Ishning sinovdan o`tishi. Tadqiqot natijalari bo`yicha SamDU professor-o`qituvchilari, magistrantlari va talabalarining 2012 va 2013 an’anaviy ilmiy konferensiyalarida ma’ruzalar qilingan. Kafedraning 2011-2012 va 2012-2013 o`quv yili yakunlari bo`yicha hisobot majlislarida dissertatsiyaning asosiy natijalari e’lon qilingan. Dissertatsiya o`zbek tilshunosligi kafedrasining 2013 yil 28 maydagi 9-majlisida dastlabki himoya sifatida muhokama qilinib, himoyaga tavsiya etilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni SamDU va O`zMU ilmiy maqolalar to`plamlarida nashr etilgan 5 ta ilmiy maqolada o`z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |