(suyuq va qattiq tanada ichki ilashish, ko’pchilik kristallarning
barqarorligi va
boshqalar bilan shartlangan molekulalar orasidagi o’zaro ta’sir kuchlari) Van der
Vaals kuchlari bilan bog’langan. Ikkinchi ko’rinish – xemosorbtsiya – adsorbtsiya.
U kimeviy reaktsiya bilan kuzatilib boriladi. Xemosorbiya asosida ionlar orasidagi
kimeviy aloqalar (kovalent) yetadi. Turli xil adsorbtsiya ko’rinishlarida hosil
bo’luvchi, fizik va kimeviy deb ataluvchi pardalar muxim darajada o’zlarining
xossalari bo’yicha farq qilishadi.Avval moylash - sovitish suyuqliklari tarkibiga
fizik pardalarni hosil qiluvchi sirtqi aktiv moddalar (yog’li kislotalar va efirlar)
kiritilgan. Ular siljishga yaxshi qarshilik ko’rsatadi, Lekin meoyoriy bosimga
ancha yomon qarshilik ko’rsatadi va past haroratda uning mavjudligi to’xtaydi
(masalan, yeg’li kislota pardalari – 90 – 142
0
S haroratda). Xozirgi vaqtda kimeviy
aktiv moddalar (oltingugurt fosfor va azot saqlovchi birikma ) keng qo’llaniladi.
Ular yuqori singish qobiliyatga ega va deyarli darxol metalning qaytadan hosil
bo’lgan plastik deformatsiyalangan yuzasi bilan katta kimeviy pardalar hosil qilib
normal bosimlarga bardosh beradi, (500-1000
0
S gacha) yuqori haroratda saqlanib
qolib, siljishning kichik qarshiligi sababli ishqalanish kuchlarini keskin kamaytirib
yuboradi. Bu suyuqliklar katta kuchlar ta’sirida va haroratlarda o’zining
moylash
xususiyatlarini yo’qotmaydi, qiyin ishlov beriladigan metallarni va qotishmalarni
(zanglamaydigan, issiqbardosh, magnit, qiyin eruvchi va boshqalar ) kesib
ishlashda qo’llaniladi. Sovitish-moylash suyuqliklari kesish jarayoniga ta’sir
o’tkazadi, uning mexanizmi quyidagicha bo’ladi. Kuchlanishlar ta’siri ostida
metalning deformatsiyalanishi va qirindini ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi
metall
tarkibidagi nuqsonlarni maqsadliligiga asta-sekin ajralishiga yordam beradi. Bu
nuqsonlarning rivojlanishi yengillashadi. Ishlov beriladigan metallning sirtqi
qatlamida oquvchanlik chegarasi va siljishga qarshiligi kichik bo’lgan yupqa
qatlamlar hosil bo’ladi. Metalda adsorbtsion yumshatish sodir bo’ladi. Bundan
tashqari sirtqi qatlamlarda yupqa, siljishga kichik qarshilikka ega bo’lgan, lekin
metall yuzlarini mustahkam ushlab turuvchi pardalar hosil bo’ladi.
Shuning uchun parchalanish qirindi ajralishi tashqi kuchlarning kichik kattaliklari-
da sodir bo’ladi. Sovitish-moylash suyuqliklari kesish jarayonida sovitish ta’sirini
ham ko’rsatadi. Ular hosil bo’luvchi
issiqlikni singdirib qolmasdan, uni ajralib
chiqishini ham kamaytiradi. Suyuqlikning issiqlikni olib ketish qobiliyati uning,
parlanish tezligi, solishtirma issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanlik va harorat
o’tkazuvchanligi bilan aniqlanadi. Suv eng yaxshi sovitish xususiyatlariga ega,
Lekin u metall yuzalarni yomon namlaydi, ularni zanglashga olib keladi va bak-
teriyalarni ko’payishiga yordam beradi. Suvni par hosil
qilish issiqligi - normal
sharoitdagi qaynash haroratiga (100 S) 2,26 Mdj/kg (540 kol/ch) teng. Mineral
moy par hosil bo’lishining yashirin issiqligiga ega va ular suvnikidan bir necha
marta kichik [ 0,17 – 0,31Mdj/kg (40 – 75kal/g)]. Bu moddalar parlanish tezligi
bo’yicha ham katta farq qiladi. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi moylarga nis-
batan taxminan ikki marta katta (4,19 kdj/ ( kg grad ) 1,68 – 2,10 kdj/ (kg grad ).
Metallarga ishlov berishda qirindi va changning zarrachalarini bir – biri bilan
yopishishini
va ularni kesuvchi asbobga, detalga va dastgoh detallariga yopishib
qolishining oldini olish zarur. Sovitish-moylash suyuqligi yuzada qirindi
bo’laklarini va adsorbtsion - namlovchi pardalarning ifloslanishini hosil qilib, yu-
zani bo’lib tashlaydi va yopishishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari qirindi
bo’laklari va changlar suyuqlik oqimi bilan yuvib tashlanadi. Ishlov beriladigan
detal, kesuvchi asbob va dastgoh qismlarini zanglanishining oldini
olish muxim-
dir. Moylash – sovitish suyuqligining saqlovchi ta’siri metall yuzalarida kolloid
adsorbtsion pardalarni hosil bo’lishidan iborat. Ular metall yuzalariga suvlar,
kislotalarning ta’sir etishidan saqlaydi. Sovitish-moylash suyuqliklarining bu
xossasiga ta’siri uning boshlang’ich tarkibiga,
ishlov beriladigan materialga,
kesish muhitidagi haroratga, sovitish shartiga, atmosfera va atrof muxitga bog’liq
bo’ladi. Suvning bunday ta’siri elektrolit ishqorlarini yoki emulg’siyalarni
qo’shish bilan yo’qotiladi. Mineral va o’simlik moylari korroziyani hosil qilmaydi.
Sirtqi – aktiv moddalar ayrim xollarda korroziya manbai bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Bunday xollarda korroziya ingibitorlari qo’llanilishi zarur. Sovitish-
moylash suyuqliklarining korroziyalovchi ta’siri eskirishda o’sishi mumkinligini
nazarda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: