336-mashq. O‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalanganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilai birikma tarzida ko‘chiring.
1. Men chollarning gapiga beixtiyor berilaman. Dam bobomga, dam uning o‘rtog‘iga tikilaman. Ular allaqanday xonlar, beklar, qo‘rg‘onlar, urushlar to‘g‘risida so‘zlashadi. Allakimlar qandaydir katta darvozalarni berkitib qo‘ygan, kimlardir shaharga suv bermagan, bog‘dorlar qaylargadir qochib ketgani uchun bog‘larda mevalar pishib, sasib-chirib ketgan. Bu gaplar menga ertakdan ham qiziq tuyuladi. Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday, boshlarini quyi solishadi. (O.)
2. Sen yana yashnab ketasan, seni bo‘stonga aylantirayotgan xalqing hyech kam bo‘lmaydi. Sen davr suradigan zamon keldi. Shu zamonni, mustaqil hayot zaminini qurayotganlarga men chin yurakdan zafar, omad tilayman. Nasib etsa oz bo‘lsa ham ularga qo‘limdan kelganicha yordam beraman. (O‘.U.)
Do'stlaringiz bilan baham: |