NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQLAR:
Dorivor o’simliklarni muhofaza qilishning ahamiyatini tushuntiring.
Dorivor o’simliklarni muhofaza etuvchi davlat organlari va ularning strukturasini tushuntiring.
O’simlik dunyosini himoya qilish bo’yicha davlat qonunlari va qarorlarini sanab bering.
O’zbekiston “Qizil kitobi” va uning ahamiyati hamda unga kiritilgan kamyob, noyob va yo’qolib ketayotgan o’simliklami aytib bering.
Dorivor o’simliklarni muhofaza etishdagi asosiy chora- tadbirlami sanab bering.
4-MAVZU: O’SIMLIKLARNING SHIFOBAXSHILIK XUSUSIYATLARINI VITAMINLAR VA BIOLOGIK FAOL MODDALARGA BOG’LIQLIGI.
Reja:
Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
Suvda eriydigan vitaminlari.
Yog’da eriydigan vitaminlari
Tayanch iboralar: vitaminlar, biologik faol moddalar, retinol, degidroretinol, tiamin, riboflavin, pantoten kislotasi, piridoksin, sianokobalamin, kalsiy pangamat, askorbin kislotasi, xolekalseferol
O’simliklarda organik va noorganik moddalar mavjud bo’lib, ular o’simlikni terapevtik samarasini aniqlab beradi. Har bir dorivor о’simlik keng spektrdagi shifobaxshlik xususiyatiga ega bo’lib, uning bu xususiyatini tarkibidagi kimyoviy birikmalar va mikroelementlar belgilab beradi. Bir o’simlikdan olingan fitopreparat bir paytning o’zida ham og’riqni qoldiruvchi, ham sedativ, ham kardiologik ta’sirga ega bo’lishi mumkin.
Dorivor o’simliklar sintetik dorilarga qaraganda kam asorat qoldiradi, kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar chaqiradilar. Hozirgi paytda MDH mamlakatlarida o’simliklardagi fiziologik faol moddalarni aniqlash fitokimyoviy usulda keng o’tkazilmoqda, 6000 o’simlikning alkaloidli tarkibi, 2000 o’simlikning glikozidli tarkibi, 3000 o’simlikning saponinli tarkibi, 1000 ga yaqin o’simlikning flavonoidli tarkibi va 4000 dan oshiq O’simlikning efir moyli tarkibi fitokimyoviy usulda o’rganilgan.
Ushbu tadqiqotlar natijasida alohida o’simliklardan ajratib olingan ta’sir etuvchi moddalari asosida samarali dorivor vositalar yaratilgan va tibbiyot amaliyotiga muvaffaqiyatli tatbiq etilgan. Masalan, yarim butasimon sekurinegi o’simligidan sekurinin alkaloidi, oddiy mordovnik o’simligidan exinopsin alkaloidi, kulrang jeltushnik o’simligidan erimizin yurak glikozidi, kavkaz moroznigi O’simligidan korelborin yurak glikozidi, kendir o’simligidan sittiarin yurak glikozidi ajratib olingan va ular asosida samarali dorivor vositalar tayyorlangan. Keyingi yillarda dorivor o’simliklar xomashyosi asosida yaratilgan preparatlar tibbiyotga keng tatbiq etildi, ularga tinchlantiruvchi (sedativ) xususiyatga ega arslonquyruq va passiflora o’simligi asosida tayyorlangan preparatlar, markaziy asab tizimini stimulyatorlari maraliy ildizi, baland zamanixa, manjuriya araliya- si o’simliklari asosida tayyorlangan preparatlar, evkommiya, daur klopogoni, astragal, kavkaz dioskoreyasi, va boshqa o’simliklar xomashyosi asosida tayyorlangan preparatlar kiradi.
Ratsional o’tkaziladigan fitoterapiya buzilgan modda almashinuvini tiklaydi, asab tizimi faoliyatini normallashtiradi, arterial qon bosimini stabillashtiradi. Shunday qilib, dorivor о’simliklaming shifobaxshligi ularning tarkibidagi bir qator kimyoviy birikmalar, biologik faol moddalarga bog’liq bo’lib, ular o’simlikning asosiy farmaterapevtik ta’sirini belgilab beradi.
16-asrda Yevropada yashagan dorishunos Paratsels hayotiy jarayonlaming asosi kimyoviy jarayonlardir, shu sababli ham kimyoning va kimyoviy birikmalaming asosiy vazifasi kasalliklami davolashdir degan xulosaga kelgan. О’simliklaming kimyoviy tarkibini o’rganishda shved dorishunosi K. Sheele (1742-1786) ilmiy izlanishlar olib bordi. Kimyo va farmatsiya rivojiga o’z hissasini qo’shdi. 18-asrda kimyo fani M.V. Lomonosov va A.L. Lavuaze ilmiy ishlarining natijalari asosida rivojlandi.
1806-yilda dorishunos F. Sertnyumer ko’knoridan toza holdagi morfin alkaloidini ajratib olishga muvaffaq bo’ldi, uning tinchlantiruvchi va uxlatuvchanlik xususiyatlarini aniqladi va tibbiyot amaliyotiga keng miqyosda qo’llash uchun tavsiya etdi, 19-asrda Yu. Libix va F. Veler tomonidan o’simliklarda uchraydigan biologik faol moddalar kashf qilindi va ular glikozidlar deb ataldi. Hozirgi paytda glikozidlar va alkaloidlar shifobaxsh o’simliklarning muhim ta’sir etuvchi moddalari hisoblanadi.
XX asrda kimyo fanining rivojlanishi oqibatida yangi moddalar kashf qilindi, ularning farmakologik xususiyatlari o’rganildi. Ularga vitaminlar, alkaloidlar, glikozidlar, pektinlar, organik kislotalar, flavonoidlar, saponinlar va oshlovchi moddalar kiradi. O’simliklarda vitaminlar mavjudligini va ularning inson sog’lig’idagi roli ma’lum bo’lgach, dorivor o’simliklarni o’rganishning yangi sahifalari ochildi.
Vitaminlar- vitaminum - (latincha vita - hayot va amin NH gruppasi) darmondori - inson, hayvonlar va o’simliklar organizmining hayotiy faoliyati uchun zamr moddalardir, ular modda almashinuvida muhim rol o’ynaydilar. Vitaminlami kashf etilishi ms olimi N.I. Lunin nomi bilan bog’liq. U oziq-ovqat mahsulotlarida hayot uchun zarur bo’lgan qandaydir moddalar borligini 1880-yilda tajribalarda isbotlab berdi.
N.I. Lunin qaymog’i olinmagan sut bilan boqilgan oq sicliqonlarning sog’lom va yaxshi o’sganligini, sut tarkibidagi asosiy moddalar aralashmasi - oqsil-kazein, yog’, sut qandi, tuz va suv aralashmasi bilan boqilgan oq sichqonlami esa nobud bolganligini aniqlagan shu tajriba asosida tabiiy sutda tirik organizmlar uchun zarur yana qandaydir biologik faol moddalar borligini taxmin qilgan.
Bu o’sha davrlarda fanga noma’lum birikmalarga nisbatan “vitamin” terminini qo’llashni polyak olimi K. Futk 1912-yilda taklif etgan. Vitaminlar inson organizmiga asosan oziq-ovqatlar bilan kiradi. Demak, vitaminlar isbatan kam miqdorda talab etiladigan bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to’qimalardagi moddalar almashinuvida fatirik organizmlar uchun muhim ahamiyati bo’lgan, turli kimyoviy tuzilishiga ega bo’lgan organik birikmalardir. Oqsil, yog’ va uglevodlarga nol ishtirok etadi. Hozirgi paytda 40 ga yaqin vitaminlar aniqlangan va ulaming har biri o’ziga xos fiziologik vazifani bajaradi. Agar uzoq payt kundalik ovqat tarkibida biron-bir vitamin yetishmasa, uning organizmda bajaradigan funksiyasi buziladi va vitamin yetishmovchiligi kelib chiqadi.
Inson va hayvonlar organizmiga vitaminlar faqat ovqat bilan kirgani uchun oziq - ovqat tarkibida ularning kam bo’lishi yoki butunlay bo’lmasligi gipovitaminoz va avitaminoz deb ataladigan og’ir kasalliklarni vujudga keltiradi. Agar inson organizmida biror vitaminni mutlaqo bo’lmasligi avitaminoz, uning miqdori kamaysa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz deb ataladi. Bu holatlarning har birida o’ziga xos kasallik alomatlari namoyon bo’ladi, ular gipovitaminoz A, avitaminoz C va hokazolar ko’rinishida nomlanadi. Hamma vitaminlaming kimyoviy tuzilishi aniqlanganligiga va kimyoviy nomga ega bo’lishiga qaramasdan hozirgacha ular aksariyat lotin alfaviti harfi bilan ifodalanib kelinmoqda.
Vitaminlar odatda, ikki sinfga- suvda eriydigan va yog’da eriydigan vitaminlarga bo’lib o’rganiladi. Suvda eriydigan vitaminlarga - askorbin kislotasi (C vitamini), B guruh vitaminlari, yog’da eriydigan vitaminlarga retinol (A vitamini) kalsiferol (D vitamini), tokoferol (E vitamini), filloxinon (K vitamini) kiradi.
Vitamin A (retinol). Ushbu vitamin tirik organizmlaming o’sishi va rivojlanishida, hujayralami bo’linib ko’payishida epiteliy to’qimasining funksional holatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligini yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. U ko’rish pigmentlari hosil bo’lishida faol qatnashadi, demak u o’simliklarda sintezlanmaydi. O’simlik to’qimalarida bu vitamin tirik organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar holida uchraydi ya’ni u o’simlik pigmentlari — karotinoidlaming hayvonlar organizmida parchalanishidan hosil bo’ladi. Vitamin A baliq yog’i, tuxum sarig’i, sariyog’, jigar (ayniqsa, baliq va boshqa suv hayvonlari - kit, moij, tyulen jigarida) va boshqa mahsulotlarida ko’p bo’ladi.
Vitamin A ning organizmda yetishmasliga yoki bo’lmasligi xarakterli ko’z kasalliklari - kseroftalmiya, keratomalyasiya va shabko’rlikka olib keladi.
Vitamin A2 (degidroretinol). Tuzi past va chuchuk suvlarda yashaydigan baliqlar jigaridan olinadi. Vitamin A va A2ning dorivor preparatlari yuqorida ko’rsatilgan ko’z kasalliklarini, ba’zi teri kasalliklarini hamda A - avitaminoz kasalligini davolashda qo’llaniladi.
B-gurux vitaminlari. Vitamin B1-tiamin). Bu vitamin achitqilar, bug’doy, guruch, yong’oq, no’xat va suli tarkibida hama jaydari (serkepak) unida bo’ladi. Bu vitamin markaziy asab tizimini qo’zg’alishida va tormozlanishida muhim rol o’ynaydi, aqliy ish faoliyatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Organizmda bu vitaminning yetishmasliga polinevrit (beri-beri) kasalligiga olib keladi. Uning dori preparatlari B - avitaminoz va gipovitaminoz kasalliklari hamda nevrit, radikulit, nevralgiya, periferik falaj va boshqa kasalliklaming oldini olish va davolashda qo’llaniladi.
Vitamin B2 (riboflavin). Achitqilarda, sut zardobi, tuxum oqida, go’sht, baliq, jigar, no’xat, don va boshqa mahsulotlarda bo’ladi. Vitamin B2 hayvonlar organizmida yetishmasa, ularning bo’yi o’smaydi va junlari to’kilib ketadi. Bu vitamin yetishmasligida ko’zning shox pardasi xiralashadi, ko’rish o’tkirligi va ranglami ajratish qobiliyati pasayadi.
Uning dori preparatlari ba’zi ko’z kasalliklarini (kon’yunktivit, katarakta, ko’z shox parda yarasi va boshqalar.) nur kasalligi, ichak funksiyasi buzilishi va boshqa kasalliklarni, bitmaydigan yaralarni hamda avitaminozlarni davolashda ishlatiladi.
Vitamin B3 (pantoten kislotasi). Bu vitamin jigar, buyrak, tuxum sarig’i, baliq ivildirig’i, no’xat, achitqi va boshqa o’simlik mahsulotlari tarkibida uchraydi. Bu vitamin koferment A tarkibiga kiradi va moddalar (uglevodlar, yog’lar va boshqalar) almashinuvida ishtirok etadi.
Uning dori preparatlari moddalar almashinuvlari buzilishi natijasida ro’y bergan turli patologik hollarda, polinevrit, nevralgiya, ekzemn, allergik dermatit, kuygan, trofik yara, bronxial astma, bronxil va boshqa kasalliklami davolashda ishlatiladi.
Vitamin B6 (piridoksin). Achitqilar, tozalanmagan g’alla, sabzavollarda, go’sht, baliq, sut, treska balig’i, va qora mollarning jigarida, tuxum sarig’i va boshqa mahsulotlarda bo’ladi. Vitamin V6 aminokislolalar (triptofan, metionin, sistein, gistamin, glutamin va boshqa) almashinuvida ishtirok etadigan fermentlar tarkibiga kiradi, ateroskleroz kasalligida lipidlar almashinuvini yaxshilaydi. Bu vitaminning organizmda etishmasligi maxsus teri kasalliklariga olib kelndi. Dori preparatlari V6 - gipovitaminozda, kamqonlik, asab kasalliklar va boshqalarda qodlaniladi.
Vitamin B12 (sianokobalamin). Go’shtda, jigar, buyrak, ichak, tuxum va boshqa mahsulotlarda ko’p to’planadi. Bu vitamin qon yaralilish jarayonida faol ishtirok etadi, jigar va nerv sistemasi faoliyatiga yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Uning dori preparatlari turli kamqonlik, nur kasalligi, Addison - Birmer, jigar, ba’zi teri kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.
Vitamin B15 (kalsiy pangamat). Bu vitamin organizmda modda almashinuvini yaxshilaydi. Dori preparati aterosklerozning ba’zi turlari, miya qon tomirlarining sklerozi, jigar, o’pka, terming ba’zi kasalliklarida qo’llaniladi.
Vitamin Bc (foli kislota). Sabzavotlar — salat, ismaloq, dukkakli o’siml iklar (no’xat, loviya va boshqa), jigar, buyrak va boshqa mahsulotlarda bo’ladi. Bu vitamin hayvonlar organizmida nuklein kislo- ta sintezida ishtirok etadi. Dori preparatlari kamqonlikda ishlatiladi.
Vitamin C (askorbin kislotasi). Na’matak, limon, apelsin, sabzavotlar, ho’l mevalar, shuningdek sut, tuxum va boshqa mahsulotlarda boiadi. Organizmda vitamin C etishmasligi (C - gipovitaminoz) yoki uning boimasligi (C - avitaminoz) singa (skorbut) kasalligiga olib keladi. Bu vitamin organizmda modda almashinuvida, ayniqsa oqsillar va uglevodlar almashinuida muhim rol o’ynaydi. Dori preparatlari C - avitaminoz kasalligining - singanning oldini olish va davolashda, gemorragik diatez, tish milkining buzilishi, gipoxromli kamqonlik va boshqa kasalliklarda qoilaniladi.
D gurux vitaminlari. D guruh vitaminlari: D1 D2, D4 va D5 vitaminlarini o’z ichiga oladi. Bulardan muhim ahamiyatga ega bo’lganlari: Vitamin D2, (erkokalsiferol yoki kalsiferol), Vitamin D3, (xolekalseferol), Vitamin D2, ergostenrinni, D3 - gidroxolesterinni ultrabinafsha nurlar bilan yoritish natijasida hosil bo’ladi. Bu vitaminlar organizmda kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadi, ergosterin achitqilar va qo’ziqorinlarda ko’proq bo’ladi. D2 va D3 vitaminlar fizik-kimyoviy xossalari hamda organizga ta’siri bo’yicha bir-biriga yaqin va ular tibbiyotda bir maqsadda vitamin D nomi bilan ishlatiladi.
Vitamin D baliq ayniqsa, treska balig’i, jigar va yog’ to’qimalarida, tyulen va boshqa dengiz hayvonlarida, kamroq miqdorda, tuxum sarig’ida, baliq ivildirig’ida, sariyog’, sut va boshqa mahsulotlarda. bo’ladi. Organizmda vitamin D yetishmasa fosfor va kalsiy alma- shinuvi buziladi, bolalami raxit kasalligiga olib keladi. Shuning uchun vitamin D preparatlari raxitning oldini olish hamda davolashda va boshqa ba’zi bir suyak kasalliklarida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |