Mustaqillik davri adabiyoti va vazifalari
R E J A
1990 yillardan keyingi asarlarga bir nazar
Mustaqillik davrining debocha asarlari.
Mustaqillik ma’naviyati va adabiyoti
Jamiyat ijtimoiy va ruhiy muhitlarining shakllanishi bevosita inson faoliyati bilan bog‘liq. Insondagi barcha yaxshi hislatlar asosan oila va ta’lim - tarbiya muassasalarida yaratiladi. Bu ta’lim - tarbiya o‘choqlarida shaxs faoliyatini shakllantirish va uni rivojlantirish uchun tabiiyki, kerakli ,yetarli va zaruriy manbaalar bo‘lmog‘i shart. Bu masalada fikr yuritilar ekan, keyingi davrlardagi ijobiy o‘zgarishlar haqida to‘xtalmoq darkor.
O‘zbek adabiyoti tarixidan ma’lum mashxur ijodkorlardan tashqari ular bilan hamnafas yashab ijod etgan, mumtoz san’at namunalarini yaratgan Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Burxoniddin Rabg‘uziy, Abulg‘ozi Bahodirxon, Amiriy, Feruz, Avloniy, Bexbudiy, Fitra,. Cho‘lpon kabi o‘nlab ijodkorlarni noyob meroslari qayta, to‘la nashr etildi, ilmiy - estetik taxlil qilinmoqda.
Milliy ong shakllanish ma’naviy o‘z - o‘zining tanish, erkin ruhni tarbiyalash ishiga safarbar etilgan adabiyot o‘zining eng iste’dodli vakllari qiyofasida iqtisodiy , siyosiy hayotning barcha muammolariga faol arlashib kelmoqda. O‘zining salmoqli fikrini jamiyat qatlamlariga singdirib bormoqda
Hozirgi she’riyatimizning yetakchi tamoyillarini belgilab berayotgan E Voxidov, A. Oripov, R. Parfi, O. Matjon kabi shoirlarning keyingi yillarida yaratgan asarlari mustaqillik davri adabiyotining debochasi bo‘lib hisoblanishi tabiiy. Chunki , millat dardiga sheriklik, ammo hali anglamagan muammolar hayolidagi qiynoq shoirlar ijodida farzandlik tuyg‘usi, fidoiylik hissi sezilib turibdi. Ayniqsa 80 - yillar bo‘sag‘asida yozilgan E. Vohidovning «O‘zbegim», A. Oripovning «Vatanim manim» kabi asarlari mustaqillik uchun chalingan bong edi.
Keyingi paytlarda Muhammad Yusufning o‘nlab she’rlari millinolab odamlarning qalbidan joy oldi. Mustaqillik davrining dastlabki paytlarida adabiyot maydoniga chiqa boshlagan, o‘z asarlari bilan turg‘unlik davri ma’naviyatini parchalayotgan adiblardan Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st, Xurshid Davron kabilar borki, bular yangi davr adabiyotining ilk vakillaridan hisoblanadi.
Jamiyatdagi keskin o‘zgarishlar sahnaga ham o‘z nafasi va qahramonlarini olib kirdi. Bu masalada turg‘unlik davrining qotib qolgan mafkurasiga isyon tarzida sahna yuzini ko‘rgan Sharof Boshbekovning «Temir xotin »
dramasi fikrimizning dalilidir.
Yangi tafakkurning hayotiga kirib kelganida endigina 8- 9 yil bo‘lsada, bu yillar adabiyotimizda o‘z izini qoldirdi. Chunki bu yillar ijodkorlar uchun izlanish va qizg‘in ijod davri bo‘ldi.
Natijada so‘z san’atining barcha janrlarida muayyan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Eng muximi, ijodkorlarimiz yangi tafakkurning tub mohiyati chuqur anglanganlari holda, uning qo‘llab - quvvatlovchi va bu muxim ishni jadallashtirishga xizmat qiluvchi rang- barang badiiy asarlar yaratilmoqdalar.
Hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘li - rivojlanish bosqichlari o‘ziga xosdir. XX asr adabiyoti tarixi 1917 yildadan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga yangi o‘zbek adabiyoti paydo bo‘ldi, shakllandi, yangi hayot bilan chambarchas bog‘liq holda o‘sdi, ma’suliyatli va sharaflidir. Chunki, asar qahramonlarining onggi, turmush tarzi. Orzu- istaklari, intilish - maqsadlari ham o‘ziga xos, mukammal shaxs sifatida, uning ichki kechinmalaridagi buyuk kelajakka intilish va bu yo‘ldagi to‘siqlarga isyon ko‘taruvchi fikrlar ko‘lamini to‘la yoritishga qaratilishi lozim.
Hozirgi paytda respublikamizda 55 ta oliy, 250 ga yaqin o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida 550 mingga yaqin talaba ta’lim olayotgan bo‘lsa, bular endi mustaqil o‘zbekistonning kelajagini belgilovchi kadrlardir. Bu katta kuch,. Bu yerlarda ta’lim olayotgan yoshlarning ma’naviy boyligini shakllantirish, rivojlantirish uchun o‘zbek adabiyotining roli katta. Bu ulkan vazifa o‘z rnida ijodkorlardan ham , tarbiyachilar ham va pirovard talabalardan ham mustaqil respublikamiz sha’ni - shuhrati, o‘tmishi va kelajagini belgilovchi mexnat faoliyati talab qiladi
A D A B I YO T L A R
Mirzaev S, Shermuxamedov S. , Hozirgi o‘zbek o‘dabiyoti tarixi,.
«O‘zbekiston» nashriyoti T- 1993 y. 73 - 77 betlar
O‘zbek adabiyoti, II-sinflar uchun darslik, «O‘qituvchi» nashriyoti,
T- 1995 y. 316 - 318 betlar.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida, «O‘zbekiston » nashriyoti,
T- 1994 y. 43 - bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |