1- mashq. . Mikromatnni makromatnga aylantiring.
Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do‘st bo‘l. Hunarsiz kishida xosiyat boMmaydi. Mehnaidan. ilm-u hunar o‘rganishdan uzoqlashma. («Qobusnoma»dan) 0
2- mashq. “Hayotdagi maqsadlarim va orzularim” mavzusida monologik matn tuzing.
3-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib, monologik va dialogik matnlarni solishtiring.
3-mashq. Quyidagi so’zlar asosida ilmiy matn tayyorlang. Tayyorlamaningizda qo’llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling.
Til, nutq, madaniyat, kishilar ongi, tafakkur, tushuncha, borliq, ijtimoiy, hodisa, tabiiy, jarayon, soflik, aniqlik to’rilik, maqsadli, bilish, o’rganish, odob, aql, mantiqiylik, izlanish, o’qish, og’zaki, yozma, shakl, iborat.
(Nutq matnning tashqi ko’rinishi. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singan. Til kishilar ongini va o’ylagan so’zlarini ommaga taqdim etuvchi vosita. Til tafakkur qilishga undaydi. Til biror fan to’grisida tushuncha beradi. Til- borliq demakdir. Til jamiyatning aloqa almashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy bog’liqdir. Til ijtimoiy harakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi.
4-tоpshiriq. “Turli davlatlarning ta’lim tizimi” matnini tuzing va o‘zbek ta’lim tizimi bilan bog‘lang?
5-tоpshiriq.Matnni ko‘chiring.
So‘z san’atidan foydalanib matnni davom ettiring.
Atrof jimjit. Xazonlarning shabadadan shitirlashi-yu, chaia berkitilgan vodoprovod jo‘mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Hovli to‘ridagi kichkina uy derazasidan ozgina joyga yorug1 tushib turardi (S. Zunnunova)
Mavzu bo‘yicha savollar:
Matn nima? Uning turlariga misol keltiring,
Qanday matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli mazmundagi fikr-axborot almashinuvini ifodalaydi?
Matnning qaysi turi so'zlashuv va badiiy uslubga xos bo‘lib, savol-javob, taklif, xabar-ma’lumot, da’vat, iltimos kabi muloqot mazmunini ifodalashga xizmat qiladi?
Matnning eng kichik birligi nima?
Yoshlikdagi shijoat, g‘ayrat va intiluvchanlik keksalikdagi rohatning garovimi?
Mikromatnni hosil qilishda nima eng muhim vosita?
Adabiyot:
11.Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018
2.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b. .
Mustaqil ish topshiriqlari:
Tilshunoslikning dolzarb masalalariga bag’ishlangan ilmiy maqola ustida ishlash. Maqoladagi sohaga oid atamalar va kalit so’zlar tahlili.
Soha olimlarining ilmiy asarlari bilan tanishish, shu asar asosida reproduktiv testlar tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |