O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Davolash
. Davolash tamoyillari gepatit A va gepatit B ga o‗xshash bo‗ladi, 
faqat surunkali turga o‗tish ehtimoli yuqoriligi uchun barcha hollarda o‗tkir gepatit 
C da virusga qarshi davo o‗tkazish tavsiya etiladi. Hozirda virusga qarshi dori 
asosida Sofosbuvir saqlagan dori preparati keng qo‗llanilmoqda (Gepsinat, virpas, 
virso, lisof). VGC genotipi aniqlanib, jigardagi o‗zgarishlarni hisobga olib 12 yoki 
24 hafta davomida bu preparatlardan biri berilsa samara yaxshi bo‗lmoqda. Bu 
hollarda surunkali turga o‗tish ehtimoli yo‗qolib, virus eleminatsiyasi 
kuzatilmoqda.


131 
Oqibatlari
. Bemorlarni shifoxonadan chiqarish va dispanserizatsiyasi gepatit 
B kabi bo‗ladi. Umuman o‗tkir HCV infeksiya 85-90% hollarda surunkali tus 
oladi, 10-15% hollarda tuzalish bilan yakunlanadi. 
HBV va HDV infeksiyalarini oldini olishni asosini HBV ga qarshi 
vaksinatsiya belgilaydi. HCV ga qarshi vaksina xanuz yaratilgani yo‗q. 
O‗zbekiston Respublikasi xududida 2002 yildan boshlab 0-2-6 oy sxemasi 
bo‗yicha HBV infeksiyaga qarshi vaksinatsiya o‗tkazilmoqda. Dastavval Belgiyani 
«Endjeriks B» vaksinasi ishlatilgan bo‗lsa, keyingi yillarda Janubiy Koreyani 
«Euvaks B» geppo-injener vaksinasi ishlatilmoqda. Tajriba bu vaksinalarni 
xavfsizligi va samaradorligini ko‗rsatdi. O‗zbekiston xududida 5 yoshgacha 
bo‗lgan bolalarda gepatit B keskin kamaydi. HCV ga qarshi vaksina yo‗qligi, uni 
oldini olish uchun umumiy profilaktik choralar ko‗rilishini taqozo etadi. 
Sxema 3. Gepatit C klinik natijalari
 
 
SARIQLIK SINDROMI TASHXISI 


132 
Sariqlik (icterus) belgisi bu terini, ko‗zning oqini va shilliq pardalarni sariq 
rangga bo‗yalishidir. Buning sababi bo‗lib, qondagi bilirubin moddasining 
ko‗payishi natijasida inson organlarida, to‗qimalarida bilirubin moddasining singib 
qolishi xisoblanadi. Sariqlik belgisi, asosan jigar va o‗t yo‗li kasalliklarida, qizil 
qon tanachalarining ishlab chiqish va ularning qonda yashash jarayonida sodir 
bo‗ladigan holatlarda paydo bo‗ladi. Olimlarning taklifi bilan kasallik jarayonining 
sababi va kechishiga qarab sariqlik sindromi uchga bo‗linadi. 
1.
Jigar faoliyatiga bog‗liq bo‗lmagan yoki jigar ustki sariqligi. Bunda 
birlamchi bo‗lib, qizil qon tanachalarining o‗ta tezlikda parchalanishi sababli 
paydo bo‗ladi. 
2.
«Jigar faoliyati bilan bog‗lik» bo‗lgan sariqlik. Bunda jigar 
to‗qimalarining faoliyatini buzilishi (zararlanishi) o‗t yo‗li mayda tomirlarining 
ishi buzilganligi natijasida sariqlik belgisi paydo bo‗ladi. Bu holatda bilirubin 
moddasini qonda ko‗payishiga sabab

uni metabolizmi yo‗lidagi ayrim to‗siqlari va 
jigar hujayralarida bilirubin almashinuvi buziladi. 
3.
Jigar osti sariqligi. Bunda kasallik jigardan tashqaridagi o‗t 
yo‗llarida bo‗ladi. Qondagi bilirubinning ko‗payishiga sabab jigardan tashqari o‗t 
yo‗llarida o‗t xarakatini qiyinlashuvi yoki uning butunlay to‗sib qo‗yishi sabab 
bo‗ladi. 
Teridagi sariqlik belgisi, teri to‗q sariq rangda bo‗lsa (icterusflanis), ko‗kimtir 
sariq (verdenicterus), teridagi sariqlik qizg‗ish tuslansa (rubinicterus) deb ataladi. 
Eng avvalo sariqlik belgisi ko‗zning oqida, til ostida va tanglay shilliq pardalarida 
paydo bo‗ladi. Bilirubinning qondagi miqdori ma‘lum bir me‘yorda bo‗lganda 
ham, sariqlik belgisi aniq yoki noaniqroq ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Masalan, 
ozg‗in, ya‘ni teri osti yog‗ to‗qimasi kam odamlarda terisini sariqligi to‗qroq 
ko‗rinadi, aksincha semiz odamlarda teri ostidagi yog‗ qatlami ko‗p bo‗lgani 
uchun bilirubinni yog‗ o‗ziga ko‗proq bog‗lash xususiyatiga ega bo‗lganligi 
sababli, bunday odamlarda teridagi sariqlik belgisi kamroq yuzaga chiqadi. 
Kamqonlikda ham teridagi sariqlik bilinar-bilinmas ko‗rinadi. Shuningdek yangi 


133 
tug‗ilgan chaqaloklarda ham qonda bilirubin kamayganligiga qaramay, teridagi 
sariqlik kam bo‗ladi, chunki chaqaloqlarning to‗qimalarida bilirubin bilan 
bog‗lanish xususiyati yaxshi rivojlanmagan bo‗ladi. Teridagi sariqlik belgisi faqat 
qondagi bilirubinni ko‗payishi bilangina bog‗liq bo‗lmasdan, balki ba‘zi bir xil 
moddalar odam organizmida ko‗paysa ham terida sarg‗ayish alomati paydo 
bo‗ladi. Chunonchi, karotin moddasi ko‗payganda, akrixin dori sifatida 
qo‗llanganda, tripoflavin moddasi qonda ko‗payishi natijasida va boshqa holatlarda 
ham sariqlik belgisi bo‗lishi mumkin. Lekin bunday holatlarda ko‗zning oq pardasi 
kamdan - kam sarg‗ayadi va qondagi bilirubin moddasining miqdori ko‗paymaydi. 
Demak, sariqlik belgisining sababini aniqlashda, bilirubin moddasini organizmda 
paydo bo‗lishi va uning almashuvi yo‗llarini yaxshi bilish zarur, chunki sariqlik 
belgisi ko‗pincha bilirubin moddasining almashinuvidagi o‗zgarishlar natijasi 
sifatida klinikada namoyon bo‗ladi. Shuning uchun sog‗lom odamlarda bilirubin 
moddasining almashinuvi jarayonini bilish maqsadga muvofiqdir. 
Jigar odam tana massasini 2-3 % ni tashkil qiladi. Mohiyat jixatidan 
organizmning bioximik laboratoriyasidir. Jigar hujayralari - gepatotsitlar barcha 
jigar hujayra elementlarining 60% ni tashkil qiladi. Xar bir jigar hujayralarida 400 
gacha mitoxondriyalar bo‗lib, uning ba‘zi segmentlarida modda almashinuvining 
maxsus reaksiyalari o‗tadi. Jigar to‗qimasida juda ko‗p oqsil -fermentlar bordir. Bu 
oqsil fermentlar jigar mikrosomalarida sintez bo‗ladi, ular 50% yaqin RNK dan 
tuzilgan. Jigar hujayralaridagi mitoxondriyalar oksidlovchi va gidroksidlovchi 
fermentlarga boydir. Ularga Krebs siklidagi yog‗ kislotalarini parchalashga 
qatnashadigan fermentlar, hamda fosforlik oksidlanishda ishtirok etadigan 
fermentlar kiradi. Jigardagi fermentlar quyidagilardir: lipaza, amilaza, fosforilaza, 
izofosforilaza, proteaza, xolesteraza, letsitinaza, fosfataza, erginaza, katalaza
sitoxromoksidaza, 
yog‗ 
kislotalari 
degidragenazalari, 
aminokislotalar 
degidrogenazalari, dekarbaksilaza, aminotransferaza, glyutaminaza, gistidaza, 
disulfuraza. Jigarda faqatgina albuminlar sintez bo‗lmasdan, qondagi ba‘zi 
globulinlar, fibrinogen, protrombin ham sintez bo‗ladi, oxirgilari qon ivishida 
ishtirok etadigan oqsillardir. Jigar funksiyasi ko‗p qirralik bo‗lib, oqsil, mochevina, 


134 
glikogen, lipid, pigment hosil qilish va antitoksik funksiyalari kiradi. Jigar 
organizmda vitaminlarning asosiy deposi xisoblanadi, xolesterolni sintez qiladi, 
undan esa lipidlarni hazm qilish va so‗rilish uchun zarur o‗t kislotalari hosil 
bo‗ladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish