Bobur hayoti va ijodi
REJA
1. Bobur hayoti va ijodining o`rganilish tarixa
2. Boburning hayot yo`li
3. Boburning ijod yo`li
«Bori elga yaxshilik qilg`ili mundin yaxshi yo`q
Kim deganlar daxr aro qoldi folondin yaxshiliq» Bobur
Xalqimiz tarixida salohiyatli shoh bo`lishi bilan birga ilmiy badiiy ijod bilan shug`ullangan, o`z davri madaniy hayotida sezilarli iz qoldirgan ijodkorlar ko`p ekaniga guvoh bo`lamiz.
Ammo sho`rolar davri ularning shoh ekaniga urg`u berib ular ijodini o`rganishga imkon bermay keldi. Istiqlol bunday ijodkorlar ijodini o`rganishga yo`l ochdi. Ulug`bek, Bobur, Xusayniy, Shayboniy, Feruz, Amiriy kabi ijodkorlar merosini o`rganishga vaqt yetdi. Bular ichida ijodining salmoqli va barkamolligi jihatidan Bobur ijodi alohida o`rin tutadi.
Bobur xassos shoir, haqgo`y tarixchi, teran adabiyotshunos, iqtidorli tilshunos, nozik ta'b musiqachi, mohir lashkarboshi sifatida tarixda qoldi. Bobur hayoti va ijodini o`rganishda undan meros bo`lib qolgan lirik devonlar, «Boburnoma», «Muxtasar», «Xatti Boburiy», «Mubbayyin», «Volidiya» kabi bizga yetib kelgan asarlar manba bo`lib xizmat qiladi. Uning bizga yetib kelmagan «Harb ishi», «Musiqa ilmi», qofiya ilmiga bag`ishlangan risolalari haqida ma'lumotlar bor.
Boburning hayoti va ijodi Denisson, Ross, M.F.Kuprilizoda, A.N.Samaylovich, Fitrat, Bertels, Ya.G`ulom, A.Qayumov, S.Azimjonova, N.Mallaev, B.Valixo`jaev, I.V.Stebleva, H.Hasanov, S.Jamolov, S.Xasanov, H.Nazarova, H.Razzaqov. O.Valixonov, R.Shamsutdinov, S.Jalilov kabi olimlar tomonidan o`rganilgan.
Istiqlolgacha bo`lgan tadqiqotlar sho`ro siyosatiga mos tadqiqotlar edi. Istiqlol Bobur hayoti va ijodini haqqoniy o`rganishga yo`l ochdi.
Zahirriddin Muhammad Bobur 1483 yili 14 dekabrda Andijonda tug`ilgan. Boburshunoslikda uning tug`ilgan joyi haqida munozaralar mavjud. V.Zohidov «Boburnoma» asariga yozgan so`z boshisida Bobur Axsida tug`ilgan degan fikrni aytgan. Shundan buyon B.Valiho`jaev kabi olimlar Bobur tug`ilgan joyi Axsi deb ko`rsatganlar. N.Mallaev, S.Jalilov kabi olimlar Andijon deb aytdilar.
Bizningcha, Bobur tug`ilgan joyi Andijon deb qarash ma'quldir. Bobur «Boburnoma» da Andijonni 58 marta tilga olsa, Axsini esa 29 marta tilga olgan. Umarshayx Mirzo davrida Farg`ona viloyatining poytaxti Axsi va Andijon bo`lgan. Axsi viloyat chegarasi daryo bo`yidagi shahar bo`lsa, Andijon viloyati ichida, Axsiga nisbatan issiq joydir. Boburning qish faslida tug`ilganini hisobga olsak Umarshayx oy-kuni yaqin Qutlug` Nigorxonimni Andijonda saqlashi mantiqan to`g`ridir.
Eng muhim shahodat Boburning o`z iqroridir. U g`azallarining birida o`zini Andijonlik deb aytadi:
Ne yerda bo`lsang, ey gul, andadir chun joni Boburning
G`aribingga taraxxum aylagilkim, anda joniydir.
Bundan tashqari, Boburning Andijonni poytaxt qilishi, umrbod kindik qoni to`kilgan joy sog`inchi, ilinji bilan yashagani uning tug`ilgan joyi Andijon ekanini isbotlaydi.
Bobur shajarasi quydagicha: Temur, Mironshoh, Sulton Muhammad, Abu Said, Umarshayx, Bobur.
Zaxiriddin Muhammad shoirning ismi bo`lib, Bobur uning taxallusidir. Shoir taxallusi o`z she'rlarida, rus, tojik, turk adabiyotshunoslari tomonidan «Bobur» shaklida aytilib, yozilib kelishsa-da, o`zbek adabiyotshunosligida «Bobir» shaklida aytilar yozilar edi.
1983 yili adabiyotshunos A.Abug`ofurov «O`zbekiston madaniyati» gazetasida maqola e'lon qilib, shoir taxallusini «Bobur» shaklida aytish, yozish to`g`ri ekanini ko`rsatib berdi.
Qofiya bo`layotgan so`zlarga e'tibor berilsa «purdur». «tasavvur» so`zlari ikkinchi bo`g`inida «u» tovushi kelar ekan, qofiya ilmiga ko`ra birinchi misradagi qofiyada ham ikkinchi bo`g`inda «u» tovushini kelishi aniqdir. Demak, shoir taxallusi «Bobur» ekanini shoirning o`zi ham tasdiqlamoqda.
1494 yili Umarshayx kabutarxonasi bilan jarga qulab o`ladi 12 yanvarda Bobur taxtga o`tiradi. Shu davrda Umarshayxning akasi Samarqand xokimi Sulton Ahmad kuyovi Toshkent xokimi Maxmudxon bilan birga Andijonga hujum boshlaydi. Bobur bek otasi Bobo Aliquli, onasi Qutlug` Nigorxonim, amrlar yordamida xujumni bartaraf etadi.
Bobur 15 yoshida Samarqandni egallaydi. Ammo Samarqandda uzoq turolmadi. Andijonni qo`ldan ketgani haqida xabarlar keladi. Samarqand shahri ham ayanchli axvolda edi Bobur Andijonga qaytadi.
Shayboniy Samarqandni hiyla yo`li bilan egallaydi. Zuhrabegim voqeasi unga qo`l keladi. Samarqand ayonlari Boburga maktub yo`llab uni Samarqandga chorlaydilar. Bobur ozgina askar bilan to`satdan Samarqandga hujum qilib uni egallaydi.
Shayboniy Samarqandni 4 oy qamal qiladi. Og`ir ahvolda qolgan Bobur Shayboniy bilan sulh tuzib, Samarqandni tark etadi. Toshkent hokimi ko`magida Samarqandni qayta zabt etmoqchi bo`ladi. Ammo boshqa Temuriylar Boburni qo`llab-quvvatlamaydilar.
Andijonga ham kira olmagan Bobur Afg`onistonga yo`l oladi. U Qobulni egallab, hokimiyatni mustahkamlagach, Eron shohi Ismoil Safaviydan yordam olib, 3-marta Samarqandni egalaydi. Ammo Eroniylar qilgan qirg`in-barotlar xalq nafratiga uchraydi. Xalq Boburni qo`llab-quvvatlamaydi. Oqibat Shayboniylar Boburni yengadilar.
Bobur Andijon, Samarqanddan umid uzgach, Hindiston tomon yurish qiladi. Ibrohim Lo`di, Rano Sango qo`shinlarini yengib, Bobur Hindistonni zabt etadi. Afg`onu Hindni bag`riga olgan imperiya tashkil etadi. Yevropalik olimlar Bobur imperiyasini «Buyuk mo`g`ul imperiyasi» nomi bilan ataydilar. O`zbek olimlari esa bu atama noto`g`ri ekanini uqtirib, Boburning mo`g`ul emasligini ta'kidlaydilar.
6.1 Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 30-60 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Vizual ma’ruza
|
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi
|
Bobur lirikasining manbalari
Asarning yaratilishi va o`rganilish tarixi.
Asarda shaxslar, joylar tasviri.
«Boburnoma» an'analari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
|
Fan olamiga Boburning Hind, Parij, Tehron devonlari ma'lum: Hind devoni 38 varaqdan iborat bo`lib, she'rlar sarlavhalari oltin suvi bilan yozilgan. Fors va Urdu tilida bitilgan ash'orlar jamlangan. Bu devonni Boburning o`zi ko`rgan. Devon oxiriga 1528 yil 2 dekabr dushanba deb quyidagi baytni o`z dastxati bilan yozib qoldirgan manbalarni o‘rganish.
|
Pedagogik vazifalar:
Bobur lirikasining manbaalari.
Bobur lirikasining o`rganilish tarixi.Nashrlari.
Bobur lirikasining o`ziga xos hususiyatlari.
Shoir Bobur lirikasining mavzulari. Timsollar tizimi.
Shoir Bobur lirikasining g`oyaviy yo`nalishlari. Janr hususiyatlari.
Shoir Boburning badiyat haqidagi qarashlarihaqida ma’lumotlar berish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
Bobur lirikasining manbaalari.
Bobur lirikasining o`rganilish tarixi.Nashrlari.
Bobur lirikasining o`ziga xos hususiyatlari.
Shoir Bobur lirikasining mavzulari. Timsollar tizimi.
Shoir Bobur lirikasining g`oyaviy yo`nalishlari. Janr hususiyatlari.
Shoir Boburning badiyat haqidagi qarashlari.
Boburning ma`lum she`riy san`at asosiga qurilgan g`azali.
Shoir Bobur lirikasida she`riy san`at timsollari.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Axborot, ma’ruza, hikoya.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar, doska.
|
O‘qitish shakli
|
kollektiv
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Jihozlangan auditoriya
|
Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
Do'stlaringiz bilan baham: |