O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Suvchechakni 
chaqaloqlar 
va 
erta 
yoshli 
bolalarda 
kechishi 
xususiyatlari.
Suvchechak bilan umumiy kasallanishning 25% ni 1 yoshgacha 
bo‗lgan bolalarga to‗g‗ri keladi. Yangi tug‗ilgan bolalarda kasallik postnatal 
yuqqanida kechishi o‗ziga hos bo‗ladi. Masalan, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda 
kasallik umum infeksion belgilardan boshlanadi. Birinchi kunlaridanoq xolsizlik, 
bezovtalik, ishtaha yo‗qligi, qayt qilish, ich surilishi kuzatiladi, ammo xarorat bir 
oz ko‗tarilgan yoki me‘yorida bo‗ladi. Toshmalar kechikib, 2-5 kunlari toshadi, 
mo‗l bo‗ladi, polimorfizm, ya‘ni terida papula, vezikula, pustulalarni ko‗rish 
mumkin, ba‘zida toshmalar bitta element bosqichida to‗xtab qolganday bo‗ladi. 
Toshmalar avjida xarorat juda baland, gipertermiya, talvasa sindromi, xushning 
yo‗qolishi, toshmalarni gemorragik tus oladi. Kasallik og‗ir kechib neyrotoksikoz, 
meningoensefalitik reaksiyalar, ichki organlarni shikastlanishi kuzatiladi. Yangi 
tug‗ilgan chaqaloqlar, erta yoshli bolalarda ikkilamchi bakterial infeksiya tez 
qo‗shilib birinchi o‗chog‗lar – piodermiya, flegmona, abssesslar, zotiljam paydo 
bo‗ladi. 
Bir vaqtning o‗zida bu yoshdagi bolalarda onasini qoldiq immuniteti bo‗lsa, 
yoki bola yashirin davrda immunoglobulin, plazma olgan bo‗lsa suvchechak 
rudimentar yoki juda yengil o‗tishi ham mumkin. 
Tug„ma suvchechak
. Homiladorlikni dastlabki oylarida ayol infitsirlansa, 
suvchechak virusi terotogen ta‘sir qilishi mumkin. Ammo amaliyotda suvchechak 


214 
virusi ta‘sirida embrio- va fetopatiya bilan tug‗ilgan bolalar kam bo‗ladi. 
Homilador ayol suvchechak bilan og‗rishi homilani davomiyligiga ta‘sir qilmaydi. 
Homiladorlikni oxirgi kunlari suvchechak bilan kasallanishda tug‗ma suvchechak 
kelib chiqishi mumkin. Suvchechakni yashirin davri 11 kundan 23 kungacha 
bo‗lgani sababli, 11 kungacha bo‗lgan yangi chaqaloqlardagi kasallik tug‗ma 
xisoblanadi.
Tug‗ma qizilchada yashirin davr qisqa – 6 kundan 16 kungacha bo‗ladi. 
Kasallik o‗rta og‗ir va og‗ir turlarda o‗tadi. Ichki organlarni shikastlanishi bilan 
o‗tuvchi tarqalgan (visseral) tur tez-tez uchrab turadi. Ammo o‗ta yengil, 
rudimentar turlar kam uchraydi. Tug‗ma suvchechakni og‗irligi yuqish 
muddatlariga bog‗liq bo‗ladi. Homilador ayol tug‗ish arafasida suvchechak bilan 
og‗risa, chaqaloqda kasallik 5-10 kuni rivojlanib, og‗ir o‗tadi, ko‗p hollarda o‗lim 
bilan yakunlanadi. Homilador ayol tug‗ruqdan 5-10 kun avval kasallansa, 
chaqaloqda kasallik belgilari tug‗ilishi bilanoq ko‗rinib, kasallik yengil o‗tadi, 
o‗lim bo‗lmaydi. Bunga sabab, 2-holatda onada maxsus antitelalar hosil bo‗lib, 
bolaga yo‗ldosh orqali o‗tadi, 1-holatda esa maxsus antitelolar hosil bo‗lib 
ulgurmaydi. 
Tug‗ma suvchechakni oldini olish uchun homilador ayol homiladorlikni 
oxirgi muddatlari suvchechak bemori bilan muloqotda bo‗lsa va ilgari suvchechak 
bilan og‗rimagan bo‗lsa 20 ml immunoglobulin yuborilishi tavsiya qilinadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish