O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“Gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu:___________________________________________________________
Bajardi: __ kurs ___ guruh “____________________” yo`nalishi talabasi
___________________________________________
Tekshirdi: _____________________
Reyting ball: ____
Andijon 2022
Mavzu:
Ishlab chiqarish omillari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Ishlab chiqarish omillari.
Ishlab chiqarish va uning tarkibiy tuzilishi.
Ishlab chiqarish samaradorligi.
Mexnat unumdorligining turlari va omillari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Kirish
Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.Ma`lumki har bir inson o`zining hayoti davomida qaysidir mehnat faoliyati bilan shug`lillanadi. Ya`ni u ishlab chiqarishning qaysidir bo`g`inida bo`ladi. Mehnat faoliyatining maqsadi biror natijaga erishish, masalan, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatishdan iboratdir. Xar qanday xodim yoki ularning guruhi uchun natija samaradorligi, ya`ni vaqt birligi – soat, kun, yil mobaynida ishlab chiqarilgan maxsulot, ko`rsatilgan xizmat miqdori muhim ahamiyatga ega.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar,
eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatstrategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Ushbu kurs ishida ishlab chiqarishning omillari, mohiyati, pirovard maqsadlari, tarkibiy tuzilishi xaqida yoritilib beriladi. Kishilik jamiyatini taraqqiyoti va insonlarni yashashlari uchun zarur bo’lgan moddiy – ne’matlar tabiatda mavjud bo’lsada, ularni inson extiyojlariga moslab tayyorlash , yetishtirish , ishlab
chiqarish va qayta ishlab, ularni tayyor iste’mol maxsulotlariga aylantirish lozim. Buning uchun esa, eng avvalo ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganlarni bo’lishi, ularni o’zaro birikishini shakllantirish lozimdir .Xullas ishlab chiqarishni tashkil etish kerak. Shundan keyin ishlab chiqarishni maqsadi, moxiyati, vazifasi
va uning natijalarini tushunmoq kerak bo’ladi. Maqsad aniq bo’lgandan keyin esa, ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash, samaradorligini oshirib borish va iste’molchilarga to’g’ridan to’g’ri yetkazib berish ustvor vazifaga aylanadi. Biz ushbu kurs ishini tayorlashda asosan shu narsalarga katta ahamiyat qaratdik. Ishlab chiqarishni, iste ’mol, xo’ jalikni tashkil qilish va uni yuritishga
ta’luqli tayanch iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy qonuniyatlar yoritib berishga harakat qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |