O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Epidemiologiyasi.
Kasallik manbai asosan yirik va mayda shoxli hayvonlar
shuningdek, otlar, eshaklar, bug‗ular va cho‗chqalar xisoblanadi. Kasallangan 
hayvon najasi, siydigi, so‗lagi bilan kuydirgi mikrobini ajratib atrof muhitni 
(tuproq, suv, jun va b.) ifloslantiradi. O‗lgan hayvonning qoni, terisi, juni va ichki 
organlari ham ancha vaqtgacha xavfli bo‗ladi. Odamga kuydirgi asosan teri va 
shilliq parda orqali: kasallangan xayvonlarni parvarish qilishda, ularning 
chiqindilari, xom ashyosi (terisi, juni, mo‗ynasi, go‗shti), o‗lgan mollarni jasadlari 
bilan ishlaganda, shuningdek qushxona, teri, jun va mo‗yna bilan ishlovchi 
xodimlarga yuqadi. Kuydirgi kasal xayvon so‗yilganda, nimtalanganda, go‗shti 
iste‘mol qilinganda, shuningdek infeksiyali chang havodan nafas olinganda ham 
yuqishi mumkin. Ayrim hollarda kuydirgini qon so‗ruvchi pashshalar (so‗na, 
chivin) ham yuqtirishi mumkin. So‗nggi yillarda, keng olib borilayotgan 
sanitariya-gigienik va veterinariya tadbirlari hayvonlar go‗shti, terisi, juni ustidan 
doimiy sanitariya nazorati olib borilayotganligi tufayli yurtimizda kuydirgi 
kasalligi juda kam kuzatilmoqda. 
Patogenezi.
Kuydirgi qo‗zg‗atuvchisi organizmga jarohatlangan teri, shilliq 
qavat, nafas yo‗llari orqali tushadi. Teri jarohati orqali kirganda bakterial toksin 
ta‘sirida serozli-gemorragik yallig‗lanish, mikrotsirkulyatsiyani bo‗zilishi, shishni 
hosil bo‗lishi va atrofdagi to‗qimalarda gemorragik o‘zgarishlar, koagulyatsion 
nekrozni yuzaga kelishiga sabab bo‗ladi. Xarakatdagi makrofaglar mikroblarni 


254 
yaqinda joylashgan limfa tugunlariga olib kirib limfadenit rivojlantiradi. Agarda 
bakteriyalar tusiqlardan o‗tib qonga tushsa bakterimiya kuzatilib kasallikni 
tarqalgan shakli rivojlanadi. 
Klinikasi.
Yashirin davri 2-3 kun, ba‘zan 6-8 kunga cho‗zilishi, yoki bir 
necha soatgacha qisqarishi mumkin. Infeksiyaning organizmga kirish yo‗liga 
qarab, kasallik turlicha: teri va septik xillarda kechadi. 
Kuydirgi ko‗pincha teri karbunkuli ko‗rinishida kechadi. Kasallikning 
birinchi kuni bemor darmonsizlik xis etib, biroz badani qaqshaydi va boshi 
og‗riydi, keyingi kuni eti uvishib, qaltiraydi va tana xarorati tezlik bilan 39-40°C 
gacha ko‗tariladi, bosh va tana og‗rig‗i kuchayadi, uyqusi buziladi. Terida, 
kuydirgi tayoqchasi kirgan joyda qichishadigan qizil tuguncha (papula) paydo 
bo‗ladi. Bir necha soatdan so‗ng tuguncha ichida seroz suyuqlik yig‗ilib, diametri 
2-3 mm li pufakcha (vezikula) hosil bo‗ladi. Keyinchalik pufakcha ichidagi 
suyuqlikka qon aralashadi. Pufakcha yorilgach, o‗rnida yara (karbunkul) paydo 
bo‗ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo‗ng‘ir rangli qora qo‗tir bilan qoplanadi. 
Kuydirgini lotincha "Antrax" (ko‗mir) deb atalishining boisi ham shundadir. Qora 
qo‗tir doirasi asta-sekin kattalashib boradi, gardishida qizil hoshiyali bo‗rtma va 
mayda pufakchalar paydo bo‗ladi. Yara atrofida bunday mayda pufakchalarning 
paydo bo‗lishi, ancha keng joyda shishning bo‗lishi va bu karbunkul hamda 
shishning og‗riqsizligi kuydirgiga juda hos bo‗lib, boshqa o‗xshash yaralardan 
farqlashimizda ahamiyatlidir.


255 


Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish