50 - 80 - yillar adabiyoti. 50-yillarning o‘rtalarida mamlakatda erkinlik shabadasi esa boshladi. Shaxsga sig‘inish oqibatlarini tugatish, demokratiyani kengaytirish, qonunchilikni tiklash iqlimi qaror topa boshladi, erkin ijodiy fikrlashga birmuncha imkon
yaratildi. Fan - texnikani rivojlantirishda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishildi.
Respublikamizda adabiy hayotni sog‘lomlashtirish yuzasidan muxim tadbirlar amalga oshirildi. 30 - yillarda shaxsga sig‘inish qurboni bo‘lgan A. Qodiriy, So‘fizoda, Cho‘lpon, Fitrat, U.Nosir singari adiblarga qo‘yilgan asossiz ayblar olib tashlandi, ularning asarlari xalqqa qaytarildi. 40 - yillarning oxiri 50 - yillarning boshlarida qatog‘onga uchragan M. Shayxzoda, Shuxrat, S. Ahmad, Shukrullo kabi adiblar oqlanib, jo‘shqin ijodiy mexnatga qaytdilar.Ma’naviy merosga munosabatda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolar tuzatildi, adabiyotga bir yoqlama jonlanish, yangi bir ko‘tarilish boshlandi. Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qaxxor, Uyg‘un, K. Yashin, Zulfiya, Mirtemirlar g‘ayrat bilan ijodga kirishdilar.Bu davrda adabiyotidagi yo‘nalishda bir qator sifat o‘zgarishlari paydo bo‘ldi. Voqealarni bor xolicha murakkabligi, ziddiyatlari bilan ko‘rsatishga xarakat qilindi. Adabiyoning mavzu muammolari doirasi ancha kengaydi, jamiyat bosib o‘tgan yo‘lni yangicha tanqidiy idrok etish. Boholash inqilobdavri, 30 - yillar, Vatan urushi va Urushdan keyingi davr. Haqiqatini, shaxsga sig‘inish tufayli kishilar boshigatushgan kulfatlarni aytishga yo‘l ochildi. A.Qodiriy «Sinchalak», «Daxshat», Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» P. Qodirovning «Uch ildiz» Shuxratning «Oltin zanglamas», O.Yoqubovning «Muqaddas» kabi asarlarida, Oybek, Zulfiya, Mirtemir, S. Zunnovaning lirikasida bunday yangi alomatlar yorqin namoyon bo‘ldi.
Adabiyotdagi ana shu o‘zgarishlar hayotbaxsh tamoyilllar 60 - yillar o‘rtalaridan, ayniqsa, 70 - yillarga kelib jiddiy to‘siqlarga duch keldi. Avvalo ko‘pgina yaxshi qarorlar qog‘ozlarda qolib ketdi, taraqqiyotimiz sur’ati keskin susayib qoldi, iqtisodiy - ma’naviy parokandalik kuchaya bordi, mamlakatda tanglik vaziyati vujudga keltirdi. Bu yillar turg‘unlik yillari, deb nom oldi.
80 - yillar ostonasida O‘.Xoshimovning «Teraklar yaproq yozdi», «Nur borki, soya bor», «Dexqonning bir kuni» kabi asarlari kitobxonlarni hayajonga soldi. Maktab bolalarining umri paxtazorda o‘tayotganligi, zaxarli dori sepilgan g‘o‘za bargidek erta xazon bo‘layotgani. Yangi tushgan kelinchaklarning og‘ir mehnat girdobida kechayotgani, qishloqdagi, kasalxonadagi, savdo sohasidagi, oliy o‘quv yurtlaridagi adolatsizliklar qator yetuk ijodkorlar asarlarida zo‘r hayajon bilan qalamga olindi.
Bu davr adabiyotida badiiy tasvir doirasi kengaytirishga bo‘lgan intilish shakl, uslub sohasidagi izlanishlar davom etdi. Ayniqsa she’riyatimiz rang - barang tus oldi. Unda mumtoz adabiyotimizning g‘azal, muxammas, ruboiy, tuyuq kabi she’riy shakllari hamda xilma -xil poetik san’atlarimiz g‘arb she’riyatining sonet. Roman, elegiya kabi turlariri halq qo‘shiqlarini yodga tushuruvchi o‘ta sodda, samimiy satrlar bilan
barobar , mumtoz she’riyatimizga xos murakkab majoziy tagdor misralar yaratildi. Haqiqiy ma’nodagi realistik, falsafiy. O‘ychan she’riyat turi xuddi shu bosqichda o‘zini to‘laroq ko‘rsatdi.
Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Rahmon kabi shoirlar 80 - yillarga kelib, inson ruhiyatini rang - barang qirralarini aks ettiruvchi lirik asarlar yaratdilar. Bu davrga kelib nasrimizdagi shakliy - uslubiy izlanishlar ko‘zga yanada ochiqroq tashlandi. An’anaviy romanchilik uslubi bilan bir qatorda ramziy mushohada asosiga qurilgan asarlar, shuningdek, xilma -xil shakl- uslublar qo‘shilishidan iborat asarlar paydo bo‘ldi.
Avvalo, tarix, inson xotirasi, turmush saboqlari masalalariga qiziqish ortdi. O. Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘xna dunyo», P.Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Avlodlar dovoni», Mirmuhsinning «Memor» kabi asarlari ana shunday intilish samarasidir.
XX asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek adabiyoti taraqqiyotini P. Qodirovsiz tasavvur qilish qiyin. Shu o‘rinda o‘zbek adabiyotining shuhratini ko‘targan adiblardan O. Yoqubov,. O‘. Hoshimov, Sh. Xolmirzaev. G‘. G‘ulom kabilarning ham faxr bilan tilga olish zarur . Ular o‘z asarlarida turg‘unlik davrining kirdikorlari,. To‘rachilikning oqibatlari, milliy boylik sanalgan paxta mahsulotining halq azobiga aylantiriligshi va boshqa salbiy oqibatlar haqida qalam tebratdilar.
XX asarning 80 - yillari o‘z o‘rnida halq hayoti bilan turmush haqiqatlarini solishtirishlari natijasida sodir bo‘ldi. Shu yillar adabiyoti mustaqillik davrining dastlabki qo‘ng‘iroqlarini chalgan edi.
A D A B I YO T L A R
Mirzaev S. , Shermuxammedov S. , Hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti tarixi, «O‘zbekiston» nashriyoti, T- 1993 yil. 17- 68 bet
O‘zbek adabiyoti, II - sinf uchun darslik, «O‘qituvchi» nariyoti T- 1995 y. 146- 283 betlar.
Jamoa, Kollektiv, O‘zbek adabiyoti masalalari, Adabiy tanqidiy maqolalar to‘plami. T- 1959 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |