Iqtisod nazariyasi



Download 33,94 Kb.
bet1/3
Sana02.08.2021
Hajmi33,94 Kb.
#135906
  1   2   3
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasidan 13


IQTISOD NAZARIYASI.

13- SAVOLNING JABOBI.

Har bir korxona yoki ishlab chiqarish bo’g’inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Bu yaratilgan tovar va xizmatlar har bir korxona yoki bo’linma uchun ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi. Lekin bunday korxonalar soni juda ko’’dir. Masalan, 2004 yil oxirida O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar soni 237,5 mingta edi. Agar bunga yirik davlat korxonalari, qo’shma korxonalar, akstiyadorlik jamiyatlari va kom’aniyalarini qo’shsak xo’jaliklar soni yanada ko’’ayadi. Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab chiqarish bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o’xshab ko’rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz oqimida individual mablag’larning harakatlari bir-biri bilan qo’shilib, o’ralib chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan individual ishlab chiqaruvchilarning yoki xizmat ko’rsatuvchilarning faoliyati va ayrim mablag’lar, mahsulotlarning harakati o’zaro bog’langandir. Shu sababli, individual mehnatlarning harakati qo’shilib ketishi, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab chiqarish o’zaro bog’langan va aloqada bo’lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning yig’indisidir. Har bir individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi, resurslari va mahsulotlari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir bo’lagidir.

Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko’’ turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo’lgan milliy mahsulot vujudga keladi.

Shu yaratilgan jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’idisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi bo’lib hisoblanadi. (Milliy mahsulotning shakllari haqida XIV-bobda batafsil to’xtalamiz).

Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda mavjud bo’lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan mahsulot tarkibida zarur iste’mol buyumlari mavjud bo’lishi shart. Shuning uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo’ladi, bu esa o’z navbatida, ikki yirik bo’linmalar o’rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari juda ko’’ korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo’ladi. Bu esa milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat buladi.

Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo’yicha talab va takliflar o’rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi.

Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:

1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga o’tgan qismi (s);

2) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning bir qismi, ya’ni, ishchilarga tegishli qismi - zaruriy mahsulot qiymati (v);

3) yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (m)dan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, oldingi ishlab chiqarish jarayonlarida yaratilgan va ushbu jarayonda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatidan hamda shu ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan yangi qiymatdan iboratdir. Chunki yaratilgan mahsulotning bir qismidan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qo’lash uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi uchun iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari har qanday asbob-uskunalar, xom ashyo, yoqilg’i va boshqa yordamchi materiallar o’rnini to’ldirib turishi talab qilinadi. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismidan foydalaniladi. Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarishda band bo’lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy mahsulotdan va qo’shimcha mahsulotdan iboratdir.




Download 33,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish