MAHMUD KOShG‘ARIY
Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot. «Devonu lug‘atit-turk» asarining yaratilishi va tuzilishi. Asarda turkiy tillar leksikasi va morfologiyasining izohlanishi.
Mahmud Qoshg‘ariyning turkiy tillar fonetik qonuniyatlarining kashfiyotchisi ekanligi. «Devonu lug‘atit-turk» asarining tarixiy va ilmiy ahamiyati.
YUSUF XOS HOJIB.
Yusuf Xos Hojib –XI asrning mutafakkir shoiri. Uning hayoti va ijodini o‘rganish tarixi. «Qutadg‘u bilig» dostoni. Uning yaratilish tarixi.
Dostonda didaktika. Unda muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy masalalarning qo‘yilganligi. Asardagi diniy-tasavvufiy fikrlar. Dostonning syujeti va kompozitsion qurilishi. Undagi obrazlarning majoziy xarakteri.
O‘zbek adabiyoti rivojida Yusuf Xos Hojib dostonining tutgan o‘rni va ahamiyati.
AHMAD YUGNAKIY
Ahmad Yugnakiy – o‘zbek didaktik adabiyotining namoyandasi sifatida. Shoir hayoti va ijodini o‘rganish tarixi.
«Hibat-ul haqoyiq» dostonida didaktika. Asardagi ijtimoiy, falsafiy va axloqiy masalalar. Diniy-tasavvufiy fikrlar.
Dostonning qurilishi, badiiy qimmati, badiiy ifoda uslubi, she’riy san’atlar, vazn va qofiya.
Asarning til xususiyatlari. Shoir ijodining turkiy xalqlar adabiyoti rivojidagi o‘rni.
AHMAD YASSAVIY
Ahmad Yassaviy –turkiy adabiyotning yirik vakili. Shoir hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. Ahmad Yassaviy hayoti va faoliyati. Tasavvuf – shoir ijodining bosh mavzusi sifatida. Ahmad Yassaviy «Hikmat»lari – turkiy adabiyotning nodir namunasi.
Ahmad Yassaviy «Hikmat»larining badiiy qimmati.
Ahmad Yassaviyning turkiy hikmat maktabini ta’sis etishi. Adabiyot rivojida Ahmad Yassaviy ijodining ahamiyati.
XIV-XVI asarlarda ijtimoiy-siyosiy hayot RABG‘UZIY
Mo‘g‘ul xukmronligining zaiflashishi. Temur imperiyasining yemirilishi. Shayboniylar imperiyasining yuzaga kelishi. Shayboniylar haqida ma’lumot. XIV-XVII asarlarda ilm –fan taraqqiyoti.
Davr adabiyotining yetakchi xususiyatlari: dunyoviy adabiyotning maydonga kelishi, o‘zbek adabiyotining boshqa xalqlar adabiyoti bilan aloqasining kuchayishi, yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi o‘rtasidagi munosabatning rivoji, turkiy tilning adabiy til darajasigi ko‘tarilishi, o‘zbek adabiyotining eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishi.
Rabg‘uziy XIV asr o‘zbek adabiyotining yirik vakili. Rabg‘uziyning hayoti va ijodiy faoliyati. «Qissasi Rabg‘uziy» asari. Uning yaratilish tarixi, tuzilishi, g‘oyaviy mazmuni. Hikoyatlarning badiiy xususiyatlari.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati. O‘zbek nasri rivojidagi ahamiyati.
XORAZMIY
Xorazmiy- yirik shoir. Xorazmiy haqida ma’lumot beruvchi manbalar. Shoir ijodining o‘rganilish tarixi. Xorazmiy ijodiga eskicha qarashlarga munosabat.
Sharq adabiyotida noma janri. «Muhabbatnoma asarining yaratilish tarixi, kompozitsiya xususiyatlari. Noma janrining xususiyatlari. «Muhabbatnoma» asarida timsollar, g‘oyaviy yo‘nalishlar. Asar badiiyati. O‘zbek adabiyoti tarixida, XX asr adabiyotida «Muhabbatnoma» an’analari.
Do'stlaringiz bilan baham: |