18
soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
«Paxta ishi» oqibatda butun mamlakatimizda parokandalik, loqaydlik,
umidsizlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. O‘zbekiston fuqarolari o‘z
haq – huquqlarini himoya qilishlarini so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya
va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986 – 1987-yillarda faqat O‘zbekiston
Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20
mingdan ortiq kishi Markazqo‘m kotiblari va bo‘lim boshliqlari qabulida bo‘lib,
o‘zlarining talablarini bildirdilar.
Norozilik ayniqsa xotin – qizlar orasida ko‘paydi. 1986 – 1987-yillarda
respublikada 270 ayol o‘zini – o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni,
qadr – qiymatning toptalashi, haq – huquqlarining buzilishiga nisbatan ko‘rsatilgan
norozilik edi. Haqiqat, adolat keyinroq Islom Karimov O‘zbekiston rahbari
bo‘lgach ro‘yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ko‘rib
chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. 3,5 mingdan ko‘proq kishi oqlandi.
Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi avf etildi.
1989-yil may – iyun oylarida Farg‘ona, Toshkent
viloyatlarida va Andijon
shahrida millatlararo mojarolar ro‘y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda
g‘oyat darajada katta shov – shuvga sabab bo‘ldi hamda respublikada siyosiy
vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ammo 1989-yil 24 mayda Quvasoy
shahrida yoshlar o‘rtasida (O‘zbekiston kompartiyasining birinchi kotibi Rafiq
Nishonovning ta’rificha, «bir banka qulpinoy» uchun) bo‘lgan bezorilik
millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib
chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning
siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi.
Natijada, oddiy mojaro Farg‘ona, Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Andijon,
Namangan,
Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga,
millatlararo to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.
Farg‘ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot
vositalarida to‘g‘ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida
asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi
vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va
o‘qiyotgan farg‘onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish
uyushtirib, Farg‘ona voqealari haqida «noto‘g‘ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr
bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo‘ydilar.
Bunday ommaviy chiqishlarga,
kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko‘nikmagan» mustabid tuzum
siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989-yil 8
iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan
o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo‘ldi
(ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilindi. Umuman 3 –
12 iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar va ularni
harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 1009 kishi
jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan.
Farg‘onada uyushtirilgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qorabog‘,
Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990-yil fevral –
mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990-yil iyunda O‘sh va O‘zganda ham shunday
urinishlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora –
19
tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o‘zgarishlar hamda
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini
tezlashtirib yubordi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining
1989-yil 23-iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib
saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. O‘zbekistonning
yangi birinchi rahbari
I.A. Karimov o‘z nutqida respublikaning sobiq Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq-
ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-
odatlar va an’analarni rivojlantirish ob’yektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.
O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni
o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun
respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. I.A.
Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-yil 15-
avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari,
fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari
va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror
qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.
Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada
o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. «G‘oyat og‘ir
ayni o‘sha sharoitda aholiga qo‘shimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi Farmon
va qarorlar qabul qilingani shu asosda, O‘zbekiston bo‘yicha 2,5 million oilaga
hammasi bo‘lib 700 ming gektar sug‘oriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk
qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish,
aytish mumkinki,
jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan
tarixiy qadam bo‘lgan...». Ana shunday o‘zgarishlar tufayli odamlar dunyoda
adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun xalqimiz uchun hech
narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan
ishonch hosil qildilar.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: