337-mashq. O‘qing. Avval vositasiz, so‘ngra vositali to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring, farqini tushuntiring.
1. Shu kichkina oppoq qo‘lchalar Vatan burchini oqlar, albatta! (Mirm.) 2. Naqqoshga yasatig‘liq bir ot in'om qilinadi, qolgan mehmonlarga esa qimmatbaho sarpolar kiygizildi. (L. Bat.) 3. Erkni, qirni, daryolarni, cho‘lni qo‘msab qoldi dil. (Sh. Rustaveli.) 4. Munavvar balanddan olingan tuproqni yerning chuqurroq yeriga to‘kkach, ... bir kosa qatiq keltirib, mehmon oldiga qo‘ydi. (S. Nazar.) 5. Uzoq-uzoq elatlarga, ellarga, Janub yoqda turfa-turfa gullarga, Mushtoq bo‘lgan qancha-qancha dillarga Bizdan salom eltadilar turnalar. (H. G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |