О`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti transport va logistika fakulteti «hayot faoliyati xavfsizligi»



Download 2,72 Mb.
bet12/30
Sana09.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#761789
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
Yong\'in xavfsizligi Laboratoriya ishi

4-LABARATORIYA ISHI
Yopiq holatdagi xonalardagi elektr jihozlarning portlash xavfini aniqlash.


Ishning maqsadi: Talabalarni o‘chiruvchi tirqishning qiymatini aniqlash va portlashni tashqariga o‘tkazmaydigan qilib yasalgan elektr uskunalarini tanlash usullari bilan tanishtirish.


EMTQ (PUE) ning 1-bobiga asosan xonalar qanday sinflarga bo‘linadi
Xonalarni sinflarga bo‘lish nima uchun kerakligini tushuntirish, xar bir sinfga alohida ta’rif berish, misollar ketirish.
Elektr moslamalarini tuzilish qoidalari (PUE) 1 bobiga asosan hamma xonalar elektr qurilmalariga atrof muhitning ta’sir qilishiga qarab quyidagi sinflarga bo‘linadi:
- quruq, havo namligi 60% dan oshmaydigan xonalar (hamma yashash uylari, o‘qish, davolanish va shunga o‘xshash xonalar);
- namli, bu xonalarda suv bug‘lari vaqticha, juda kam miqdorda hosil bo‘ladi. Namligi 75% dan oshmaydi (kvartiradagi oshxona, isitilmaydigan zinapoyalar, yerto‘lalar);
- zax, havo namligi uzoq muddat 75% dan oshadi (jamoat oshxonalaridagi ovqat pishirish xonalari, vannali xonalar);
- juda zaxli, havo namligi 100% ga yaqin, xona shipi, devori poli va boshqa xonadagi buyumlar usti nam bilan qoplangan (hammom, kir yuvish xonalari, turli yuvish xonalari);
- issiq, havo issiqlik darajasi uzoq muddat 300 S dan oshadi (quritish xonalari, termik sexlar, issiqlik kameralari);
- changli, bu xonalarga ishlab chiqarish texnologik jarayonida yonmaydigan chang ajralib chiqib, elektr simlari va moslamalari ustida o‘tirib yoki elektr mashinalari, apparatlari ichiga kiradigan xonalar kiradi (sement zavodlari, taxta tilish xonalari va h.k.);
- kimyoviy faol yoki organik muhitli, bu xonalarda ishlab chiqarishida bug‘lar va gazlar ajralib chiqib elektr moslamalarining tok yuradigan qism qobiqlarining yemirilishiga, erishiga sabab bo‘ladigan xonalar kiradi (kislota, ammiak, bo‘yoq, serovodorod olinadigan yoki ishlatiladigan xonalar).
Portlash xavfi bo‘lgan hudud deb nimaga aytiladi va qaysi hujjatning nechanchi bobiga asosan nechta sinfga bo‘linadi
Portlash xavfi bo‘lgan hududga ta’rif berish, ularning belgilanishini (markirovkalarini) sanab o‘tish, xar qaysi hududda qaysi moddalar ishlatilishi, qaysi hollarda portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar hosil bo‘lishi haqida tushuncha berish, portlash xavfi bo‘lgan hududi mavjud ishlab chiqarish va maskanlar bo‘yicha misollar keltirish.
Portlash xavfi bo‘lgan hudud deb, shunday xonaga yoki xonadagi ma’lum chegaralangan bo‘shliqqa (yoki tashqaridagi qurilmaga) aytiladiki, bunda u yerda portlash xavfi bo‘lgan aralashma bor yoki hosil bo‘lishi mumkin.
PUE ning 7.3-bobiga asosan portlash xavfi bo‘lgan hududlar 6 sinfga bo‘linadi: V-I, V-Ia, V-Ib, V-Ig, V-II, V-IIa.
Yong‘in xavfi bo‘lgan hudud deb nimaga aytiladi va qaysi hujjatning nechanchi bobiga asosan nechta sinfga bo‘linadi
Yong‘in xavfi bo‘lgan hududga ta’rif berish, ularning belgilanishini (markirovkalarini) sanab o‘tish,, xar qaysi yong‘in xavfi bo‘lgan hududda qanday modda materiallar bo‘lishini aytib berish, yong‘in xavfi bo‘lgan hududi mavjud ishlab chiqarish va maskanlar bo‘yicha misollar keltirish.
Yong‘in xavfi bo‘lgan hudud deb, shunday xona ichidagi yoki tashqaridagi bo‘shliqqa aytiladiki, bunda u yerda har doim yoki vaqti-vaqti bilan yonuvchi moddalar hosil bo‘lishi mumkin.
PUE ning 7.4. bobiga asosan yong‘in xavfi bo‘lgan hududlar 4 sinfga bo‘linadi: P-I, P-II, P-IIa, P-III.
Portlash xavfi bo‘lgan aralashma deb – yonuvchi gazlar, yengil alangalanuvchi suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi, pastki alangalanish konsentratsiya chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lmagan chang yoki tolalarning muallaq holatiga o‘tishi va uning ma’lum bir konsentratsiyasida tashqi muhit manbasidan portlashga qodirligiga aytiladi.
EMTQ (PUE) ga asosan hamma portlash xavfini hosil qiladigan moddalar, ya’ni ularning havo bilan portlash xavfi bo‘lgan aralashmalarini guruhlarga va toifalarga bo‘lish qabul qilingan. Portlash xavfi bo‘lgan aralashmalarni guruhlarga bo‘linishiga asos qilib portlash xavfi bo‘lgan aralashmaning o‘z-o‘zidan alangalanish harorati olingan.
Aralashmaning harorat darajasi qancha kichik bo‘lsa aralashmaning alangalanishi har qanday vaziyatda ham o‘z-o‘zidan alangalanish harorati yuqori bo‘lgan aralashmadan xavfli hisoblanadi.
O‘z o‘zidan alangalanish haroratiga qarab portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi va belgilanadi:
PIVE bo‘yicha – to‘rtta guruhga: A, B, G, D,
PIVRE bo‘yicha - beshta guruhga: T1, T2, T3, T4, T5
GOST 12.1.011-78 yoki PUE bo‘yicha - oltita guruhga: T1, T2, T3, T4, T5, T6.ПУЭ 7.3.3-Jadval.

Портлаш
хавфи бўлган аралашма гуруҳи

Аралашмани ўз-ўзидан алангаланиш ҳарорати,

Портлаш хавфи бўлган аралашма гуруҳи

Аралашмани ўз-ўзидан алангаланиш ҳарорати,

Портлаш хавфи бўлган аралашма гуруҳи

Аралашма-ни ўз-ўзидан алангала-ниш ҳарорати,

ПИВЭ бўйича

ПИВРЭ бўйича

ПУЭ ёки ГОСТ 12.1.011-78 бўйича

А

450дан юқори

Т1

450 дан юқори

Т1

450 дан юқори

Б

300 дан юқори 450 гача

Т2

300 дан юқори 450 гача

Т2

300 дан юқори 450 гача

Г

175 дан юқори 300 гача

Т3

200 дан 300 гача

Т3

200 дан 300 гача

Д

120 дан 175 гача

Т4

135 дан 200 гача

Т4

135 дан 200 гача







Т5

100 дан 135 гача

Т5

100 дан 135 гача













Т6

85 дан 100 гача



Portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar deb nimaga aytiladi va ularni toifalarga ajratishga nima asos qilib olingan. EMTK, PHEMTQ, PHKEMTQ (PUE, PIVE va PIVRE) bo‘yicha qanday belgilanadi
Portlash xavfi bo‘lgan aralashmaga ta’rif berish, ularni toifalarga bo‘lishga nima asos qilib olinganligini tushuntirish. XEMO-xavfsiz eksperimental maksimal oraliq (BEMZ-bezopasniy eksperimentalniy maksimalniy zazor) haqida tushuncha berish. EMTQ, PHEMTQ, PHKEMTQ (PUE, PIVE va PIVRE) bo‘yicha qanday belgilanishini yozib berish
Portlash xavfi bo‘lgan aralashma deb – yonuvchi gazlar, yengil alangalanuvchi suyuqlik bug‘larining havo bilan aralashmasi, pastki alangalanish konsentratsiya chegarasi 65 g/m3 dan yuqori bo‘lmagan chang yoki tolalarning muallaq holatiga o‘tishi va uning ma’lum bir konsentratsiyasida tashqi muhit manbasidan portlashga qodirligiga aytiladi.
EMTQ (PUE) ga asosan hamma portlash xavfini hosil qiladigan moddalar, ya’ni ularning havo bilan portlash xavfi bo‘lgan aralashmalarini guruhlarga va toifalarga bo‘lish qabul qilingan. Portlash xavfi bo‘lgan aralashmalarni toifalarga bo‘lishga asos qilib, ushbu berilgan moddaning, standart qobiqlarning silliq flanslari orasidagi "xavfsiz eksperimental oraliq" deb ataladigan kattaligiga qarab olinadi (XEO).
Eksperimentlarni aniq o‘tkazishdagi talablarning o‘sishi, GOST 12.1.011-78 ga asosan moddaning toifasini aniqlash vaqtini kamaytirish va tajribani o‘tkazishning aniq talablarini bajarish maqsadida boshqa ko‘rsatkichni bo‘lishga, ya’ni maksimal eksperimental xavfsiz oraliq (XEMO), (BEMZ-bezopasniy eksperimentalniy maksimalniy zazor) deb ataladigan kattalikka o‘tilgan. Bunda standart qobiqdan tashqariga portlashning o‘tishi ko‘zda tutilmagan. Standart qobiqdan tashqariga portlashning o‘tishiga qarab, portlash xavfi bo‘lgan aralashmalar quyidagi toifalarga bo‘linadi va belgilanadi: ПУЭ 7.3.1-Жадвал

Портлаш хавфи бўлган аралашма тоифаси
Критик оралиғи, мм

Портлаш хавфи бўлган аралашма тоифаси

Критик оралиғи, мм

ПИВЭ ва ПИВРЭ бўйича

ПУЭ ва ГОСТ 12.1.011-78

1

1,0 дан юқори

I

1,0 дан юқори

2

0,65 дан 1,0 гача

II A

0,9

3

0,35 дан 0,65 гача

II B

0,5дан 0,9 гача

4

0,35 дан кам

II C

0,5 гача



Portlashdan himoyalangan elektr jihoz deb nimaga aytiladi. Ularni tanlash, ishlatish va ta’mirlashda qo‘yiladigan asosiy talablar
Portlashdan himoyalangan elektr jihozga ta’rif berish, uning konstruktiv tuzilishi, turlari va ishlatilishi haqida tushuncha berish. Ularni tanlashda, montaj qilishda, ishlatishda va ta’mirlashda qo‘yiladigan asosiy talablar qaysi me’yoriy hujjatda ko‘rsatilganligini va asosiy talablarni ko‘rsatish.
Portlashdan himoyalangan elektr jihozlari deb, shunday elektr jihozlariga aytiladiki ularda konstruksiya jihatidan, portlash xavfi bo‘lgan muhitda alangalanish xavfining oldi olinadi, ya’ni qobiq qismlari uchqun chiqmaydigan va ortiqcha qizimaydigan qilib bajarilgan. GOST 12.2.020-76 ga yoki EMTQ (PUE)ga asosan, portlashdan himoyalangan elektr jihozlari portlashdan himoyalanishning turi va me’yoriga asosan, guruh va harorat sinflariga bo‘linadi.
Portlash xavfi bo‘lgan hududlardagi elektr moslamalariga qo‘yiladigan asosiy talablar EMTQ (PUE)ning 7.3-bobida, yong‘in xavfi bo‘lgan hududlardagi elektr moslamalariga esa 7.4 bobida qayd etilgan.
Portlash xavfi bo‘lgan hududlarda portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini ishonchli va xavfsiz ishlatishi ta’minlanadi, qachonki ushbu elektr moslamasi portlash xavfi bo‘lgan hudud sinfiga, portlash xavfi bo‘lgan aralashma guruhi va toifasiga, bundan tashqari atrof muhit ta’siriga (issiqlik, namlik, kimyoviy faollik va atrofning changligi) mos bo‘lsa.
Portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini tanlashda, montaj qilishda va ishlatishda (ekspluatatsiya) qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
- portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini portlash-yong‘in hududiga mosligi;
- portlash xavfi bo‘lgan aralashma guruhi va toifasiga mosligi;
- sanoatda kerakli bo‘lgan elektr moslamasi ishlab chiqarilmagan taqdirda, portlashdan himoyalangan elektr moslamalari Davlat elektr tekshiruvi tashkiloti, ilmiy-tekshiruv institutlari va loyihalash institutlari bilan kelishilgan holda tanlanishi kerak;
- har qanday chet elda ishlab chiqarilgan elektr moslamalari davlat nazorat-sinov tekshiruvidan o‘tkazilishi va tegishli sertifikat berilishi zarur;
- portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini montaj qilish maxsuslashtirilgan elektr–montaj ishlarini olib boruvchi tashkilot orqali, PUE talablari asosida bajarilishi shart;
- portlash xavfi bo‘lgan hududlarda elektr–montaj ishlari tugallangandan so‘ng bajarilgan ishlar maxsus davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinib, kerakli hujjatlar tuzilishi kerak;
- portlash xavfi bo‘lgan hududlarda portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini iloji boricha kamroq o‘rnatishga va ulash moslamalarini (o‘chirgich-ulagich, elektr qutilari va h.k.) hududdan tashqariga joylashtirishga erishish zarur;
- har bir portlashdan himoyalangan elektr moslamasini ishlatishda maxsus jurnal tuzilib, unda moslamaning holati, tekshiruv-nazorat ishlari, tekshiruv-sinov natijalari va h.k. lar belgilab borilishi kerak.
Portlashdan himoyalangan elektr moslamasini ishlatishda quyidagilar taqiqlanadi:
- nosoz elektr moslamasidan foydalanish;
- elektr moslamasidagi temir ko‘rsatkichlarni olib tashlash yoki bo‘yoqlab yuborish;
- davlat standartidan o‘tkazilmagan elektr moslamalarini ishlatish;
- portlash xavfi bo‘lgan hududdagi portlashdan himoyalangan elektr moslamalarini kelishilmagan holda o‘zgartirish va h.k.


Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish