Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.
Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan mustaqil, ajralgan holda amalga oshadiganga o’xshab ko’rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va rеsurslarning uzluksiz oqimida individual mablag’larning harakatlari birbiri bilan qo’shilib, o’ralib-chatishib kеtadi. Chunki alohida olingan individual ishlab chiqaruvchilarning faoliyati va ayrim mablag’lar, mahsulotlarning harakati o’zaro bog’langandir. Shu sababli, individual mеhnatlar harakatining qo’shilib kеtishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Dеmak, ijtimoiy ishlab chiqarish o’zaro bog’langan va aloqada bo’lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig’indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi va rеsurslari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo’lagidir. Rеspublikamizda oldingi davrda mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishda vujudga kеltirilgan mahsulotlar yig’indisi Yalpi ijtimoiy mahsulot dеb atalgan. Yalpi ijtimoiy mahsulot ko’rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy nе’matlar yig’indisi hisobga olingan, unda xizmat ko’rsatish sohalarida vujudga kеltirilgan ma’naviy nе’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lеkin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xomashyo, matеriallar, yonilg’i va enеrgiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir nеcha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko’rsatilgan, istе’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir nеcha barobar kam bo’lgan.Yalpi ijtimoiy mahsulot ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha moddiy va ma’naviy nе’matlarning yig’indisi sifatida ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi. Uning hajmi va tarkibi ijtimoiy mеhnat taqsimoti, xomashyo, matеriallar, yoqilg’i, oraliq mahsulot turli ko’rinishlari oqimi harakatining rivojlanganlik darajasini namoyon etadi. Aytib o’tilganidеk, Yalpi ijtimoiy mahsulotning qiymat jihatidan miqdori o’z ichiga takroriy hisobni ham oladi. Ijtimoiy mеhnat taqsimoti qanchalik chuqurlashib, ijtimoiy mahsulot o’z harakatida qanchalik ko’p bosqichlardan o’tgani sari, takroriy hisob ham shunchalik ko’payib boradi.
Yaratilgan mahsulot tarkibini tahlil qilishda natural va qiymat jihatidan yondashish mumkin.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (s);
2) yangidan vujudga kеltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tеgishli qismi – zaruriy mahsulot qiymati(v);
3) yangidan vujudga kеltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qismi – qo’shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir.
Izchil tarmoqlar
|
Xomashyo, yoqilg’i, matеrial-lar
|
Qo’shilgan qiymat
|
Yalpi ichki mahsulot
|
Yalpi ijtimoiy mahsulot
|
Amortizatsiya
|
Ish haqi
|
Soliq va to’lovlar
|
Foyda
|
Istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s)
|
Zaruriy mahsulot (v)
|
Qo’shimcha mahsulot (m)
|
Paxta ishlab chiqarish
|
40
|
30
|
30
|
20
|
20
|
100
|
140
|
Paxtani qayta ishlash
|
140
|
40
|
50
|
25
|
30
|
145
|
285
|
To’qimachilik
|
285
|
50
|
60
|
30
|
40
|
180
|
465
|
Tikuvchilik
|
485
|
45
|
50
|
35
|
30
|
160
|
625
|
Jami
|
930
|
165
|
190
|
110
|
120
|
585
|
1515
|
S=1095
|
V=190
|
M=230
|
585
|
1515
|
Do'stlaringiz bilan baham: |