Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
1.3
Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatma
2.
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari
2.1
Mustaqil ta’lim bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
2.2
Kurs loyixasi va kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy
ko‘rsatma
2.3
Xisob-chizma ishi, ijodiy va boshqa mustaqil ishlar
3.
Glossariy
4.
Ilovalar
4.1
Fan dasturi
4.2
Ishchi o‘quv dastur
4.3
Sillabus
4.4
Tarqatma materiallar
4.5
Testlar
4.6
Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
4.7
Fanning o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar
4.8
O‘ U M ning elektron varianti
MA’RUZALAR KURSI
MAVZU №10 Energetik balans va uning turlari Reja: 1.Energetik balans tushunchasi.
2.Energetik balans turlari. Iste’mol kartogrammasi. Haqiqiy energetik balans.
3.Normallashgan energetik balans. Kelajakka mo’ljallangan energetik balans.
UMUMIY MAʼLUMOTLAR Energetik balans korxonalarda elektr energiyasidan foydalanishni rejalashtirish va uning xozirgi holatini taxlil qilishda asosiy xujjat hisoblanadi. Energetik balans korxonaning energetika xoʼjaligi va tuman elektr tarmoqlari bilan bogʼliqligini koʼrsatadi, energetika xoʼjaligidagi turli boʼlimlarni ichki bogʼlanish va kelajakda energetika xoʼjaligi rivojlanishini hisobga oladi. Energetik balans alohidagi jarayonlar, agregatlar yoki ularning guruhlari uchun tuzilishi mumkin. Bundan tashqari uchastka, sex yoki umumiy korxona uchun ham tuzilishi mumkin. Qoʼyiladigan vazifalarni bajarish uchun rejali yoki xozirgi davrdagi energiya isteʼmoli va taqsimlanishini hisobga oluvchi balanslar asos boʼladi. Ular 1 yilga tuziladi va kvartallarga boʼlinadi. Аsosiy maqsad - korxonaning ishlab chiqarishini rivojlanish dasturi asosida nisbiy energiya isroflarini kamaytirish va energiya tejamkorlik boʼyicha samarali rejalarni tuzish.
Energetika balansini tuzishda quyidagi talablar qoʼyiladi:
a) Maʼlumotlar shakli oddiy va umumiy korxona boʼyicha boʼlishi kerak. Balanslarning elementlari bir xil oʼxshash xususiyatlari boʼyicha guruhlarga boʼlinishi kerak (foydali isteʼmol boʼlgan energiya, energiyaning tarmoq elementlaridagi isroflar va ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish);
b) Energiya isroflarini alohida texnologik jarayonlariga, kuch va yoritish isteʼmolchilariga ajratish kerak;
v) Balanslarni alohida uchastka, sex, yordamchi isteʼmolchilar va umumiy korxona boʼyicha tuzish kerak.
Keltirilgan talablarni hisobga olgan holda korxona uchun 2 xil balans tuzish mumkin: korxonaning boʼlimi, uchastkasi yoki sexlardagi bor energiya isroflarini hisobga oluvchi balans (ishchi formadagi balans) va umumiy korxona boʼyicha analitik balans. Ishchi formadagi balans yordamida korxonaning uchastka va sexlarida boʼlayotgan energiya isroflarini aniqlaymiz. Lekin bu balanslar yordamida texnologik agregatlari va jarayonlarida boʼlayotgan energiya isroflari toʼgʼrisida hech qanday maʼlumot olinmaydi. Umumiy analitik balansi yordamida olinayotgan elektr energiya miqdori transformator va korxonaning ichki elektr tarmoqlarida boʼlayotgan isroflar, elektr isteʼmolchilarida (motor, payvandlash qurilmasi va boshqalar) bor elektr energiya isroflari toʼgʼrisida maʼlumotlarga ega boʼlamiz.
Tuzilgan energiya balansini taxlil qilishda quyidagilarga eʼtibor qilish kerak:
-korxonadagi haqiqiy energiya isteʼmolini baholash va uni samaradorligini oshirishga bor imkoniyatlarni aniqlash kerak;
-energetika xoʼjaligining elementlarida boʼlayotgan energiya isroflarini aniqlash kerak;
-energiya tejash boʼyicha korxonada bor rezervlarini aniqlash;
-ikkilamchi energiya resurslarining chiqimi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini asoslash kerak;
-alohida texnalogik jarayonlarida va qurilmalarida qoʼllaniladigan elektr energiya sifatini baholash kerak;
-yangi texnika va texnologiyalarni korxonadagi energiya isteʼmolini asosiy koʼrsatkichlariga taʼsirini baholash kerak.
Korxonaning energetika xoʼjaligini yaqin 5-10 yillikda rivojlantirish rejasini tuzishda energetika balansi asosiy xujjatlaridan biri hisoblanadi. Energetika xoʼjaligini iqtisodiy samarasini oshirish uchun, korxonaning elektr energiya isteʼmoliga kompleks yondoshish kerak. Jumladan qurilmaning ish rejimlarini oʼrganib chiqish, energetik xoʼjaligining uchastkalarini oʼzaro aloqasini taxlil qilish, texnalogik va energetik sxemalar ishlashini birgalikda koʼrib chiqish kerak. Qurilmaning energetika balansini taxlil qilish natijasida foydali ish koeffitsientlarini oshirish va mahsulot chiqarishga ketayotgan nisbiy energiya isrofini kamaytirish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Korxonaning energetika balansini taxlil qilish bilan sex yoki uchaskalardagi energiya isrofini kamaytirish, umumiy korxona boʼyicha boʼlayotgan energiya isroflarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Energetik balansni 5 yilda 1 marta oʼtkazish tavsiya qilinadi. Balansni quyidagi ketma-ketlikda oʼtkazish kerak:
-birlamchi maʼlumotlar yigʼish bilan korxonadagi texnologik jarayonlar bilan tanishish kerak va bu yerda energetika xoʼjaligiga katta eʼtibor qilish kerak. Texnologik jarayonlar va qurilmalar bilan tanishish davri 1 yildan kam boʼlmasligi kerak. Maʼlumotlarni yigʼishda kompleks yondoshish kerak, yaʼni nafaqat yil boʼyicha boʼlgan elektr energiya isteʼmoli taxlil qilinadi, shuning bilan birlikda elektr qurilmalarni energetik koʼrsatkichlari ham aniqlanadi. Bularning yordamida qurilmaning yuklanish darajasi, ishlash va ishga tushirish vaqtidagi energiya isroflari ham aniqlanadi. Energetika balansini oʼtkazishda asosan yirik agregatlarni hisobga olish kerak. Kichik quvvatli isteʼmolchilar uchun, sinovlarni nusxaviy (keng tarqalgan) agregatlarda oʼtkaziladi va boshqalar uchun umumlashtirilgan holda olinadi.
-oʼlchov asboblari koʼrsatkichlari va yillik hisobotlarga asoslanib ishchi formadagi energetika balansi tuziladi. Oʼlchov asboblari yetarli boʼlmagan korxonalarda energiya sarifini oʼrnatilgan quvvati va oʼrtacha ish vaqti boʼyicha aniqlash kerakli aniqlik bermaydi. Bu yerda energetik tavsifnomalar yoki nisbiy energiya isrofi yoki isteʼmol boʼlayotgan quvvatdan foydalanish afzalroqdir. Oʼlchov asboblari yordamida aniqlab boʼlmaydigan hollarda energiya isroflarini hisoblash usullari bilan aniqlaymiz.
-qurilma va sexlarni energetika balanslari asosida analitik formadagi balans tuziladi.
-analitik formadagi balansni taxlili oʼtkaziladi va energiya tejash boʼyicha chora-tadbirlar yaratiladi va ularning asosida meʼyorlashtirilgan balans tuziladi. Yaʼni korxonaning qurilmalarida yoki sexida (uchastkasida) energiya sarflari meʼyorlanadi va ulardan kelib chiqqan holda energetik balans tuziladi.
-korxona boʼyicha meʼyorlashtirilgan balansni hisobga olgan holda, energetik xoʼjaligini optimal rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.