kislotalar, tanidlar, uglevodlar qanday moddalar?

  3. Flavonoidlar, uglevodlar va efir moyi arming biokimyoviy xu­susiyatlarini ayting?

  4. Zaytun va chakanda moyining farmakologik xususiyatlarini tushuntiring?


6-MAVZU: O’SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHILIK XUSUSIYATLARINI BIOLOGIK FAOL MODDALAR - OSHLOVCHI MODDALAR (TANIDLAR), UGLEVODLAR, KAROTINOIDLAR, MOYSIMON MODDALAR, SAPONINLAR, EFIR MOYLARIGA BOG’LIQLIGI.
Reja:

  1. Oshlovchi moddalar (tanidlar), uglevodlar, karotinoidlar tuzilishi va ularning xususiyatlari.

  2. Moylar va moysimon moddalar, saponinlar.

  3. Efir moylari va boshqalaning tuzilishi va ularning xususiyatlari.



Tayanch iboralar: oshlovchi moddalar (tanidlar), uglevodlar, karotinoidlar, moylar, moysimon moddalar, saponinlar, efir moylari, organik kislotalar, kamedlar.


Oshlovchi moddalar (tanidlar). O’simliklardan olinadigan yuqori molekulali murakkab organik birikmalar aralashmasi bo’lib, o’simliklarning hamma organlarida 70% gacha to’planishi mum­kin. Flayvonlaming xom terisini oshlash xususiyatiga ega bo’lib, ko’p atomli fenollar unumida tashkil topgan. Ular ra’noguldoshlar, dukkakdoshlar, qoraqatdoshlar, torondoshlar, qoraqayindoshlar, pistadoshlar va boshsa o’simlik oilalari vakillari tarkibida ko’p to’planadi, ayniqsa oshlovchi totim, xandon pista, tol, eman, toron, shovil kabi o’simliklar tarkibida ko’p bo’ladi.
Tanidlar amorf holidagi yuqori molekulyar fenol moddalar bo’lib, suvda, spirtda va sirka kislotaning etil efirida yaxshi hamda boshqa organik erituvchilarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalaming suvdagi eritmasi qo’ng’ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega kolloid eritma: preparatlari va ulami saqlovchi o’simliklardan tayyorlangan dorivor vositalar tibbiyotda me’da-ichak kasalliklarida (ich ketishi, kolit), og’iz va tomoq shilliq qavatlarining yallig’lanishi (stomatit, gingivit va boshqa) kasalliklarini, teri kuyganini, surunkali gush (ekzema) hamda yaralami davolashda burishtiruvchi va bakteritsid vosita sifa­tida hamda ichakdan qon oqishini to’xtatish uchun ishlatiladi.
Uglevodlar. Alifatik polioksikarbonal birikmalar va ularning ko’plab hosilalari hisoblanadi. Ular monosaxaridlarga, oligosaxaridlarga va polisaxaridlarga ajratiladi. O’simliklarda monosaxaridlar fotosintezning birlamchi mahsuloti hisoblanadi. Ulardan keyinchalik glikozidlar, polisaxaridlar, aminokislotalar, polifenollar sintez qilinadi. O’simliklarda polisaxaridlaming 2 sinfi sintez qili­nadi: strukturali polisaxaridlar (pektin birikmalar, sellyuloza, gemitsellyuloza) va zahira polisaxaridlar (kraxmal, fraktozanlar). Birinchi polisaxaridlar xo’jayra devorlarini shakllanishida ishtirok etsa, ik- kinchilari energetik zaxira sifatida (kraxmal) yig’iladi.
Karotinoidlar. Ular yog’da eruvchan sariq, qizil, olovrang pigmentlar bo’lib triterpenlarga mansub birikmalar hisoblanadi. Ular yuksak o’simliklar, zamburug’lar va bakteriyalar tomonidan sintez qilinadi, tirik organizmlar ulami sintez qilmaydilar, balkim A vi­tamini sintezi uchun foydalanadilar. Alfa, beta va gamma karotinlar, likopin, zeaksantin, violaksantin, flavoksantin ko’rinishida yig’iladilar, sabzida, na’matak mevasida, chetan, smorodina, chakanda, o’rik, oshqovoq, tirnoqgul gulida, salatda, shpinatda ko’p uchraydi. O’simlikda ular fotosintez jarayonida muhim rol o’ynaydi.
Organik kislotalar. Ular asosan o’simliklarda to’planadi, erkin holatda va tuzlar yoki efirlar ko’rinishida boiadi. Bularga olma, li­mon, qahrabo, vinotoshli, shavel, chumoli va sirka kislotalari kiradi. Ular organizmda modda almashinuvida ishtirok etadilar, so’lak bezlari faoliyatida qatnashadilar, o’t moddasi va oshqozon shirasi ajralishini tezlashtiradilar. Organik kislotalar olmada, limonda, klyukvada, smorodinada, na’matakda, chakandada, shavel barglarida, nordon mevalarda ucliraydi. Ular orasidan valerian va izovalerian kislotalar, benzoy kislota dorivorlik xususiyatlariga ega.
Moylar va moysimon moddalar. Ular glitserin va yuqori moyli kislotalarning murakkab efirlari hisoblanadilar. Ular toza holatida (chakanda, kastor, zaytun) dorivor mahsulotlar sifatida qo’llaniladi yoki dorivor vositalar uchun erituvchi sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda ulardan surtma dorilar sifatida ishlatiladi. Kastor moyi surgi sifa­tida chakanda moyi oshqozon va o’n ikki barmoq ichaklar yarasini tuzatishda, hamda kuygan terilarni tezroq regeneratsiya bo’lishini ta’minlaydi.
Kamedlar. Daraxt yoki buta tanasi zararlaganda oqib chiquvchi va qotib qoluvchi о’simlik shiralari - polisaxaridlardir. Ular kimyoviy tarkibiga ko’ra turlicha, asosan geteropolisaxaridlar-geksozan, pentazan va poliuronidlarga tegishli. Ular spirtda, efirda va xloroformda erimaydi, dori tayyorlashda emulgator sifatida ishla­tiladi. Kamedlarga ra’noguldoshlar, rutadoshlar, dukkakdoshlar va pistadoshlar oilalariga mansub daraxt-buta o’simliklari boy hisob­lanadi. Kamedlar olish manbasi - abrikos, gilos, olxo’ri daraxtlari hisoblanadilar.
Saponinlar. Birinchi marta 1810-yilda Saponaria o’simligidan ajratib olingan steroid va triterpen glikozidlari hisoblanadi, ular gemolitik xususiyatga ega bo’lib sovuqqonli hayvonlar uchun za­harli hisoblanadi. Aglikoni tuzilishiga qarab saponinlar steroidli va triterpen saponinlarga ajratiladi. Saponinlarning uglevodli qismi 1-11 tagacha monosaxaridlardan iborat bo’lishi mumkin. Saponinlar eritrotsitlaming gemolizini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda sapo­ninlar 40 ga yaqin oilalarga mansub o’simliklarda uchrashi qayd etilgan.
Pektinlar. Ular uglevodlar tarkibiga kiradilar, dori vositalari tayyorlashda yordamchi vositalar sifatida ishlatiladi. Pektin mod­dalar tabiatda keng tarqalgan, o’simliklarda propektin ko’rinishida uchraydi, ular hujayralararo bo’shliqlami to’ldirishda va yosh o’simliklami birlamchi qobiqlarini shakllanishida ishtirok etadi. Pektin moddalar gemitsellyuloza bilan birgalikda o’simlikda sementlashtirish xususiyatini bajaradi. Tibbiyotda pektin moddalar qon to’xtatuvchi vositalar va antiseptiklar tayyorlashda ishlatiladi. Antiseptiklar organizmdan og’ir metallami - qo’rg’oshin, kobalt, mis va boshqalami chiqarishga yordam beradi. Ushbu kimyoviy faol birikmalar hozirgi paytda tayyorlanayotgan dorilami asosini tashkil etadi.
Efir moylari uchuvchan moddalar hisobianib, dunyoda 2500 turga yaqin efirmoysimon moddalari mavjud o’simliklar bor. Ulaming 650 turi O’zbekistonda o’sadi. Efir moylarining xarakterli komponentlari - terpenoidlar, monoterpenoidlar, seskviterpenoidlar, aromatik birikmalar hisoblanadilar. Efir moylaridan 1000 ga yaqin komponentlar ajratib olingan bo’lib, ular uglevodorodlar, spirtlar, ketonlar, kislotalar, murakkab efirlar, laktonlar va boshqa kimyoviy faol birikmalar hisoblanadilar. Efir moylari o’simliklaming gullarida, mevasida, barglarida, po’stlog’ida, ba’zan ildizlarida va yog’ochlik qismida to’planadi. Bunday o’simliklarga rayhon, zizifora, tog’rayxon, valeriana, mavrak, ukrop, koriandr, yalpiz va boshqa o’simliklar kiradi. Efir moylari tibbiyotda shamollashga qarshi, bak- teritsid, spazmolitik, sedativ va boshqa dorivor vositalar tarkibiga kiritilgan. Ulardan xushbo’y moddalar olish manbai sifatida ham foydalaniladi.
Mineral tuzlar. Ular tirik organizmlarning barcha hujayra va to’qimalari tarkibida boladi. Ular ikki guruhga - makroelementlarga va mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga natriy, xlor, kalsiy, fosfor, kaliy va temir kiradi. Ular qon, xo’jayra, ayniq­sa suyaklar tarkibida ko’p uchraydi. Mikroelementlarga rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, bor, ftor va yod kiradi. Ular oz miq­dorda qon, hujayra va suyaklar tarkibida uchraydi. Natriy va kaliy ionlari hujayralarda biologik tok hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Natriy xlorid, ya’ni osh tuzi qon tarkibida 0,9% li fiziologik eritma holida bo’lib, qonning osmotik bosimi doimiyligini ta’minlaydi. Kalsiy va fosfor tuzlari suyak mustahkamligini ta’minlaydi. Temir moddasi qizil qon tanachalari tarkibiga kiradi, yod qalqonsimon bez ishlab chiqaruvchi tiroksin gormonining tarkibiga kiradi. Mikroelementlar tirik organizmlarga oz miqdorda zarur, ular ham muhim fiziologik jarayonlarda ishtirok etadilar.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish