Араб имлоси
|
Кирилл имлоси
|
Маъноси
|
Хозирги спорт турида
|
1
|
|
килич
|
килич
|
Циличбозлик
|
2
|
Й
|
ат
|
от
|
От спорти
|
3
|
У
|
ок
|
ук
|
Камонда ук отиш
|
4
|
|
амаг
|
нишон
|
Камонда ук отиш
|
5
|
|
урук
|
аркон
|
Атлетика
|
6
|
|
уркан
|
кайиш
|
Огир атлетика
|
7
|
¡р
|
улук
|
кайик
|
Сув спорти
|
8-topshiriq«Девон»да келтирилган спортга оид лексик бирликларнинг ҳозирги спорт тури бўйича номини ёзинг
Mavzu bo‘yicha savollar:
O‘z kasbingizga oid atamalar haqida nimalar bilasiz?
Termin va atama tushunchalarining farqini ayting?
Kasbga olid atamalarga misollar keltiring?
Sport sohaga oid terminlar haqida gapirib bering?
Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
Maxsus leksik qatlamlarni izohlab bering.
Terminlarning yasalishiga misollar keltiring.
Adabiyot:
1.Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018
2.Muhiddinova X., Salisheva Z., Po`latova X. O`zbek tili (oliy ta‟lim muassasalari rus guruhlari uchun darslik). – Toshkent: O`qituvchi, 2012. – 288 b.
3. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. – T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet
sоn, 273-mоddа.
5.САРИМСОКОВ Х. А. Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати
Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Tilshunoslikka oid terminlar bo’yicha nostandart testlar tuzish.
6-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Soha tilining xususiyatlari..
REJA:
1..Tilning kommunikativ xususiyati
2 . Soha terminlarining o‘zbek tilida ifodalanishi
Tayanch so‘zlar:nutq, so‘zlashuv, uslub,adabiy, badiiy, ilmiy, til, davlat, ta’lim, dunyo, zamon, fan, ma’rifat, ma’naviyat, matn, Ijodiy-tavsifiy matn, proza, rivoya, tavsif
Mavzuning qisqacha bayoni
Matn va uning ko‘rinishlari
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.
Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin.
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog).
Ma’lutn bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa- buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiiadi. Matnda ifodalangan axborotning hajm belgisiga ko‘ra 2 xil bo‘lib, ular: mikromatn va makromatndir.
Bir necha gapiarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozrna va og'zaki nutq parchasi mikromatn deyiiadi.
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiiadi. Matn mazmun ji- hatidan 2 turga boTinadi: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn.
Ma’lumotnoma matnida bo’lib o‘tgan voqea-hodisa yoki tnavjud holat haqida oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlevchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xaoar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitsistik va ba- diiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.4
Do'stlaringiz bilan baham: |