HOZIRGI ADABIY JARAYON.
R E J A
80 - yillar oxiri va 90 - yillar boshlaridagi ijtimoiy hayot.
O‘zbek adabiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos hususiyatlari.
Yangi tafakkur, yangi adabiy jarayon.
Mamlakatimiz halq ho‘jaligida 70-80 yillarda yutuqlarga erishildi. Biroq jamiyatimiz tarixiy taraqqiyoti davomida, xusisiy shaxsga sig‘inish va turg‘unlik yillarida turli jiddiy xato va kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Dabdababozlik , maqtonchoqlik , ko‘zbo‘yamachilik , oshna - og‘aynigarchilik, o‘z mansabini suiste’mol qilish, halqni va davlatni aldash, poraxo‘rlik singari illatlar tomir otdi. Oqibatda mamlakat va xalq ahvoli keyingi yillarga kelib, yaxshilanish o‘rniga yomonlashib bordi. Ahvolni tuzatish uchun hayotda tub o‘zgarishlar - sifat o‘zgarishlar qilish lozim bo‘lib qoldi. Natijada davr talabiga ko‘ra 1985 yildan yangi siyosiy tafakkur shiori o‘rtaga tashlandi. Shu tariqa mamlakatimiz o‘z taraqqiyoining yangi davriga qadam qo‘ydi.
O‘tgan qisqa vaqt ichida halqimiz yangi siyosiy tafakkur tufayli ko‘pgina tadbirlarni amalga oshirdi. Oqibatda hayotda demokratiya va oshkoralik kuchaydi. Har narsani o‘z nomi bilan atashga , yaxshini yaxshi, yomonni yomon, jinoyatni jinoyat deb ochiqchasiga aytish imkoniyat yaratildi.
Adabiyot yangi kun fikr, yangi obrazlar bilan boyidi. Asarlarning g‘oyaviy mazmunidagi emas, shaklida ham o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Yangi siyosiy tafakkur sharofati bilan 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab adabiyotimizda tanqidiy rux, oshkoralik va demokratiya misli ko‘rilmagan tarzda o‘sa bordi. O‘zbek adabiyoti 8- yillarga kelib o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi
Bu davrda halq ommasining jamiyat hayotidagi hal qiluvchi roli tiklandi. Halqning siyosiy ongi va dunyo qarashida tub sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Shu bilan bog‘liq holda halq ommasining talab va istaklari ortdi. Yangi firk, yangi g‘oyalar maydonga chiqdi.
Endilikda mustaqillik tufayli O‘zbekiston yozuvchilari hayot haqiqatini butun borlig‘i va murakkabligi bilan ro‘y - rost aks ettirish yo‘lidan bormoqdalar. Bu holni adabiyotimizning hamma janrlarida ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa she’riyatimiz realizm - haqqoniylik kuchaydi. Chunonchi avvallari G‘ hususan, turg‘unlik yillari da G‘ inson mehnati ko‘pincha bir tomonlama, oson ish sifatida dabdabali qilib, aks ettirishardi. Shunisi muhimki, qayta qurish davriga kelib bu mavzu, chunonchi, paxtazor mehnatining og‘irligi va uning o‘ziga xos mashaqqatlari butun borlig‘i bilan aniq tasvirlana boshlandi. Bu jihatdan , ayniqsa, A. Oripov. E. Vohidov, R. Parfi, O.Matjon, U.Azim, Sh. Raxmon, A. Suyun, M. Yusuf, Z. Mo‘minova va boshqa qator shoirlarimizning sermahsul ijodi xarakterlidir. Ularning she’rlarida halq va jumxuriyat hayotini yaxshilashga qaratilgan muammolar, oddiy inson qadr - qimmatini tiklash va ko‘tarish, o‘zbek tiliga davlat tili ma-qomini berilishi kabi dolzarb mavzular teran aks etgan. Bu albatta, so‘nggi yillarda adabiyotda haqqoniylik, oshkoralik, tanqidiy ruh kuchayganligining samarasidir. Jamiyatni qayta qurish davrida lirika singari liro - epik she’riyat yangi zamon ruhini to‘g‘ri aks ettirdi. Dostonchilikda oshkoralik, avvallari
aytish mumkin bo‘lmagan gaplarni topib dangal yozish, odamlar onggiga haqiqatni chuqur singdirish odati kuchaydi. A. Oripovning «Ranjkom», S. Akbariyning «Qatog‘on», O.Matchonning «Nega men?», A.Suyuning «O‘zbekiston», X.Davronning «Vatan haqida yetti rivoyat» kabi dostonlarida poklik bilan nopoklik o‘rtasidagi hayot - mamot kurashi, shaxsga sig‘inish davrining illatlari va ularning fojeali oqibatlari o‘rin obrazli ravishda tasvirlab berildi. Bu davrda nasrida shaxsga sig‘inish va turg‘unlik davridagi hayotni tanqidiy nuqtai nazardan talqin etib tasvirlovchi publitsistik maqolalar, hikoya va ocherklar , qissa va romanlar yaratildi. Yangi zamon g‘oyalarini ifodalashda O. Yoqubov O‘. Xoshimiov, P. Qodirov, A. Ibrohimov, S. Azimov publitsistika imkoniyatlaridan ustalik bilan foydalangan bo‘lsalar, A. Muxtor, Mirmuxsin, U. Umarbekov, Sh. Xolmirzaev, U. Ksmonov hikoya janrda samarali ijod qildilar.
O‘zbek romanchiligida ham zamon talablariga hozirjavoblik kuchaydi. Qisqa vaqt ichida turli mavzularda o‘nlab romanlar yozildi. «Oq qushlar oppoq qushlar» O. Yoqubov, «Lolazor» M. Muhammad Do‘st, «Jinoyatchilik» S. Ahmad, «Ilon o‘chi» Mirmuxsin, «Unutilgan sohillar» N . Qobil; «Mungli ko‘zlar» X. To‘xtaboev kabi romanlar tezkorlik va hozirjavoblik bilan yaratilgan bo‘lishi bilan birga badiiy jihatdan pishiq. Binobarin bu yirik asarlarning aksariyati o‘zbek romanchiligida yangilik bo‘ldi. Bu romanlarning mavzui yangi bo‘lganidek, ularda tanqidiy ruh,. Oshkoralik kuchli. Bu yangi romanlarda turg‘unlik davrining jumhuriyat hayotining turli sohalariga yetkazgan ziyon- zaxmatlari yaqqol taqqoslanib tasvirlab berilgan.
Demak, o‘zbek romanchiligi hozirgi zamonnning muhim mavzularini tasvirlash bilan birga badiiy mahorat masalasiga ham alohida e’tibor bermoqda. Shuning uchun ham yangi romanlarimizning o‘qimishli - qiziqarligi bilan kitobxonlarni jalb qilmoqda.
A D A B I Yo T L A R :
Mirzaev S. Shermuxammedov S. Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi «O‘zbekiston » nashriyoti, T - 1993 y. 68 -76 betlar.
O‘zbek adabiyoti,. II- sinf uchun darslik,. «O‘qituvchi » nashriyoti T- 1995 305 - 318 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |