Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!



Download 137,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.09.2021
Hajmi137,84 Kb.
#162060
Bog'liq
nurmatov jasur



 Men nechun sevaman O‘zbekistonni?!  

 Vatan… U qanday kuchki, bu kalom bir bor qulog‘ingga chalinganidayoq 

yuraklarni  o‘rtab,  etni  junbushga  keltirib  yuboradi.  Uni  qay  tarzda  his  etmoq 

darkor?!  Aslida  yuragida  yurtiga  bo‘lgan  ishq  alangasi  yonib  turgan  insongina 

Vatanni  chin  yurakdan  sevib,  uni  qalbining  tub-tubidan  his  eta  oladi.  Mana  shu 

Vatan  hissi  insonga  ulkan  qudrat  hadya  etadi.  Vatanda  insonga  xuddi  qishi 

bahorga, zulmati yorug‘ga, qayg‘usi baxtga aylanib ketgandek bo‘ladi. Zero, Vatan 

–  yurakdagi  javohir.  Chunki  Vatansiz  bu  yorug‘  olam  zimiston  ko‘rinadi, 

tiriklikdan esa, ma’no qolmaydi, hayoti sovib muz qotgan qishga aylanadi. Orzu va 

baxtlar bir on zindonga ravona bo‘lib, baxt quyoshi so‘nadi.  

 Vatan  inson  qalbining  bir  parchasidir.  Odam  ona  yurtidan  ayrilsa,  mana 

shu  bir  parchadan  ajraladi.  Hatto  bulbul  ham  oltin  qafasdan  ko‘ra  o‘z  ona  yurti 

hisoblanmish  tikanzorni  afzal  ko‘radi.  Chunki  uning  uchun  shu  tikanzor  –  aziz, 

qadrli, jannatmisol go‘sha. Vatan sajdagohdek mo‘tabar va tabarrukdir. Shu tufayli 

ham  men  bot-bot  “Qalbimdagi  Ka’bamsan,  Vatan!”-deyishdan  charchamayman. 

Zero, Vatan qadrini bilgan inson hech qachon, hech yerda xor bo‘lmagay. 

 So‘zlar ichra nurli so‘zlar bor,  

 Tilga olsang yayrar jon-u tan.  

 Dilda, tilda aytaman takror: 

 Sensiz yashab bo‘lmaydi, Vatan! 

 Inson  ota-onasini  tanlolmaganidek,  Vatanini  ham  tanlolmaydi.  Albatta, 

Yaratgan  odamga  Vatanni  muzliklardan  ham,  sahrolardan  ham,  changalzorlardan 

ham  ato  etishi  mumkin.  Lekin,  bizlarga  Alloh  taolo  O‘zbekiston  deb  atalgan, 

tuprog‘ida  oltin  gullaydigan,  qishlarida  bahor  shivirlaydigan,  tog‘  desa  tog‘i  bor, 

bog‘desa  bog‘i  bor,  har  tongda  bulbullar  madhini  o‘qib  tamom  qilolmaydigan 

jannatmakon bir yurtni Vatan qilib bergan ekan, buning uchun o‘zimizni baxtli deb 

bilmog‘imiz darkor.  

 Men  yurtimni  sevaman.  U  –  rivojlangan  sanoat  maskani.  U  tuganmas 

tabiiy  boyliklarga  ega.  Shuning  uchun  ham  u  jahonga  yuz  tutmoqda,  olamga 

tanilmoqda.  Uning  quyoshi  butun  olamni  yoritadi.  Uning  farzandlari  dunyoni 

larzaga  keltiradi,  o‘z  ma’rifati,  ma’naviyati,  madaniyati  bilan  hammaga  saboq 

beradi.  Uning  Jaloliddin  Manguberdi,  Amir  Temur,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin 

Muhammad  Bobur  kabi  farzandlari  butun  dunyoga  mardlik,  jasurlik,  kuch-

qudratlilik,  keskinlik,  aqllilik,  komillik  kabi  yuksak  ezgu  fazilatlarni  o‘rgatadi. 

Vatan ishqi bilan yashash, o‘zi tug‘ilib-o‘sgan yerining bir qarichini ham g‘animlar 

qo‘liga topshirmaslik, fidokorlik, xalqparvarlik o‘zbek xalqining hayotida ajralmas 

bo‘lakdir.  Mana  shunday  go‘zal  hayotni  sevmagan  insonning  kelajagi  barbod 

bo‘ladi.  Men  shuning-chun  sevaman  O‘zbekistonni,  men  shuning-chun 

e’zozlayman  o‘zbek  xalqini.  Bunday  yurtda  yashash,  shunday  sofdil  insonlar 

ichida  yurish  men  uchun  yuksak  sharaf,  Himolaydan-da  baland  g‘urur  va  iftixor 

bag‘ishlaydi.  

 Men nechun sevaman O‘zbekistonni, 

 Bog‘larin jannat, deb ko‘z-ko‘z etaman.  

 Nechun ardoqlarkan tuprog‘ini men, 

 O‘paman, tuprog‘ing bebaho, Vatan! 



 Bugun yurtimning erki qo‘lida, xalqim hur va obod zamonda yashamoqda. 

Endi  xalqimiz  hech  qachon  kimgadir  mute  bo‘lib  yashashga  rozi  bo‘lmaydi  va 

kimningdir  buyrug‘ini  bajarib  yuradigan  zamonga  hech  qachon  qaytmaydi. 

Ozodlik, erkinlik havosidan bir bor to‘yib nafas olgan kishi hech qachon qullikka 

ko‘nmaydi,  qullikka  qaytmaydi.  O‘zbekistonimizning  mustaqillikka  erishganiga 

endigina  yigirma  sakkiz  yil  to‘lgan  bo‘lsa-da,  ana  shu  qisqa  bir  tarixiy  davrda, 

chorak asr davomida, g‘oyat yuksak marralarni zabt etdi. Jumladan, o‘zining davlat 

tili,  gerbi,  bayrog‘i,  konstitutsiyasi,  madhiyasini  qo‘lga  kiritdi,  paxta,  g‘alla 

mustaqilligiga  erishdi.  San’at,  sport,  madaniyat,  ma’rifat,  ilm-fan  sohalarida 

jahonning eng qudratli davlatlari bilan bahslasha oladigan davlatga aylandi. Sanoat 

markazlarining, ishlab  chiqarish  korxonalarining  faoliyatini  jadal  rivojlantirdi. Va 

eng  asosiysi,  o‘zining  qudratli,  yengilmas  armiyasiga  ega  bo‘ldi.  Bu  bilan 

davlatimiz dunyoda o‘zining hech kimdan kam emasligini, yuksak kuch-qudratini 

ko‘rsatdi. Bir yuz qirqdan ortiq xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. 

Bir  qancha  mamlakatlarda  o‘z  elchixonalarini  qurdi.  Xullas,  o‘zining  yetakchi 

mavqeyiga  ega  bo‘ldi.  Eng  muhimi,  dunyo  mamlakatlari  ichida  ulug‘  hurmat-

e’tiborga, ehtiromga erishdi, ya’ni jahonga yuz tutdi.  

 O‘zbekiston, parvozing sarbalanddir,  

 Xush navoli sho‘x sozing sarbalanddir, 

 Jahon bo‘ylab ovozing sarbalanddir,  

 Istiqlolning nuri tarxon yuzingda 

 O‘zbekiston, bor bo‘l, jahon yuzinda! 

 O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Vatanimizning biz yoshlarga yaratib 

berayotgan  har  bir  sharoiti,  shubhasiz,  yurtimiz  ravnaqiga,  kelajagimiz  porloq 

bo‘lishiga  zamin  yaratadi.  O‘zbekistonimiz  biz  yoshlar  uchun  jondan  bo‘lak 

hamma  narsani  muhayyo  qilgan.  Qolgan  hamma  gap  –  yoshlarning  bu 

imkoniyatlardan oqilona, odilona foydalanib, Vatanimiz kelajagiga munosib hissa 

qo‘shishida.  Men  ham  Vatanimning  menga,  tengqurlarimga  yaratib  berayotgan 

shart-sharoitlaridan  unumli  foydalanib,  O‘zbekistonim  kelajagiga,  yurtimga, 

xalqimga munosib farzand bo‘lishga harakat qilaman va ayni damda jondan shirin, 

suyukli, yagonam bo‘lgan Vatanimga dil so‘zlarimni aytmoqchiman: 

 O‘zbekistonim!  Seni  ne deb  atayin?!  Onammi?  Yoki bir  burda  nonimmi? 

Tuprog‘ingda  ne-ne  ajdodlarim  xoki  yotibdi.  Bog‘laringni  jannatga  qiyoslagum! 

Men,  sening  tuprog‘ingdan  yaralgan  bolang,  bir  zarrang,  farzandingman.  Sening 

uchun  bir  giyohga  aylanib,  tuprog‘ingda  o‘ssam,  bir  qush  bo‘lib  osmonlaringda 

parvoz etsam, shoir bo‘lib sha’ningga qasidalar bitsam… 

 Zavol ko‘rma hech qachon, o‘lkam, 

 Zavol bilmas shu yoshing bilan.  

 Muzaffar bo‘l, g‘olib bo‘l, o‘ktam,  

 Do‘st-u yoring, qardoshing bilan. 

 Asrlarning silsilasida  

 Boqiy turgay koshonang sening.  

 Ulug‘ bashar oilasida  

 Mangu yorug‘ peshonang sening. 

 Mangu yorug‘ maskanim manim,  

 O‘zbekiston, Vatanim manim! 




 O, poytaxt Toshkentim! Gullar shahri Namanganim! Yer yuzining sayqali 

Samarqandim!  Ko‘hna  va  boqiy  Buxorom!  Go‘zal  vodiy  Farg‘onam!  O‘n  ikki 

viloyatni  bag‘rida  jo  etgan  ozod,  go‘zal,  yagona  va  betakror  ona-Vatanim  – 

O‘zbekistonim! Tinchligingga ko‘z tegmasin! Kelajaging porloq bo‘lsin!  



Jasur Nurmatov,  

TDYU Ixtisoslashtirilgan filiali talabasi  

Download 137,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish