Xulosa
Kurs ishi mavzumni yozish vaqtida shularni yaxshiroq tushunib oldim Ega ergash
gapli qo‘shma gaplarda ergash gap to‘lig‘icha bosh gap tarkibidagi egani izohlaydi.
Bunday mazmuniy munosabat ikki xil yo‘l bilan hosil qilinadi. Shundan kelib
chiqqan holda ega ergash gapli qo‘shma gaplar shakily jihatdan ikki xil ko‘rinishni
hosil qiladi:
a) bir havola bo‘lakli ega ergash gap;
b)ikki havola bo‘lakli ega ergash gap.
Bu haqda fikr yuritishdan oldin havola bo‘lakning nima ekanligini tushunish
zarur bo‘ladi. Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum
bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanib qolmaydi. Ko‘pincha bosh gap tarkibida
ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo‘lishiga ishora (havola)
qiladigan ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etadi. Ergash gap shu olmoshning
ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi: Shunday odamlar borki,
odamlarning naqshidir. Kim ko‘p kitob o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi. Bu gaplarda
shunday, o‘sha bo‘laklarining mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash
gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo‘laklar havola bo‘laklar hisoblanadi.
Bunday bo‘laklar qatnashgan gaplar esa havola bo‘lakli qo‘shma gaplar deyiladi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarni doimo sodda gapga transformatsiya qilish
mumkin, chunki qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish
olmoshining umumiy, mavhum ma’nosini aniqlash, izohlash, to‘ldirish vazifasini
bajaradi.
Ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gap: Kim erta bahordan
dalaga chiqib ter to‘ksa, и kuzda mehnatining rohatini kо`radi. Kimki rostgo‘y
bo‘lsa, и el orasida qadr topadi.
Yuqoridagi ikki misolni tahlil qilish orqali ega ergash gapli qo‘shma
gapning sodda gapga transformatsiyalanishida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni
kuzatamiz. Mazmun jihatidan ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki
voqea-hodisani ifodalashi zarur edi. Lekin ushbu gaplarda ikkinchi voqea bor. Bu
denotativ voqea emas, balki modus voqeadir. Ushbu qo‘shma gaplarda bosh gap
denotativ voqeani emas, modusni ifodalagan. Agar modusni nutqiy aloqada alohida
ta’kidli ifodalashga zarurat bo‘lmasa, denotativ voqea ifodasi bo‘lgan ergash gap
bosh gapdagi o‘zining mantiqiy o‘rni – havola bo‘lak o‘rnini egallaydi va qo‘shma
gap sodda gapga aylanadi. Lekin ergash gapni to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatish olmoshi
o‘rniga qo‘yib bo‘lmaydi. Buning uchun ergash gap tarkibida ma’lum
sintaktiksemantik o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur. Mana shunday holda
birinchi qo‘shma gapni sodda gapga transformatsiya qilamiz. Dastlab biz ushbu
gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlab olamiz. Ikki asosli havola bo‘lakli
qo‘shma gaplarda doimo so‘roq olmoshlari ergash gap tarkibida, ko‘rsatish
olmoshlari bosh gap tarkibida qatnashadi. Kim erta bahordan dalaga chiqib ter
to‘ksa, и kuzda mehnatining rohatini ko‘radi gapida birinchi qism
– kim erta
bahordan dalaga chiqib ter to‘ksa qismi ergash gap
, ikkinchi qism
- и mehnatining
rohatini ko‘radi qismi bosh gap hisoblanadi. Bu qo‘shma gapning qolipini
quyidagicha ifodalash mumkin:
Bosh gap tarkibidagi и ega bo‘lagi ma’nosini ergash gap to‘lig‘icha izohlab
kelgan. Biz ergash gapni bosh gapdagi shu olmoshning o‘rniga qo‘yish uchun
quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish zarur: birinchi navbatda и bo‘lagiga ishora
qiluvchi kim so‘roq olmoshi (ergash gapning egasi) tashlanadi, kesim tarkibidagi -
sa shart mayli qo‘shimchasi -gan (- kan) sifatdosh yasovchisiga almashtiriladi
hamda shaxs-son ma’nosini bildiruvchi tuslovchi tashlanadi. Shu holatda sodda
gap kesimlilik belgisini yo‘qotadi va yaxlit leksema ma’nosini bildiruvchi so‘z
ma’nosiga tenglashtiriladi. Bunday transformatsiyalash jarayonida tashlanadigan
kim olmoshi,
-sa shart mayli shakllari va shaxs-son ma’nolari transformant
deyiladi. Bu jarayonda orttiriluvchi -gan sifatdosh yasovchisi va bosh kelishik
shakli transformator deb ataladi. Shunday holatda ma’lum shakllarni tashlash va
Ergash gap
Bosh gap
orttirish natijasida hosil bo‘lgan tuzilma transforma deb yuritiladi. Erta bahordan
dalaga chiqib ter to‘kkan shakli transformaga teng.
Hosil qilingan transformani shu holatda bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish
olmoshi o‘rniga qo‘yamiz va qo‘shma gap sodda gapga aylanadi, shu jarayonda
bosh va ergash gapni bog'lovchi vosita -ki yordamchisi ham tushiriladi: Erta
bahordan dalaga chiqib ter to‘kkan kuzda mehnatining rohatini ko‘radi. Bu gap
tarkibida sifatdosh yasovchisi otlashgan holda qo‘llanilgan. Lekin ba’zan
otlashmagan holda ham qo‘llanilishi mumkin: Erta bahordan dalaga chiqib ter
to‘kkan odam kuzda mehnatining rohatini ko‘radi tarzida. Ushbu gapda shaxs
ma’nosini bildiruvchi so‘z – odam kiritilgan.Sodda gapda ham qo‘shma gap orqali
ifodalangan mazmun mavjud bo‘ladi, lekin uslubiy hamda boshqa qo‘shimcha
ma’nolar (ta’kid, alohidalash) yo‘qoldi. Kurs ishi mavzum yuzasidan etiborimni
tortgan joylari shundan iborat.