O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Epidemiologiyasi
. Kasallik qo‗zg‗atuvchisining disseminatsiyasida qon 
so‗ruvchi kanalarni oziqlantiruvchi xayvonlar (quyonlar, afrika tipratikonlari, 
qo‗ylar, sigirlar, echkilar) katta ahamiyat kasb etadi. Virurslar kishi organizmiga 
transmissiv yo‗l, kana so‗lagi, kontakt, o‗zida viruslarni tutgan bemor ajratmalari 
orqali tushadi. 
Atrofdagi kishilar uchun bemorlar kasallikning birinchi kunlari, ayniqsa qon 
ketishi boshlangandan so‗ng juda xavfli xisoblanadi. Qrim gemorragik isitmasi 
kontakt yo‗l bilan yuqqanda, kasallikning kechishi bir muncha og‗irroq bo‗lib, bu 
narsa virusning tirik to‗qimalar orqali yuqqanda patogenlik xususiyatininig ortib 
ketishi bilan bog‗lab tushuntiriladi. Kasallik – bahor va bahor-yoz faslida ko‗proq 
uchraydi, ya‘ni mavsumiylikka ega. Ko‗proq qishloq aholisi kasallanadi. 
Kasallanish yoshga bog‗liq bo‗lmasada, lekin ko‗krak yoshidagi bolalarning 
kasallangan holatlari kuzatilgan. 
Patogenezi. 
Teri orqali organizmga tushgan virus retikuloendotelial 
hujayralarda yig‗ilib, so‗ng qonga o‗tadi va virusemiyaga sabab bo‗ladi. Viruslar 
qon tomirlar endoteliysiga vazotrop ta‘sir etish orqali va gipotalamus markazlarni 
hamda bo‗yrak usti bezi po‗stlog‗ini zararlab, tomirlar parezi rivojlanishiga va 
o‗tkazuvchanlikning oshib ketishiga sabab bo‗ladi. 


225 
Klinikasi
. Kasallikning inkubatsion davri 7 - 10 kunni tashkil etadi. Kasallik 
bemorning eti uvishib, qaltirash bilan boshlanadi. Tana xarorati birinchi sutkada 
yuqori darajagacha ko‗tariladi.
Gemorragik toshma toshish oldi davri bir necha soatdan 6 - 8 kungacha 
davom etadi va bu davrda umumiy zaharlanish belgilari paydo bo‗ladi: qattiq bosh 
og‗riydi, bo‗g‗imlar va mushaklarda, butun tanada og‗riq paydo bo‗ladi. Behollik 
va tez charchab qolish hollari kuzatiladi. Ba‘zan bosh aylanishi, og‗izning qurib 
qolishi, chanqash, yengil kataral belgilar paydo bo‗lib, bemor alahlaydi, ba‘zan 
hushidan ketadi, boldir, mushaklarda qattiq og‗riq bezovta qiladi. Isitma 
turg‗unlikka ega bo‗lib, 7—8 kun davom etishi mumkin. Ko‗pgina hollarda «ikki 
to‗lqinli» isitma chizig‗i kuzatilib, 3—5 kun xarorat bir oz pastga tushadi. 
Gemorragik belgilar turli darajada bo‗lib, xarorat tushishi bilan bu belgilar o‗tib 
ketishi mumkin. 
Qrim gemorragik isitmasida toshmalar petexial xarakterda bo‗ladi. Ko‗pincha 
bemorlarda buyrakning zararlanishi kuzatiladi, lekin buyrak sindromi bilan
kechadigan gemorragik isitmadagi kabi buyrak faoliyatini ko‘rsatuvchi funksional 
yetishmovchiligi aniqlanmaydi. 
Periferik 
qonda 
leykopeniya, 
neytropeniya, 
trombotsitopeniya 
kabi 
o‗zgarishlar bo‗lib, EChT ortib ketadi. Bolalarda leykopeniya va trombotsitopeniya 
ertaroq paydo bo‗ladi.
Uzoq davom etish bilan xarakterlanadigan rekonvalessensiya davrida qon va 
siydikdagi o‗zgarishlar asta-sekin me‘yoriga kela boshlaydi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish