321-mashq. O‘qing. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aniqlang, farqini ayting.
1. Birov yon bag‘irdan gul tergani, birov buloq suvidan ichgani tarqab ketdi. (S. Ahm.) 2. Olamni quyosh, insonni ilm yoritadi. Bilmaslik ayb emas, o‘qimaslik — ayb. (Sh.) 3. Kombinatga borganmisan o‘zing? Qirq ming odam ishlaydi. (S. Ahm.) 4. Dunyoda el va yorga xiyonat qilishdan, zolimga do‘st bo‘lishdan ham ko‘ra og‘irroq, razilroq, mudhishroq jinoyat bormi? (S. Ahm.) 5. Bu — bizning chinakam balog‘at yoshimizning birinchi kuni! Qanday tantanali jimlik! O‘sib yotgan o‘t-o‘lanlar go‘yo qizil alanga berib yonayotganday, oyoq ostida tutab yotganday tuyuldi. Biz faqat dashtdagina bayram nashidasini sezdik. (K. Abukov.)
Do'stlaringiz bilan baham: |