NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
Dorivor o’simliklaming biokimyoviy tarkibini o’rganish tarixini aytib bering?
Vitaminlar qanday birikmalar va ular qanday kashf etilgan?
Asosiy vitaminlarni sanab bering va ulami inson organizmiga ta’sirini izohlang?
Tokoferol va ribofiavinga tavsif bering?
B guruhidagi vitaminlar va ularning inson salomatligidagi ahamiyatini tushuntiring?
D guruhidagi vitaminlar va ulami inson salomatligidagi ahamiyatini tushuntimg?
5-MAVZU: O’SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHILIK XUSUSIYATLARINI BIOLOGIK FAOL MODDALAR-ALKALOIDLAR, GLIKOZIDLAR, ANTRAGLIKOZIDLAR, MONOTERPENLARGA BOG’LIQLIGI.
Reja
Alkaloidlar va ularning hususiyati.
Glikozidlar va ularning hususiyati.
Monoterpen glikozidlar va ularning hususiyati.
Tayanch iboralar: alkaloidlar, glikozidlar, antraglikozidlar, monoterpenlar, antraglikozidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, tioglikozidlar.
Alkaloidlar. O’simliklar (qisman hayvonlar) to’qimalarida tayyor holda uchraydigan asosli (ishqoriy) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga egabo’lgan, molekulasida azot saqlovchi murakkab organik birikmalar hisoblanadilar. Alkaloidlar asosan yuqori o’simliklarda uchraydi, tuban o’simliklarda juda kam uchraydi. Alkaloidlarning miqdori o’simliklarda 2-3% gacha (quruq vazniga nisbatan) bo’ladi.
Alkaloid termini 1819-yilda tadqiqotchi Maysner tomonidan taklif etilgan. O’simlik tarkibida 1-3% alkaloidlar bo’lsa, u alkaloidlarga boy o’simlik hisoblanadi. Masalan xin daraxtida 15-20% xinin alkaloidi uchraydi. O’simliklarda odatda bir necha alkaloidlar uchrashi mumkin, masalan pushti katarantus o’simligida 60 ga yaqin alkaloid uchrashi qayd etilgan.
Alkaloidlar hosil qilish irsiy xususiyat hisoblanib, avloddan avlodga o’tkaziladi. Ko’knoridan ajratib olingan 26 ta alkaloidlaming asosiy qismini morfin va narkotin alkaloidlari tashkil etadi. Alkaloidlar achchiq bo’lib, suvda eruvchan va kristall ko’rinishida ajratib olinadi. Sobiq Ittifoqda tarkibida alkaloidlar bo’lgan o’simliklami o’rganishda akademik A.P. Orexov va uning shogirdlari katta ishlami amalga oshirganlar.
Respublikamiz florasidagi alkaloidli o’simliklami o’rganishda akademiklar O.S.Sodiqov va S.Yu. Yunusovlar salmoqli ilmiy tadqiqot ishlarini o’tkazganlar. Hozirgi paytda o’simliklardan 5000 ga yaqin alkaloidlar ajratib olingan, 3000 tasining kimyoviy strukturasi aniqlangan. Ushbu olimlar 1968-yilgacha MDH florasidagi o’simliklarda uchraydigan 500 ta alkaloidlarni aniqlashgan bo’lishsa, 1981-yilga kelib o’rganilgan alkaloidlaming soni 1096 taga yetgan. Ular MDH florasida uchraydigan 466 ta o’simlik turidan ajratib olingan. Ushbu alkaloidlaming 688 tasi O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan ajratib olingan.
Alkaloidlar yopiq urug’lilar tarkibida ko’p uchraydi, ayniqsa dukkakdoshlar, sho’radoshlar, paslendoshlar oilalari vakillari alkaloidlarga boy o’simliklar hisoblanadilar.
Alkaloidlar ko’pincha rangsiz, optik faol, hidsiz, achchiq mazali, uchuvchan bo’lmagan kristall yoki amorf modda. Sof holidagisi spirt va boshqa organik erituvchilarda eriydi, kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari suvda va spirtda yaxshi eriydi.
Ba’zan rangli, suyuq va uchuvchan alkaloidlar ham uchraydi. Aksariyat, alkaloidlar azot saqlovchi getrotsiklik birikmalarning hosilalari bo’lgani uchun ular shu birikmalar asosida sinflarga (pirrollizidin, piridin, xinolizidin, xinolin, izoxinolin, indol, purin hosilalariga va boshqalarga) bo’linadi. Alkaloidlar va ulami saqlovchi o’simliklar zaharlidir!
Bir qator alkaloidlar (morfin, kodein, glautsin, tropin, giossia- rnin, kofein, strixnin, xinin, xinidin, platifillin va boshqalar), ulami saqlovchi о’simliklaming preparatlari muhim dorivor vosita sifatida tibbiyotda turli kasalliklami davolash uchun hamda xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlarida qo’llaniladi
Glikozidlar tabiatda keng tarqalgan kimyoviy birikmalar, ular o’simliklarda kimyoviy jarayonlarda regulyatorlar vazifasini bajaradilar. Parchalanganda qand va qand bo‘lmagan (aglikon) qismini hosil qiluvchi murakkab organik birikmalarga aylanadi. Glikozidlarning aglikonlari turli kimyoviy tuzilishiga ega bo’lganligi uchun ularning fizik-kimyoviy xossalarini analiz qilish usullari, odamlar va hayvonlar organizmiga farmakologik ta’siri turlicha bo’ladi.
Respublikamiz florasida uchraydigan glikozidli tarkibga ega o’simliklarni o’rganishga O.S. Sodiqov, N.K. Abubakirov, S.Yu. Yunusovlarning tibbiyot uchun muhim ahamiyat kasb etgan tadqiqotlari bag’ishlangan.
Hamma glikozidlar suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi, organik eritmalarda erimaydi; aglikonlari, aksincha suvda erimaydi, spirtda turlicha, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Qand qismi (monosaxaridlar, disaxaridlar, trisaxaridlar va boshqalar.) Aglikonga kislorod, oltingugurt orqali yoki bevosita uglerod atomiga birikadi. Glikozidlami o’simliklarda hosil bo’lishi biokimyoviy glikozidlashish yo’li bilan, glikoziltransferaz fermenti ishtirokida sodir bo’ladi. Glikozidlaming eng muhim donorlari - nukleoziddifosfatqandlar (ADF, UDF) hisoblanadilar. Tibbiyotda ko’proq yurak glikozidlari ishlatiladi, ular kardiotonik faollika egadirlar.
Glikozidlar gomoglikozidlar (polisaxaridlar), tioglikozidlar, sianogen glikozidlar, monoterpen glikozidlar (achchiq glikozidlar), triterpen glikozidlar (saponinlar), steroid glikozidlar (yurak glikozidlar, steroid saponinlar), antraglikozidlar va boshqa sinflarga bo’linadi. Glikozidlar tabiatda (o’simlik va hayvon mahsulotlarida) keng tarqalgan. Ular efirga o’xshash birikma bo’lgani uchun issiqlik, suv va fermentlar ta’sirida tez parchalanadi. Bu - glikozidlar saqlovchi dorivor o’simliklar va ulaming mahsulotlarini yigish, quritish, saqlash hamda dori shakllari tayyorlash vaqtida hisobga olinishi zarur. Aglikonning kimyoviy mohiyatiga va strukturasiga ко’ra glikozidlar sianogen glikozidlar (tarkibida sinil kislotasi bor birikmalar mavjud), yurak glikozidlariga, saponinlarga, antraglikozidlarga, fenol glikozidlariga va achchiq glikozidlarga ajratiladi.
Antraglikozidlar. Ulaming aglikonlari antratsen hosilalari (antraxinon va boshqalar) bo’ladi. Ular sariq, to’qsariq, pushti va boshqa rangli kristall moddalardir. Antraglikozidlar saqlovchi dorivor о’simliklar va ularning dorivor preparatlari surgi va siydik haydovchi (buyrak va siydik yullari tosh kasalligi) hamda podagrani davolashda qo’llaniladi. Ular torondoshlar, jumrutdoshlar, dukkakdoshlar, loladoshlar, ro’yandoshlar va boshqa о’simlik oilalari vakillari tarkibida ko’p uchraydi.
Monoterpen glikozidlar (achchiq glikozidlar). Aglikonlari monoterpenlar unumli bo’lib, kuchli achchiq mazaga ega, odam va hayvonlar organizmiga nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Ularni saqlovchi dorivor o’simliklar va ulaming dori preparatlari ishtaha ochish hamda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qo’llaniladi. Astradoshlar, (murakkabdoshlar), yasnotkadoshlar (labguldoshlar), va boshqa o’simlik oilalari vakillari tarkibida ko’p uchraydi.
Yurak glikozidlari. Aglikonlar (geninlari) siklopentanoper- gidrofenintren hosilalari bo’lib, asosan, yurak mushaklariga ta’sir qiladi. Ular kristall holidagi achchiq birikmalar yurak glikozidlar molekulasida glyukoza, ramnoza va boshqa monosaxaridlardan tashqari o’ziga xos qandlar (digitoksoza, simaroza va boshqa) ham bo’ladi. Ular kuchli zahar bo’lib, ularni saqlovchi o’simliklaming dori preparatlari yurak kasalliklarini davolash hamda yurak faoliyatini kuchaytirish uchun qo’llaniladi. Yurak glikozidlari kendirdoshlar, sigirquyro’qdoshlar, loladoshlar, ayiqtovondoshlar, asklepiyadoshlar, jo’kadoshlar, karamdoshlar (budguldoshlar) va boshqa o’simlik oilalari vakillari tarkibida ko’p uchraydi.
Triterpen glikozidlar. Aglikonlari triterpenlaming hosilalaridir. Bu glikozidlaming asosiy qismini suvda yaxshi erib, chayqatilganda turg’un ko’pik hosil qiladigan (sovun singari) va qizil qon tanachalari - eritrotsitlami eritish xossasiga ega bo’lgan saponinlar tashkil qiladi. Saponin saqlovchi o’simliklar va ularning dori preparatlari balg’am ko’chiruvchi, siydik haydovchi, tinchlantiruvchi, organizm quvvatini oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Saponinlar chinniguldoshlar, navro’zguldoshlar, poligaladoshlar, dukkakdoshlar, araliyadoshlar, sigirqo’yruqdoshlar, yamsdoshlar, ra’noguldoshlar oilalari vakillarida, ayniqsa shirinmiya o’simligi tarkibida ko’p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |