O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


«Iveko» ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va  «Kochxolding» kompaniyasi a’zosi —  «Otayo‘l»



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

«Iveko»
ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va 
«Kochxolding» kompaniyasi a’zosi — 
«Otayo‘l» 
zavodida O‘zbekiston sharoitiga 
moslab takomillashtirildi. 
1999-yil mart oyida «
SamKochavto» 
qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. 
O‘sha yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 
2000-yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika 
aholisi uchun 
«Otayo‘l» 
rusumli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi. 
Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish 
yo‘llari. 
2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlangan 
edi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «O`zbek modeli» 
maqomiga ega bo‘lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o‘tgan davrida o‘zining 
iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va ama-liy jihatdan asosli ekaniligini ko‘rsatdi. Ammo, 



jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatimizning mavjud imkoniyatlari
omillari va resurslarini uana bir bor jiddiy ravishda ko‘rib chiqib, aniq istiqbolni 
belgilashni taqozo etdi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A. 
Karimovning 
«Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etishning yo‘llari va choralari» 
deb nomlangan konseptual ahamiyatga 
ega bo‘lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag‘ishlangan. Kitob 
quyidagi ikki qismdan iborat: birinchisi — jahon moliyaviy inqirozining 
O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va 
yumshatishga asos bo‘lgan omillar; ikkinchisi — bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, 
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, 
innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun inqirozni 
bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir. 
Kitobda ko‘tarilgan masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy, nazariy 
hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy 
inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta`minlash 
va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko`zlagan rejalarni amalga 
oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo`nalishlarda aniq, 
qat`iy va yuksak ma`suliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan: 
mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy 
inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi 
dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror 
sur'atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash; 
tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni di- 
versifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob 
beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim 
tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash 
yo‘li bilan amalga oshirish; 
qishloq turmush darajasi sifati va qiyofasini tubdan yangi-lashga, qishloq 
joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, 
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini 
tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fer-mer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama 
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog‘langan 
chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish; 
aholi bandligini ta'minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng 
muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal 
rivojlantirish; 
mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng 
muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infra-tuzilmani yanada 
rivojlantirish; 
banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yuri-tuvchi 
subyektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida depozit-larga jalb qilishni 
rag‘batlantirish. 




Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish