Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Magistrlik dissertatsiyasi sifatida mavzuni o`rganish kelgusida ushbu soha bo`yicha doktorlik disser-tatsiyasini tayyorlashga yo`naltiradi, masalaga yosh ilmiy-tadqiqotchilar e’tiborini qaratish, kurs ishi, referat ishi va maxsus ilmiy maqolalar yaratishga undaydi. O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi qonunlari talablari nuqtai nazaridan qaraganda, bugungi kunda tayyorlanayotgan mutaxassislar jahon andozalariga javob bera oladigan, chuqur bilimli, nazariy bilimini amaliyot bilan mohirona bog`lay oladigan va qo`llaydigan yetuk kadrlar bo`lishi lozim. Tadqiqot materiallaridan “Nutq madaniyatining hozirgi davr muammolari” tanlanma fani, “Hozigi o’zbek adabiy tili” fanini o’qitishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |