2
6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi.
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning
yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
2. Bozor munosabatlariga o‘tishning huquqiy asoslarining yaratilishi.
3. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, uning
vazifalari va yo‘nalishlari.
4. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
5. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
Tayanch so‘z va iboralar:
. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlari. Bozor
infratuzilmasi, xususiylashtirish, kichik va о‘rta biznes, tadbirkorlik, agrar
islohotlar, sanoat, mashinasozlik sanoati.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2016.
2. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш
юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. −Т.: Ўзбекистон, 2017.
3. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.:
Ўзбекистон, 1992.
4. Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос
йўли. –Т.: Ўзбекистон, 1993.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: O‘zbеkiston, 2009.
6. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 1992; ...
7. Jo‘raev N. O‘zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O‘zbekiston
tarixi. – To‘ldirilgan, qayta nashr. –T.: G‘afur G‘ulom, 2009.
8. Shamsutdinov R. Mo‘minov X. O‘zbеkiston tarixi. –T.: Akademnashr, 2019.
9. Ўзбекистон мустақиллик йилларида. – Т.: Ўзбекистон, 1996.
10. O‘zbеkiston tarixi / R.H. Murtazayеva umumiy tahriri ostida. – T.: Yangi asr
avlodi, 2005.
11. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон
тарихи. – Т.: Шарқ, 2000.
Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy
ahvol o‘ta murakkab edi. Iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yo‘liga chiqarish uchun,
mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash kerak edi. Vaziyat eski mustabid tuzumning
rejalashtirilgan iqtisodiyotidan voz kechishni va uning o‘rniga yangi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishni taqozo etdi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun maqbul
bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat
o‘zining tarixiy taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
3
olgan holda, o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu
umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti
munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:
1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan holi etish.
2. Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning tengligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy
himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar
asos qilib olindi.
Ushbu tamoyillar asosida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li
nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik
va iqtisodiy qayta o‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar
jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning
rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash
borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning
XIV sessiyasida (1999 yil 14 aprel) kuyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan
to‘ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi.
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli
ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni,
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat
suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu yo‘lni shakllantirish uchun
iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning
qo‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma – bosqich shakllantirish,
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim
yaratish;
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini
bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos
4
bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan – to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish,
iqtisodni boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy
vositalar va rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash;
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni,
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga
kirib borishini ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy – iqtisodiy
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy
tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:
mulkiy islohotlar;
institutsional va moliya – kredit islohotlari;
agrar islohotlar;
tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari;
ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati
va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mustaqillikning
dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan nogironlarni ijtimoiy
himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish,
fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu kabi respublika qonunlari,
hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi.
Bozor
infratuzilmasining shakllanishi. Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik
maqsadi, avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni
ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni barpo
etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi bosqichi mustaqillik
kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal qilindi. Birinchidan, ma’muriy-
buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari engib o‘tildi, tanglikka barham berildi va
5
iqtisodiyot barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy
negizlari shakllantirildi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiy-
iqtisodiy negizlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z ifodasini
topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan iqtisodiyotga
oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. SHu bilan birga, xususiylashtirish
chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat
jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati
berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obektlari yangi mulkdorlarga
tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar,
bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
Davlat
mulkini
xususiylashtirish
zaruriyati
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo
etishning asosiy
shartidir.
O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat
mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa
shakliga aylantirila boshlandi.
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi.
Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo,
mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida
xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-
yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis
qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq
tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq
me’yoriy
hujjat
qabul
qilindi.
1995-yili
xalq
xo‘jaligida
ommaviy
xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar
tarmog‘i
keskin
ko‘payganligi
bilan
xarakterlanadi.
Davlat
mulkini
xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy
ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga
keldi.
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi,
muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim oziq-
ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx
belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola
boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan
ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
6
Milliy valyuta. O‘zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun
ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. SHu bois, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki
payti – 1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib
turdi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi.
1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi
oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati
so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish
tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston
Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi Farmoniga
muvofiq, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy
valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi.
Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi. Respublika
mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat
ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish tizimini takomillashtirish
maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (1992-yil),
“O‘zbekiston
avtomobil
transporti”
(“O‘zavtotrans”)
davlat-aksiyadorlik
korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti
agentligi), “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va
boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat
ishtirokidagi
aksiyadorlik
kompaniyalari,
korporatsiyalari,
ochiq
turdagi
aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga
aylantirildi.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma –
bosqich o‘tish bozorning ko‘p bo‘g‘inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi.
CHunki muayyan infratuzilmaga ega bo‘lmasdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay
olmaydi. O‘tish davrida bozor infratuzilmasi shakllantirish va kengaytirish
borasida ko‘plab amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shaklantirish va ularni
samarali yuritishga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi
tushuniladi.
№
Do'stlaringiz bilan baham: |